Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining
Malaka: tikuv mashinasida oddiy ishlarni bajara olish malakasiga ega bo‘lishlari kerak. 7-sinf
Download 1.22 Mb.
|
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-sinf O‘qish jarayonida o‘quvchilar quyidagi ko‘nikma, malaka va bilimlarga ega bo‘lishlari kerak: Bilim
Malaka:
tikuv mashinasida oddiy ishlarni bajara olish malakasiga ega bo‘lishlari kerak. 7-sinf Bilim: tikuv mashinalari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishlari; jun tolali gazlamalar xususiyatini bilishlari; turli shaklda bichilgan bo‘yin o‘yindilariga mos adip bilan ishlov berishlari; ichki kiyim (tungi ko‘ylak, pijama), lozim kabi liboslarning xususiyatlarini, ularga ko‘yiladigan gigienik talablarni bilishlari va o‘qituvchi yordamida tika bilishlari kerak. ko‘krakpo‘shtli fartuk kabi buyumlarga qiyama mag‘iz bilan ishlov bera olishlari; sodda bichimdagi yubkalarga va yengsiz yoqasiz bluzkalarga o‘qituvchi yordamida ishlov bera olishlari; Ko‘nikma: tikuv mashinasidagi oddiy nosozliklarni bartaraf qila bilishlari; gazlamani namlab dazmollash qoidalarini bilishlari; tikuvchilikda qo‘llanadigan furnitura turlaridan foydalana olishlari; gavdaning asosiy chiziqlarini, o‘lchov olish va yozish qoidasini bilishlari; oddiy sodda fasondagi yubka va bluzkani tika olishlari; bajargan ishini muhokama qila bilishlari; buyumlarning sodda chizmalarini mustaqil chizishlari; ish sifatiga e’tibor berishlari. Malaka: mashina choklarini mustaqil bajara olishlari; mustaqil buyum va gavdadan o‘lchov olishlari; o‘z ishlarini odilona baholay olishlari; bajarayotgan ishlarini nazorat qila olishlari; ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishlari; tikuv mashinasining oddiy nosozliklarini bartaraf eta bilishlari kerak. 8-sinf O‘qish jarayonida o‘quvchilar quyidagi ko‘nikma, malaka va bilimlarga ega bo‘lishlari kerak: Bilim: tabiiy va suniy ipak gazlamalari xususiyatini bilishlari va ularni dazmollay olishlari; sintetika va aralash gazlamalar xususiyatini bilishlari; noto‘qima gazlamalarni ishlatish joyini va ularning xususiyatini bilishlari; kalta yeng turlarini bilishlari va ishlov bera olishlari; nimcha kabi buyumlarning bort tagligiga ishlov berish usulini bilishlari; kiyimda moda yo‘nalishini va uslub (siluet)lar haqida bilishlari; modellashtirish to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishlari; modellashning sodda yo‘nalishlarini bilishlari; amaliy jarayonida mustaqil ishlay olishlari; koketkalar haqida tasavvurga ega bo‘lishlari va ularni asosga qo‘shib tika olishlari; yeng turlari va manjetlarga ishlov bera olishlari; qaytarma yoqa va yoqa tagligiga ishlov bera olishlari; yeng va yoqalarga ishlov bera olishlari o‘qituvchi yordamida; yengli yoqali ko‘ylak, to‘n, o‘zbekcha koketkali ko‘ylaklarni o‘qituvchi yordamida tika olishlari; tikuvchilik sexlarining ish faoliyati bilan tanish bo‘lishlari; mehnat qonunlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari; gavda tuzilishi va gazlamaga moslab kiyimga nusxa tanlay bilishlari; milliy libos tarixi va bugungi kundagi o‘rnini bilishlari kerak Ko‘nikma: amaliy ish jarayonida mustaqil ishlay olishlari; tikuv mashinalarida ishlay olishlari; ish jarayonida sifatiga e’tibor berishlari; ayollar va bolalar oddiy va sodda bichimdagi buyumlarni tika olishlari. Malaka: buyumlarning sodda chizmalarini mustaqil chizishlari; mashina choklarini mustaqil bajara olishlari; mustaqil buyum va gavdadan o‘lchov olishlari; o‘z ishlarini odilona baholay olishlari; bajarayotgan ishlarini nazorat qila olishlari; o‘z kamchiliklarini tuzata bilishlari; ta’mirlash uslublarini bilishlari; dars vaqtidan unumli foydalana bilishlari; bajargan ishlarini muxakoma bilishlari kerak. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling