Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet55/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Mustaqil ish (6 soat). Mashinada bostirma chokni ikki xil usulini bajarish (namunada).


IV bo‘lim (64 soat)
Tagdo‘zi to‘ldirib tikilgan kashta (16 soat). Kiyimlarni kashta bilan bezatish o‘rni. Kashta xillari, qo‘llaniladigan ip turlari. Kashta tikish uchun moslama va kerakli gazlamalar. Gazlamaga nusxa ko‘chirish. Tanlangan nusxadagi tagdo‘zi kashtani tikish rejasi.
Chaqaloqlar kiyimi (20 soat). Buyum: yaktakcha (raspashonka), qalpoqcha (chepchik), ko‘krak po‘sh (nagrudnik) va h.k. (xohishga ko‘ra turli to‘r va lentalar bilan, yoki tayyor tasmalar va applikatsiya bilan, yoki pirpirak va tayyor qiyama adip bilan bezatib tikilishi mumkin). Chaqaloqlar kiyimi haqida umumiy ma’lumot. Ishlatiladigan gazlamalar va bezak turlari. Estetik va gigiyenik talablar. Ularga loyiq gazlama turlari va bezaklar. Tanlangan chaqaloq buyumining andazasi chizmasini masshtab o‘lchamida chizish. Andazani standart o‘lchamda tayyorlash. Gazlamani bichishga tayyorlash va tayyorlangan andazani joylashtirish, chok haqini berib bichish. Buyumni tikish ish rejasini tuzish va shu rejaga asosan buyumni tikish (tanlangan buyumga ko‘ra tikish rejasiini tuzish).
Yoz mavsumiga mo‘ljallangan milliy va zamonaviy bosh kiyimlar (16 soat). Buyum: xohishga ko‘ra bo‘z gazlamadan bichilgan bolalar do‘ppisi yoki keppi, beret, panama tikish mumkin. Bosh kiyimlar vazifasi, turlari va nusxalari. Ishlatiladigan gazlamalar va bezaklar. Keppi va biretlarning hozirgi kundagi o‘rni. Do‘ppilar kelib chiqish tarixi va shu kundagi o‘rni. Ayol do‘ppilari. O‘zbekistonning turli viloyatlarida urf bo‘lgan do‘ppilar: “iroqi”, “nozik”, “gilam”, “bashoratxon”, “zardo‘zi”. Ularning nusxalari, bezatilishi. Erkak do‘ppilari: Chust, Marg‘ilon, Qo‘qon, Toshkent, Surxon va Qashqadaryo o‘lkalari do‘ppilari va ularning tuzilishi, nusxalari, qo‘llanilishi. Tanlangan bosh kiyim uchun o‘lchov olish va yozish. Kerakli o‘lchamda chizma chizish va andazani tayyorlash. Gazlamani bichishga tayyorlash, andazani joylashtirish va bichish. Tanlangan bosh kiyimni tikish. Rejani tanlangan buyumga asosan tuzish.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling