III bo‘lim (64 soat)
Tikuv mashinasi haqida ma’lumot (8 soat). Tikuv mashinasi haqida tushuncha va ularning turlari; mashina oldida o‘tirish qoidasi; tikuv mashinasining asosiy qismlari; tikuv mashinasida ishlaganda xavfsizlik texnika qoidalari; ustki ipni o‘tkazish; ostki ipni o‘tqazish; tikuv mashinasini asrash.
Oyoq yuritmali tikuv mashinasida ishlash (14 soat). Mashinada ipsiz tikish; mashinada ip bilan to‘g‘ri chok tikishni mashq qilish; mashinada aylanma chokni tikishni mashq qilish; namunada gazlamani oddiy biriktirma chokda ulab bir tomonga qaratib dazmollash; namunada gazlama bo‘laklarini biriktirma chokda ulab, orasini ochib dazmollash; gazlamani chetki qirqimiga yopiq buklov chokida ishlov berish.
Gazlama bilan ishlash (34 soat). Buyum: chetlari popukli qo‘l qaviq bilan bezatilgan sochiq. Gazlama haqida umumiy ma’lumot: gazlamaning xususiyati; gazlama o‘ngi va teskarisini ajratish; gazlamaning ko‘ndalang va bo‘ylama ipi (eni va bo‘yi). Gazlamani bichish qoidasi. Gazlama qirqimiga ishlov berish. Qo‘l choklarini bajarish (namunada): to‘g‘ri sirma choki (qavig‘i). to‘g‘ri sirma qaviq bilan orqaga tikish; suv choki (qaviq); zanjir choki (qaviq); ilma choki (qavig‘i); archa choki (qavig‘i). Sochiqni tayyorlash: sochiqlar haqida ma’lumot, sochiq tikish rejasini tuzish; gazlamadan sug‘irilgan ip yo‘lidan sochiqni bichish; sochiqqa nusxa tushirish va qo‘l bezak qaviqlari yordamida bezash; sochiqning chetlarini popuk qilib bezash.
Amaliy takrorlash (4 soat). Xohishga ko‘ra qo‘l choklaridan tikish
Mustaqil ish (2 soat). Namunada qo‘l bezak qaviqlaridan birini bajarish (imkoniyatga ko‘ra).
4 bo‘lim (48 soat)
Meditsina niqobini tikish (12 soat). Tibbiyotda ishlatiladigan meditsina niqobi haqida tushuncha, ishlatish joyi. Niqobni bichish va tikish rejasini tuzish. “+” belgisini tikish. Bog‘ichlarni tikish. Bog‘ichning ikki bo‘lagini (yon qirqimlari orasiga tayyorlangan bog‘ichlarni joylashtirgan holda) qo‘shib tikish. Bog‘ichni o‘ngiga ag‘darish va chetlari bo‘yicha bezak choki tikish.
Do'stlaringiz bilan baham: |