Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet54/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Amaliy takrorlash (16 soat). Tayyor bichilgan beli rezinkaga yig‘ilgan qizchalar yubkasi, yostiq jildi (avra) yoki kichkintoylar nimchasini tikish (qirqimlariga ikki qavat qiyiq mag‘iz bilan ishlov beriladi). Tanlangan buyumga ko‘ra ish rejasini tuzish.
Mustaqil ish (4 soat). Namunada dumaloq shakldagi gazlama qirqimiga ikki qavatli qiyiq mag‘iz bilan ishlov berish.


III bo‘lim (82 soat)
Zig‘ir tolali gazlamalar (8 soat). Zig‘ir va zig‘ir tolasi. Zig‘ir tolali gazlamani ishlab chiqarilishi va xususiyatlari. Paxta va zig‘ir tolali gazlamalarni aniqlash va farqlash. Paxta va zig‘ir tolali buyumlarga elektr dazmolni moslashtirish (dazmollash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar). Elektr dazmol bilan ishlaganda xavfsizlik qoidasi.
Mashina choklari (8 soat). Namunada bostirma chokni ikki xil usulini bajarish: Birinchi usul. Ikkinchi usul.
Tikuvchilik buyumlaridagi burchaklarga ishlov berish (12 soat). Buyumda burchakning ko‘p uchrovchi hollari, ularga ishlov berish usullari. Bichiqqa mos adiplar haqida ma’lumot. Burchaklarga bichiqqa mos adip bilan ishlov berish bo‘yicha amaliy ishlar.
Bolalar ko‘rpa g‘ilofi (pododeyalnik)ni tikish (20 soat). G‘ilofning vazifasi, ishlatiladigan gazlamalar, gigiyenik talablar. Ko‘rpa g‘ilofini bezatish turlari. G‘ilofni bichish qoidasi, standart bichimlar. G‘ilofni tikishda ishlatiladigan choklar, ag‘darma chokni namunada bajarish. G‘ilof o‘yindisini tikish usullaridan bir ikkisini namunada xohishga ko‘ra bajarish: a) dumaloq o‘yindili; b) to‘g‘ri burchakli; v) romb shaklida. Tugmacha va molniya tasmasi bilan ishlov berish.
Amaliy takrorlash (28 soat). 1. Tayyor bichilgan bolalar yotoq choyshabini tikish va kashta tikib yoki applikatsiya bilan bezatish: choyshabni o‘lchamiga ko‘ra bichish; choyshabning chetki qirqimlariga ishlov berish; xohishga ko‘ra choyshabni bezatib tikish. 2. Bolalar ko‘rpa jildi (avra)sini tikish: ko‘rpa jildini o‘lchamiga ko‘ra bichish; jild o‘yindisiga bichiqqa mos adib bilan ishlov berish; jild ustki qismiga (xohishga ko‘ra applikatsiya va kashta tikib) bezak berish; chetki qirqimlariga ag‘darma chokda ishlov berish.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling