Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin


Download 254.65 Kb.
bet16/20
Sana23.09.2023
Hajmi254.65 Kb.
#1685485
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor va (1)

Suv ta’minoti
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filiali shaxtadagi er osti suvlarini tashqariga haydab chiqarishda ko‘llanilayotgan konda ishlatilayotgan SNS-180/255 m3/soat markali nasos. Ed.dvigateli 250 kVt 1500 ob/min, quvurlar diametri 219 mm,quvurdagi suv orqaga qaytmasligi uchun o‘rnatilgan klapan 150 mm, qabul qilgan va ishlatiladigan ushbu tog‘-kon uskunalari shamollatish stvolining er osti qismida joylashgan 2-(SPP) markaziy er osti podstansiyasida o‘rnatilgan. Shamollatish stvolning ort qismida er ostidan sizib chiquvchi er osti suvlarini haydash uchun jihozlangan zumf va ikkita suv yig‘uvchi lahm kameralari o‘tilgan. Kameralarning yuza kesimi S=7,20 m2.

  • Birinchi katta kameraning umumiy suv sig‘imi 864 m3 qilib belgilangan.

  • Ikkinchi kichik kameraning umumiy suv sig‘imi 432 m3.

Kameralarning umumiy suv sig‘imi 1296 m3 ni tashkil qiladi. Nasoslar uchun mo‘ljallangan zumfning suv sig‘imi 15 m3. Nasoslar turadigan kameraga 3 ta SNS-180/255 markali nasoslar o‘rnatilgan.

Hozirgi kunda umumiy bir sutkada 720 m3 suv er yuziga chiqariladi. Yiliga ikki marotaba yuqorida ko‘rsatilgan ikkita suv yig‘uvchi lahm kameralar suv bilan oqib kelgan chiqindi va loy oqovalardan tozalanadi, buning uchun maxsus o‘tilgan lahm 30 m bo‘lgan, yuza kesimi S=7,20 m2 ushbu lahm SVP-27 markali metall mustahkamlagich bilan mustahkamlanib temir-betonli plitalar bilan jihozlangan.
Lahmga loyqa suvni tortuvchi nasos orqali yuborilib suvni suvi sizib chiqib ketgandan keyin quruq massa qolgach, quruq massani maxsus vagonlar bilan tashish orqali tozlaniladi. Asosiy yig‘ilgan er osti suvlari diametri 250 mm bo‘lgan temir quvurlar orqali , shamollatish stvoliga o‘rnatilgan asosiy temir quvurlar diametri 250 mm bilan er yuziga chiqariladi va umumiy hisoblangan loyiqa oqizuvchi pulpa “Angren Razrez”ga qo‘shilib ketadi.

Download 254.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling