Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishda ishlatiladigan asbob va uskunalar (6 soat)


Download 1.22 Mb.
bet42/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishda ishlatiladigan asbob va uskunalar (6 soat).
Nazariy. a) Yerga ishlov beradigan asboblar: belkurak, ketmon, xastkash, tesha va hakoza; b) O‘simliklarga ishlov beradigan asboblar: tok qaychi, arra, o‘roq, bolta; v) Yerga ishlov beradigan mexanizmlar: shudgorlovchi, ariq ochuvchi, ekuvchi, chopiq qiluvchi, o‘ruvchi, teruvchi; g) Asbob va uskunalar bilan ishlaganda texnika xavfsizligiga amal qilish.
Amaliy mashg‘ulot. Asbob va uskunalarni amaliy ishlarda qo‘llash.
Landshaft haqida tushuncha berish (8 soat). Nazariy. a) Shahar ko‘chalari va xiyobonlarida maysazorlar barpo etilishining ahamiyati. b) Turli manzarali daraxt va butalar o‘tqazilishining ahamiyati. v) Gazonakasilka turlari, asosiy qismlari, g) Gazonakasilka bilan ishlaganda texnika xavfsizligi qoidalari.
Amaliy mashg‘ulot. Maktab hovlisi va maktabga kelaverishda barpo etilgan maysazor, ekilgan manzarali daraxt va butalarni kuzatish, nomlarini daftarga yozib olish. Gazonakasilka ishlatish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish. Maktab maysazorini gazonakasilka bilan o‘rish.
Ko‘p yillik va bir yillik o‘simliklar (10 soat). Nazariy. a) Ko‘p yillik va bir yillik gulli o‘simliklar: floks, xrizontema, chinnigul, kartoshkagul, sallagulning tashqi ko‘rinishi va uni ko‘paytirish. b) Piyozli va ildizpoyali o‘simliklar: lola, gladiolos, nargiz, diatsit tashqi ko‘rinishi, ko‘paytirish. v) Bir yillik gulli o‘simliklar: xina, rayhon, pituniya, gultojixo‘roz, gulbior, astra tashqi ko‘rinishi, ko‘paytirish.
Amaliy mashg‘ulot. Asbob va uskunalar bilan ishlaganda texnika havfsizligiga amal qilish. Maktab hovlisidagi gullarni parvarishlash, sug‘orish. Manzarali o‘simlik hisoblangan jonli devor butasiga shakl berish. Bir yillik gulli o‘simliklar urug‘larini yig‘ish va quritish.
Manzarali daraxt va butalar (4 soat). Nazariy. a) Manzarali daraxtlar: kashtan, tol, archa, qarag‘ay daraxti turlari tashqi ko‘rinishi, guli, bargi, meva va urug‘larini ko‘paytirish. b) Manzarali butalar: siren, gipiskus, jasmin, pirakanta, yukka, veygela, biota. Tashqi ko‘rinishi, guli, bargi, meva va urug‘larini ko‘paytirish.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling