Yaxlit bichilgan yoqasiz kalta yengli ko‘ylakni tayyorlash (28 soat). Xohishga ko‘ra tanlangan fasondagi ko‘ylak andazasini o‘z o‘lchamiga moslashtirish (o‘zgartirish kiritish); qoidaga ko‘ra gazlamani bichishga tayyorlash, ko‘ylak andazasini gazlamaga joylashtirish va bichish; ko‘ylakni kiyib ko‘rishga tayyorlash; kiyib ko‘rish, o‘lchash va kamchiligini to‘g‘rilash; ko‘ylakni tikish ish rejasini tuzish, ish tartibi bo‘yicha ko‘ylakni tikish: vitochka, yelka va yon choklariga ishlov berish, bo‘yin o‘yindisiga ishlov berish, yenglarni tayyorlash, qo‘ltiq o‘mizlariga yenglarni o‘rnatish, etagiga ishlov berish, buyumni namlab dazmollash.
Ayollar milliy kiyimlari haqida ma’lumot (4 soat). Nazariy. O‘tmishdagi o‘zbek ayollarining an’anaviy kiyim-boshlari: ko‘ylak, ichki kiyim, bosh kiyim, poyafzal va h.k. Hozirgi vaqtda an’anaviylik ko‘rinishini saqlab qolgan liboslar va ularning o‘rni. Zeb-ziynatlar sharq ayollar kiyimining tarkibiy qismi.
Nimcha (20 soat). Nimchalarning kelib chiqish tarixi va o‘tmishdagi o‘rni. Nimchalarning hozirgi kundagi zamonaviy turlari va kiyish joyi. Buyum: astarsiz zamonaviy bichimdagi nimcha yoki astarli nimcha (buyum turi xohishga ko‘ra tanlanadi). Nimchani tayyorlash: nimcha uchun o‘lchov olish; nimcha andazasining chizmasini chizish; tanlangan fason bo‘yicha andazani modellash; gazlamani bichishga tayyorlash, andazani joylashtirish va bichish; nimchaning bichilgan bo‘laklarini kiyib ko‘rishga tayyorlash; nimchani kiyib ko‘rish va nuqsonlarini to‘g‘rilash; astarsiz nimchani tikish rejasini tuzish.
Rejaga asosan nimcha tikish: yoqa o‘yindi adipi va bort tagligini tayyorlash; vitochka, yelka va yon qirqimlariga ishlov berish; etak qirqimlari bo‘ylab eni 2 sm yelimli lenta yopishtirish, yo‘rmash va teskarisiga 2 sm qayirib dazmollash; yoqa o‘yindi va bortlarga ishlov berish; yeng o‘mizlariga adiblari bilan ishlov berish; etak, bort va yoqa bo‘yicha bezak (ziy) choki berish; izma o‘rnini belgilash va izma tikish; tugma o‘rnini belgilash va qadash; tayyor nimchani dazmollash va ilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |