Tekstil matolar bilan ishlash (15 soat). Nazariy. Tekstil matolarni klassifikatsiyasi: ko‘rinishi, ishlatilishi, ranglari. Poyafzal uchun stelka bichish va ularni qo‘shib chetidan tikib chiqish.
Amaliy. Yozgi ayollar uy poyafzalini matodan bichish, andoza bilan ularni tikuv mashinasida tikib birlashtirish. Hisobot berish. Charm galanteriya mahsulotlari va ularni ishlatilishi. O‘quvchilar uchun mahsulotlar: sumka, ryukzak, ko‘zoynak g‘ilofi, tasma va boshqalar. Bu mahsulotlarni tayyorlash uchun asosiy materiallar. CHarm va kartondan (50-100mm) li detal bichish. Ularni shkurkalab, elim surtib, bir-biriga yopishtirish. Ularni mustahkamligini farqini solishtirish.
Mustaqil ish (3 soat). Yaroqsiz noboykani poshna tagidan ko‘chirib olish. YAngi noboyka bichish, shkurkalab, tozalab, ularni elimlash va yopishtirish, mix bilan qotirish. Texnika xavfsizligi.
OBODONLASHTIRISH
IV bo‘lim (48 soat)
Kirish qismi (1 soat). Nazariy. O‘quvchilarga yangi fan mazmuni va qo‘yilgan maqsadlari haqida tushuncha berish. O‘quvchilarga kelgusi hayotlarida qanday
kasb-hunarni egallashlari mumkinligi haqida tushuncha berish. “Kim bo‘lsam ekan?”, “Biz tanlagan kasb” mavzusida o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazish. Sinf sardorini saylash. O‘quvchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan maktab hovlisiga sayohat qilish.
Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish madaniyati (10 soat).
Nazariy. O‘rta Osiyoda obodonlashtirish madaniyati tarixidan. Landshaft dizayni tarixi. Milliy bog‘ va xiyobonlarning o‘ziga xosliligi. O‘zbekiston tabiati. Ko‘kalamzorlashtirishda uslub, element va kompozitsiya. O‘zbekiston shahar va qishloqlarni obodonlashtirishda o‘stiriladigan yashil o‘simliklar klassifikatsiyasi. O‘zbekiston shahar va qishloqlarini ko‘kalamzorlashtirishda tavsiya qilinadigan o‘simliklar. Yashil o‘simliklarning ekologik ahamiyati. Obodonlashtirishning sanitariya-gigiyenik ahamiyati.
Amaliy mashg‘ulot. Yashil o‘simliklarni parvarishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |