Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet47/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Bo‘limlar nomi

Soatlar taqsimoti

Bo‘lim

Yangi mavzu

Mus-lash

Tak-lash

I bo‘lim

DURADGORLIK

1

Kirish darsi

72

2



2

Yog‘ochlardan tayyorlangan xomashyolar

2



3

Buyum qismlarni yelim yordamida biriktirish

1

1


4

Fanerdan buyumlar yasash

2

4


5

Taxta va faner yuzasidagi rasmlarni kuydirib bezash

2

12


6

Parmalash asosida buyum qismlariga uya ochish

2

12


7

Iskana va randa tig‘larini charxlash

1

3


8

To‘rtqirra bo‘laklarni burchak yarim dastabet bog‘lash

2

17


9

O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash


6


10

Mustaqil ish berish va sifatini tahlil qilish



3

II bo‘lim

CHILANGARLIK

1

Kirish darsi

56

2



2

Tekislikda belgilash ustida ishlash

2

12


3

Asboblarni charxlash

2

4


4

O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash


30


5

Mustaqil ish berish va sifatini tahlil qilish



4

III bo‘lim

KOSIBCHILIK

1

Kirish qismi

80

3



2

Poyafzal uchun materiallar

4



3

Poyafzal ustki qismi ip o‘tkazgichi bo‘lgan xalqa va ilgichlarni ta’mirlash

2

6


4

Poyafzalni kengaytirish

1

2


5

Noboykani tayyorlash va yopishtirib qotirish

3

17




6

Poyafzalni mayda ta’mirlash ishlarini elimlash va tikish usuli bilan amalga oshirish

3

8




7

Rezinali poshnalrani almashtirish

2

12




8

O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash




14




9

Mustaqil ish berish va sifatini tahlil qilish







3

IV bo‘lim

OBODONLASHTIRISH

1

Kirish qismi

64

1



2

Uzumchilik

1

10


3

Ko‘p yillik gulli va mevali o‘simliklarni qish mavsumiga tayyorlash (12 soat)

2

10




4

Yerga ishlov berish

1

13




5

Maktab hovlisida mavsumiy ishlar

10







6

O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash




12




7

Mustaqil ish berish va sifatini tahlil qilish







4

Jami

272

45

213

14



TEXNOLOGIYA (TIKUVCHILIK)


Tushuntirish xati
Yordamchi maktab va maktab-internatlarning o‘quv rejasiga muvofiq haftalik dars soatlarining salmoqli qismi mehnat darslariga ajratilgan. Mehnat darslari quyidagi vazifalarni yechishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak:
o‘quvchilarni mehnatga va mustaqil hayotga tayyorlash;
o‘quvchi shaxsida ijobiy xislatlarni, mehnatkash insonga hurmatni tarbiyalash;
mehnat ko‘nikmalarini hosil qilish;
o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatish.
Shuningdek, korreksion vazifalarni yechishga yordam berishi kerak:
ish tartibini oldindan rejalashtira olish;
berilgan topshiriqni chamalab ko‘rish;
o‘z faoliyatini va ish yakuni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lganini aniqlay olish;
ish jarayonida o‘zida izlanuvchanlik va yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirib borishga harakat qilish;
tayyor buyumning sifatiga baho bera olish va hokazo.
Mehnat ta’limi jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatidagi kamchiliklar: kuzatish, tasavvur, nutq, jismoniy tomondan, ayniqsa mayda qo‘l muskullaridagi kamchiliklar tuzatiladi.
Ushbu dastur namunali o‘quv rejasi, amaldagi dasturlarni qayta ko‘rib, takomillashtirib, bir xil mavzularni to‘ldirib, milliylik ruhini (milliy gazlamalar, o‘zbek libosining kelib chiqish tarixi va shu kundagi o‘rni), an’anaviy bichiq elementlari bilan zamonaviylikni bir biriga bog‘lab uyg‘unlashtirish usullarini, kiyinish madaniyati, libos bichimini didga ko‘ra tanlash kabi mehnat ta’limi va tarbiyasining eng ilg‘or ish tajribalari asosida tayyorlandi.
Dasturni qayta ishlashda mavzularning amaliyligiga, bajarayotgan buyumlarning turmushdagi ahamiyatiga e’tibor berildi, ba’zi murakkab mavzular qisqartirildi. Bitta mavzu takrorlanishi bartaraf etildi, mehnat fanini izchillik bilan o‘rganish ta’minlandi. Dastur mavzulari aqli zaif o‘quvchining yoshi, jismoniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv yillariga taqsimlandi. Yangi o‘quv rejasiga muvofiq murakkab mavzular (soddalashtirilgan tarzda) asosan 9-sinf rejasiga kiritildi.
Dastur aqli zaif o‘quvchining bilish faoliyatidagi xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lib, o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ularni estetik tarbiyalash, ma’lum darajada aqliy va jismoniy kamchiliklarni korreksiyalashga imkon yaratadi.
O‘quvchilar mehnat jarayonida ma’lum texnologik bilim ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladilar va boshqa fanlardan olgan bilimlarini amalda qo‘llaydilar, o‘quv fanlari xususan matematika, ona tili, tarix va geografiya bilan bog‘liqdir. Mehnatga tayyorlashning tarkibiy qismlaridan birini chizmachilik fani tashkil etadi. Mehnat darslarida o‘quvchilar murakkab bo‘lmagan chizmalarni chizishni va o‘qishni, tikish kerak bo‘lgan buyum andazasini tayyorlash jarayonida o‘lchov asboblaridan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganadilar. Bu darslar yaxshi samara berishi uchun avval o‘quvchilarni ishni aniq va to‘g‘ri tashkil etishga o‘rgatish zarur: chizma uchun zarur bo‘lgan asboblar va ashyolarni stol ustida to‘g‘ri joylashtirish; qalam, chizg‘ich va boshqa ish qurollarini oldindan tayyorlab qo‘yish; ish vaqtida qo‘lni to‘g‘ri qo‘yish; chizmani batartib aniq bajarishga o‘rgatish va hokazo.
Tikilayotgan buyum uchun gazlama sarfini hisoblash, kerakli bichim uchun o‘lchov olish, o‘lchovni va chok haqqini chamalab rejalashtirish jarayonida matematika darslarida olgan bilimlari mustahkamlanadi.
Mehnat darslarida lug‘at ishlarining muntazam olib borilishi, yordamchi maktab o‘quvchisining lug‘at boyligini oshiradi, nutqini boyitadi, atamalarni tushunish va qo‘llashga o‘rgatadi, ona tilida olgan bilimlari mustahkamlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi har bir viloyati libosining kelib chiqish tarixi, o‘ziga xosligi, shu kundagi o‘rni va yevropacha kiyimning ahamiyati kabi mavzular tarix, geografiya fanlari bo‘yicha o‘quvchinining bilimini takomillashtirib, boyitib boradi.
O‘quv dasturi kasb hunarga o‘rgatish izchilligiga muvofiq tanlangan bo‘lib, har bir mavzu to‘rt bo‘limdan iborat:
buyum yoki mehnat obyekti;
texnik ma’lumotlar;
ko‘nikma va malakani shakllantirish;
amaliy ishlar.
Dasturdagi asosiy mavzularda birinchi bo‘lim “ Buyum” deb nomlanadi. Unda o‘quvchilar tomonidan tikilishi tavsiya etiladigan buyumlar nomi keltiriladi. Masalan: “Fartuk”, “Tungi ko‘ylak”, “Lozim” kabi.
Dastur birinchi bo‘limi “Mehnat obyekti” deb nomlanadi. Bunda o‘quvchilar ish ko‘lamini to‘liq bajarmay, biror qismini bajarishlari yoki bir necha tayyor qismdan buyum tayyorlashlarini bildiradi.
“Texnik ma’lumotlar” bo‘limida (dasturda u asosiy mavzular tarkibida berilgan) o‘quvchilar bilishi kerak bo‘lgan materiallar berilgan. Unga eng avvalo ish uchun zarur bo‘lgan ashyolar, asboblar, mexanizmlar, tikuv mashinalarining ish jarayoni, qismlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xavfsizlik qoidalari kiritilgan.
Dasturdagi “Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish” bo‘limi mehnat ta’limining korreksion vazifalarini yechishga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarga ishni rejalashtirish, berilgan vazifani chamalab ko‘rish, ishni tashkil etish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi.
Dasturdagi 9-sinf nazariy mavzular o‘quvchilarga texnologik jarayonni chuqurroq anglash imkonini beradi, ularni ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi bilan tanishtiradi. O‘quvchilar o‘zlariga noma’lum ish usullarini va texnologik ma’lumotlar bilan tanishadilar.
O‘quvchilarning nazariy bilimlarini egallashlarida takrorlash muhim o‘rin tutadi. Dasturdagi har bir yangi mavzu oldin o‘rganilgan material asosida o‘rgatiladi. Shuning uchun oldin o‘tilgan mavzuga izchillik bilan qaytish ko‘zda tutiladi.
Ushbu dasturdagi nazariy bilimlar asosan kompleks va texnologik material tarkibida kiritilgan. Bunda mashg‘ulotlarning bir qismi nazariy bilimlarga, qolgan qismi amaliy ishlarga taqsimlanadi. Shuningdek, to‘liq nazariy bilimlar uchun ajratilgan mavzular ham bo‘lib, bunday mavzular deyarli ko‘p emas. Asosan, nazariy mavzudagi har qanday mashg‘ulot ustaxonadagi yoki sayohat davomida amaliy ishlar bilan qo‘shib olib boriladi.
Mavzuga qarab amaliy ishning mazmuni o‘zgarib turadi. Amaliy faoliyat bilan nazariy bilim olish bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi
Har bir o‘quv chorak oxirida “Amaliy takrorlash” bo‘limi kiritilgan. Bundan maqsad yangi bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilarning olgan malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Takrorlash bo‘limida imkon darajasida qo‘l choklari o‘rnini mashina choklari egallaydi, ishni yengillashtiruvchi asboblardan kengroq foydalaniladi.
Dasturda har bir chorak oxirida mustaqil ish, yil oxirida nazorat (kontrol) ish tavsiya etiladi. Bu o‘qituvchiga o‘quvchilarning bilimini qanday o‘zlashtirganliklarini aniqlash, ko‘nikma va malakalarini qay darajada egallaganliklarini bilish imkonini beradi. Tikuvchilik dasturining yana bir xususiyati shundaki, unda berilgan mavzular o‘qituvchini qator korreksion ishlarni amalga oshirishga undaydi, imkon yaratadi. Korreksion ishni yordamchi (imkoniyati cheklangan) maktabda o‘qitishning asosiy komponenti deb ko‘rilishi kerak. Korreksion ish o‘quvchining bilish faoliyatiga olib kirishi, uni rivojlanishiga omil bo‘lishi kerak. O‘quvchilar tomonidan materialni tushunib o‘zlashtirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas bog‘lash, ishni mustaqil bajara olish, ish natijalarini nazorat qilish, bilish faoliyatining asosini tashkil qiladi. Tikuvchilik darslarida o‘quvchilarni ishni avtomatik tarzda bajarishga, ko‘nikmalar hosil qilishga o‘rgatishimiz kerak. Bunda o‘quvchining jismoniy rivojlanish xususiyatlari inobatga olinadi. Shuning uchun 5-6 va 7-sinflarda asosiy e’tibor ish jarayonini to‘g‘ri tashkil etishga qaratilsa, 8 va 9-siniflarda ish sifatini oshirishga ahamiyat beriladi. Texnologiya fani o‘quvchilarning hayotga, mehnatga, mehnat kishisiga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘zbek xalq pedagogikasida ham, mehnat tarbiyasi va kasb-hunar egallash, bola kamolatining bosh omili sifatida talqin qilinadi. Ahloqiy madaniyat-inson faoliyatida yaxlit holda bo‘lgandagina o‘z samarasini ko‘rsatadi. Faoliyatning asosiy turi mehnat bo‘lib, u insonning jismoniy va ma’naviy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Mehnat faoliyatning mazmuni, shart-sharoitlari vositalari o‘zgarib borishi natijasida, bolaning ongi, ahloqiy madaniyati takomillashib boradi.
Demak, mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish natijasida o‘quvchining faolligiga, ish rejalarining aniq bo‘lishiga erishish mumkin.
Texnologiya darslarida kiyinish madaniyatidan saboq berishda, o‘quvchilar didini shaklantirishga katta imkoniyatlar yaratadi. Masalan: 8 va 9-sinflarda o‘quvchilar ustki kiyimlar tikadilar. Shunda kiyimga nusxa tanlashda odam gavdasining tuzilishi to‘g‘risidagi suhbatlar, rangli rasmlarga qarab kiyim gavdaga mos tushgan-tushmaganligini tahlil qilish, shuningdek, kiyim qayerga, nima maqsadda kiyilishiga qarab kiyim bichimini tanlash kabi suhbatlar o‘quvchilarda kiyinish madaniyatini shakllantiradi.
Dastur barcha sinflarda viloyatlarning shart-sharoitlarini, milliy an’analarini inobatga olgan holda yaratilgan. Ayollarning miliy bichimdagi ko‘ylagi, lozimi, nimchasi, quroqdan tayyorlangan buyumlar, belbog‘, yelpig‘ich kabilarni tikish ko‘zda tutilgan. “Milliy koketkani modellash” mavzusidan so‘ng o‘quvchilar koketkali o‘zbekcha ko‘ylaklarni tikadilar. Ayollar lozimini andaza bilan yoki andazasiz bichish va tikish mumkinligini bilib oladilar. Masalan: yelpig‘ich 2 qavatli gazlamadan tikilib, unga to‘g‘ri yoki aylanma choklar bilan qavib tikiladi. Bu mashinada tikishni endi mashq qilayotgan o‘quvchilarga to‘g‘ri va tekis chok tikishni o‘rganishga yordam beradi. Bundan tashqari yuqoridagi materiallarning dasturdan o‘rin olishi o‘quvchiga o‘zbek xalqining tarixiga, milliy madaniyatiga, kiyinish madaniyatiga bo‘lgan diqqatini jalb qilish imkoniyatini yaratadi. Milliy bezaklar, kashtachilik, zardo‘zlik hunarlari to‘g‘risidagi suhbatlar o‘quvchilarga yangi bilimlar berish bilan, ularda ijobiy hislatlarni tarbiyalaydi. Milliy hunardmanchiligimiz sirlarini o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otadi.
Tikuvchilik dasturidan foydalinishda quyidagi shartlarga amal qilish kerak:
dastur murakkabligi jihatdan mazkur guruhdagi o‘quvchi imkoniyatiga mos tushishi kerak;
bajara olishlari kerak: biror mavzu tushuntirilganda, bayon etilganda, yangi tushunchalar, atamalar juda ko‘p bo‘lmasligi kerak;
yangi o‘quv materiali berilganda u albatta oldin o‘tilgan mavzu bilan bog‘lanishi kerak, chunki o‘quvchi o‘qituvchi yordamisiz bunday bog‘liklikni o‘zi uddalay olmaydi;
darslarning samaradorligini oshirish uchun turli dars usullaridan ko‘rgazma qurollardan texnik vositalaridan foydalanish kerak;
texnologiya fanidan olingan bilimlar, ko‘nikma va malakalar muntazam o‘tkaziladigan mashqlar orqali mustahkamlanadi;
bichish-tikish darslarida o‘quvchilarning estetik tarbiyasiga katta o‘rin berilishi kerak. O‘quvchilar bezaklarning go‘zalligini, tikkan kiyimning bejirimligini xis qila bilishlari kerak;
o‘quvchi ongiga tikilgan buyumning sifati, pishiqligi, did bilan bajarilganligi, turmushga qanchalik yaroqliligi, buyumga beriladigan bahoning asosiy mezonidir–degan tushunchani singdirish kerak.
Dars jadvalini tuzishda dars soatini taqsimlash va rejalashtirish:
5-sinf 6 soat ( 2+2+2 yoki 3+3)
6-sinf 8 soat (2+2+2+2 yoki 3+3+2)
7-sinf 9 soat (3+3+3 yoki 3+2+4)
8-sinf 10 soat (4+2+4 yoki 3+3+2+2)
9-sinf 12 soat (4+4+4 yoki 3+3+3+3).
Izoh: Yuqoridagi shartlarga amal qilish uchun ba’zi bir mavzular va ularga berilgan vaqt (soat)ni sinf guruhidagi o‘quvchilarning psixo-fizik imkoniyatiga, maktab sharoitiga ko‘ra maktab metod birlashmasi qaroriga asosan o‘zgartirish mumkin.



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling