Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin


Download 254.65 Kb.
bet19/20
Sana23.09.2023
Hajmi254.65 Kb.
#1685485
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor va (1)

Kon ekologiyasi
Tabiatning mavjud muvozanatini buzmaslik uchun O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis tamonidan Tabiatni muxofaza qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. Xar qanday korxona va tashkilotlar ekologiyaga ta’sir qiladigan omillarni o‘rganish va uni kamaytirish ishlarini amalga oshirish kerak.
Konchilikda ko‘radigan bo‘lsak er osti foydali qazilma konlarini qazib olishda tabiatga turli xil moddalar chiqishi ekologiyaga ma’lum miqdorda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Er osti ishlari natijasida suv xavo va tog‘ jinslari orqali turli xildagi kimyoviy elementlar er yuzasiga chiqadi.Natijada o‘simliklar, xayvonlarga katta salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Ko‘mir qazib olinadigan shaxtalarni shamollatish natijasida chiqadigan sulfid oksidi karbonat angidridi is gazi, metan gazi, chang va portlash natijasida chiqadigan gazlar atmosferaga qo‘shiladi. Bir kub metr xavodagi sulfid gazi miqdori 0,15 m2 dan oshsa o‘simlik va xayvonlar uchun zararli, bundan tashqari metallar karroziyasini kuchaytiradi. Atmosferani zaxarli moddalar va chang bilan ifloslanishi natijasida markaziy nerv sistemasining zararlanishiga surunkali zaxarlanish, kasalliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
9-shaxta konida xam ekologiya qarshi tadbirlar amalga oshiriladi. Masalan shaxtadan chiqayotgan suvlarni tozalashni bir necha usullari mavjud. Mexanik, Kimyoviy, Fizik kimyoviy, termik va biologik usullar kiradi.
Angren 9-shaxtada suvlarni tozalash mexanik usulda amalga oshiriladi.
Shaxtada kovjoyga suv oqib kelishi 5 m3/soat ni tashkil qiladi. Suv oqimining shaxta bo‘yicha quyi chegarasi 12 m3/soat yuqori chegarasi esa 30 m3/ soatgacha etadi.
Atrof-muhitni qo‘riqlash va konni joylashtirish rayonida tabiiy resurslarni oqilona ishlatishda tabiatni muhofaza qilish qonuniga, shuningdek er, suv, o‘rmon qonunlari, havo atmosferasini, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qo‘riqlash qonunlari asosida amalga oshiriladi.
Atrof – muhitni muhofaza qilish chora tadbirlari geologik razvedka ishlari, qazib olish jarayonlari davomida ekin erlari, o‘rmonlar, atmosfera, suv resurslari va er qari qisman zarar ko‘radi. Bugungi kunda inson o‘zining iqtisodiy quvvatini yuqori darajalarga ko‘tarish, bugun kechagidan, ertaga esa bugungidan «yaxshiroq» yashash ilinjida qudratli texnik vositalar yordamida tabiiy boyliklarni tobora ko‘p o‘zlashtirish ruhiyati bilan yashamoqda. Bu – albatta sivilizatsiya rivojining zaruriy omillaridan biri. Ammo bu siyosatni to‘g‘ri yurgizish uchun hayotda hukm suradigan ekologik qonuniyatlarni bilishi va unga amal qilishi lozim. Aks holda ekologik tanglik yuz berib, sivilizatsiya inqirozini keltirib chiqarishi muqarrar.
Ushbu chora-tadbirlar majmui “Tog‘-kon ishlari va geologik qidiruv jarayonlari texnika xavfsizligi” 1997-yil O‘zbekiston Respublikasi O‘zgeokontexnazorat davlat uyushmasi tomonidan taqdim etilgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasidqlangan. № 304. 29. 01. 1997- yil.
Kon kamchiliklarini qoniqtirish uchun tabiiy resurslardan foydalanish Davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat kon texnazorat qo‘mitalari tomonidan berilgan ruxsatnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Kon ishlarini olib borishda suv havzalari va joylari reelefini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi. Buzilgan yer ustki qismi uchastkalari rekultivatsiya qilinadi.
Kondan chiqarilgan suv, shuningdek xo‘jalik oqimlari gidrografik setlarga tashlashdan oldin tozalanish va zararsizlantirishdan o‘tadi.
Havo atmosferasiga ifloslantiruvchi moddalarni statsionar manbalardagi chiqindi, tashlash chegaralangan yo‘l qo‘yuvchi belgilangan normalardan oshmasligi kerak PDV.
Normativ PDK bo‘lgan chang tarkibini 200-300-m radiusda texnologik majmua atrofida kamaytirish hududda changni yo‘qotish kompleks ishlar bilan amalga oshiriladi. Chiqayotgan oqimda changning asosli tarkibi 1.2 mg/m2 dan oshmaydi, bu esa yo‘l qo‘yuvchi tarkib chegarasida bo‘ladi.
Kon suvlarini Angren ko‘mir koni (Razrez Angrenskiy) loyqa suvlar tarnoviga oqiziladi, undan tindirgichlarga o‘tkaziladi shundan so‘ng, biologik tozalangandan keyin suv daryo o‘zanlariga oqiziladi.

XULOSA
Men ushbu malakaviy bitiruv ishimni tayyorlashimda ko‘plab kitoblar, internetdan ma’lumotlar qidirib va hozirgi kunda konda qo‘llanilayotgan tizimlar bilan tanishib eng samarali variantni tanlashga harakat qildim.
Men o‘z malakaviy bitiruv ishimda davlatimizning konchilik sanoatidagi eng yirik sanoat korxonasi bo‘lgan “O‘zbekko‘mir” AJ ga qarashli “SHaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filialini (9-shaxta) ko‘mir shaxtasida 100 ming t unumdorlik bilan qazib olish yoritdim.
Malakaviy bituruv ishini yozishda amaliyotda to‘plagan “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filialini (9-shaxta) ko‘mir shaxtasi to‘g‘risida ma’lumotdan va konchilik sohasidagi adabiyotlardan foydalandim.
Malakaviy bitiruv ishimda shaxtaning qisqacha geologiyasiga, kon maydonini ochish, tayyorlash va qazib olish, shamollatish, er osti transporti, konni suvsizlantirish, suv va havo bilan ta’minlash, hayot faoliyati havfsizligi, shaxta iqtisodiyoti va ekologik muammolarga to‘xtalib o‘tdim.
Kondagi ko‘mir qatlamlarining harakteristkalariga va ko‘mir qatlamining texnik sharoitlari va unumdorligidan kelib chiqib uzun ustunli qazib olish tizimi va shiftni to‘liq qo‘latish usuli taklif qiritim, bu tizimni hozirgi kunda “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filialini 9-shaxtaga qo‘llasak iqtisodiy jihatdan samarali va shaxtada yangi texnologiya mexanizatsiyalashtirish imkoni tug‘iladi hamda shaxta ishchilariga ish sharoiti yanada qulay bo‘ladi.
Hozirgi kunda shaxtadan ko‘mir qazib olishda ishchilar qo‘l mexnatidan foydalanib kelmoqdalar. Agar bir yuqorida taklif etilayotgan qazib olish tizimini joriy etsak, ishchilarning qo‘l mexnatidan foydalanmasdan texnikalar orqali foydali qazilmani qazib olish imkoniyati tug‘iladi. SHu o‘rinda ishchilarnini ish faoliyatidagi xavfsizligi xam ma’lum miqdorda xavfsiz bo‘ladi.
Malakaviy bitiruv ishini bajarishimda kafedra o‘qituvchilari yordamidan hamda o‘qish mobaynida jamlagan bilimlarimni yanada oshirdim. Kelajakda Respublikamizdagi konchilik korxonalarini rivojlanishiga o‘z hissamni qo‘shaman.

Download 254.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling