Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin


Angren ko‘mir kon maydonini ochilishi


Download 254.65 Kb.
bet5/20
Sana23.09.2023
Hajmi254.65 Kb.
#1685485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor va (1)

2.2. Angren ko‘mir kon maydonini ochilishi
Berilgan quydagi sharoit uchun shaxta maydoni ikkita vertikal (bittasi kletli, ikkinchisi esa shamollatishga mo‘ljallangan ) va ikkita qiya (bittasi konveyerli, ikkinchisi esa shamollatishga mo‘ljallangan) stvollar bilan ochilgan.
Birinchi vertikal tik (ikki kletli shamollatish) uchun stvolni umumiy o‘tilgan chuqurligi 119 m. 95 m da shaxta xovlisi joylashgan. 2012 yilda birinchi o‘tilgan bosh vertikal stvol (bosh shamollatish stvoli) yopilgan (likvitatsiya) sababli stvol atrofidagi ko‘mir zahirasi olingan.
Ikkinchi vertikal tik (ikki kletli stvol) balandlik belgisi dengiz sathidan +950 m boshlangan va pastki gorizont belgisi +818.1 m gacha o‘tilgan. Vertikal tik stvolning chuqurligi 134 m tashkil qiladi, diametri 4.5 m. Stvol boshidan oxirgi nuqtasigacha, gorizont +818.2 m armaturali beton bilan qoplangan, qalinligi 0.30 m, stvolning tepa qismidan 12-metrida trubalar, kabellar uchun tunel o‘tilgan diametri 1.5 m, tunel orqali shaxtada yig‘iladigan oqova er osti suvlarini tashqariga nasoslar orqali chiqariladi va shaxtaga elektro-energiya berilishi uchun kabellar yotqizilgan.
Stvol ikkita tushirib chiqaruvchi ko‘tarma klet bilan jihozlangan va u orqali tushirib chiqariladigan yordamchi materiallar 1.5 tonnagacha mo‘ljallangan, ikki tomonlama ishlashga mo‘ljallangan. Xizmati shundan iboratki shaxtani shamollatish uchun toza havo bilan ta’minlash, har xil yordamchi material va jihozlarni tushirib chiqaradi. SHaxtaga tushuvchi ishchi xodimlar xam asosan vertikal stvol orqali tushirib chiqariladi.
Birinchi qiya yotiq stvol ya’ni tashuvchi qiya stvol balandlik belgisi dengiz sathidan 954.3 m , uzunligi L-720 m va tashuvchi shtrek gorizont
+818 m bilan tutashgan. Tashuvchi qiya stvol bilan foydali qazilma tashqariga chiqariladi. Tashuvchi qiya stvol metall qotirmalar bilan mahkamlangan, markasi SVP-27, metall qotirmalar oralig‘i beton plitalar bilan yopilgan, qiya stvo yuzasi S-13.70 m2. Tashuvchi qiya yotiq stvolning tepa qismidan 52 metrida suv yig‘iladigan “nasos kamerasi” joylashgan, kamera diametri 4.5 m, shaxtaga tushayotgan suvlarni ushbu kameraga yo‘naltirib tashqariga suv nasoslar orqali chiqarishga mo‘ljallangan.
Ikkinchi yotiq stvol ya’ni shamollatuvchi qiya stvol balandlik belgisi +955 m quyi belgisi +865 m uzunligi 380m, temir-beton bilan qoplangan. NVS gorizont +865 tashuvchi shtrek 803 va lyudskoy xodok 7 bis bilan tutashadi. NVS da vagonlar yurishi uchun temir yo‘l yotqizilgan, 600mm koleya u orqali xar xil yordamchi materiallar va jihozlarni tushurib chiqaradi hamda butun shaxta bo‘yicha ishlatiladigan havoni so‘rib oluvchi bosh ventilyator markasi VOD-21 bilan jihozlangan.
Ko‘mirni er yuzasiga chiqarish uchun +735 belgigacha chuqurlashtirilgan qiya stvol qabul qilingan. Stvol 1LU-120 konveyeri bilan jixozlangan, unga yana qo‘shimcha bir uchli sim arqonli tashigich ham o‘rnatilgan. Qiya stvolning uzunligi 480 m va amaldagi ko‘ndalang kesim yuzasi 11,6 m2.
Shaxtaga toza havoni jo‘natish, odamlarni tushirib-chiqarish, uskunalarni va yordamchi materiallarni tushirish maqsadida +745 belgidagi gorizontgacha kletli stvol qazib o‘tilgan, stvolning diametri 6,0 m bo‘lib, chuqurligi 94,3 m ni tashkil etadi. Stvol VDK-12,5 vagonchaga mo‘ljallangan ikkita kletli ko‘tarish qurilmasi bilan jixozlangan. Bu stvol ilgari asosiy (bosh) ochuvchi lahim bo‘lib, ikkita skipli ko‘tarish qurilmasi bilan jihozlangan edi.
Shaxtaning markaziy sanoat maydonidan taxminan 950 m janubiy-g‘arb yo‘nalishida chuqurligi 126 m va amaldagi diametri 4,5 m bo‘lgan tik shamollatuvchi stvol o‘tkazilgan. Bu stvol ikkita kletli ko‘tarish qurilmasi bilan jihozlangan va yordamchi ishlar hamda shaxtaga toza havo yuborishga xizmat qiladi.
Ishlatilgan (ifloslangan) havoni chiqarib tashlash uchun, shuningdek odamlarni tushirib-chiqarish, uskunalarni va yordamchi materiallarni tushirish uchun +818 m belgigacha diametri 4,5 m bo‘lgan qiya shamollatish stvoli qazib o‘tilgan.
Ko‘mirning sifati va ularning texnologik xususyatlari:
Moos shkalasi bo‘yicha qattiqligi – 1-5;
M.M. Prodoyaknov shkalasi bo‘yicha toifasi– V;
M.M. Protod’yakonov shkalasi bo‘yicha qattiqlik koeffisienti – 1;
Xajmiy og‘irligi – 1,3 t/m3;
Sochma og‘irligi – 0,7-0,8 t/m3;
Ko‘chirma koeffitsient – 1,5;
YAngi qazib olingan ko‘mir namligi – 35-40 %;
YOnish issiqligi Q: yuqori– 6910 kKal/kg, past – 3863 kKal/kg, o‘rtacha ish – 2700 kKal/kg;

Download 254.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling