Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining
Download 1.22 Mb.
|
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sarafan (20 soat).
- Milliy gazlamalar (4 soat).
Amaliy takrorlash (4 soat). Tikish tartibini tanlangan buyumga ko‘ra tuzish: dekorativ yostiq (bolish) tayyorlash yoki xohishga ko‘ra tayyor bichilgan buyumni tayyorlash.
Mustaqil ish (4 soat). Kalta yengni yeng o‘miziga o‘rnatib ishlov berish (namunada). III bo‘lim (102 soat) Tagsiz yenglar (8 soat). Ayol-qizlar yozgi yengil kiyimida “Qanotcha” kabi tagsiz yenglar turlari va ularni qo‘llash o‘rni; ularning andazasini chizish va bichish qoidasi. Namunada tagsiz yenglarga ishlov berish: a) qanotcha; b) pirpiraksimon va hokazo. Sarafan (20 soat). Buyum: yelkasi tasma( bretelka)li sarafan, qanotcha yengli yozgi sarafan, yeng qirqimi va etagiga pirpirak tikilgan sarafan va hokazo (xohishga ko‘ra tanlanadi). 1. Sarafanlar haqida tushuncha. 2. Sarafan tayyorlash ish rejasi. 3. Sarafan uchun o‘lchov olish va yozish. 4. Sarafan chizmasini chizish va andazasini tayyorlash. 5. Gazlamani bichishga tayyorlash, andazani joylashtirish va bichish. 6. Sarafan bo‘laklarini kiyib o‘lchashga tayyorlash. 7. Sarafanni kiyish, o‘lchash, kamchiligini to‘g‘rilash. 8. Tikish rejasini tuzish. Rejaga asosan buyumni tikish: vitochka, yelka qirqimlariga ishlov berish; yon qirqimlariga ishlov berish; yoqa o‘yindisiga ishlov berish; yeng o‘mizlariga ishlov berish; etak qirqimiga ishlov berish; buyumni namlab dazmollash. Milliy gazlamalar (4 soat). Kiyim tikishda qo‘llaniladigan milliy gazlamalar haqida tarixiy tushuncha; milliy gazlamalarni nusxa turi va xususiyati: beqasam, banoras, pariposhsha, adras, shoyi, atlas, baxmal, olacha va h.k. Milliy matolar namunalaridan kolleksiya tayyorlash. Erkaklar va o‘g‘il bolalar liboslari (22 soat). O‘zbekistonning barcha viloyatlarida kiyillib kelgan erkak liboslarining kelib chiqish tarixi: ustki kiyim, ichki kiyim, bosh kiyim, poyafzal. Milliy erkak kiyimlarining hozirgi kundagi o‘rni, kiyish joyi, ularga ishlatiladigan gazlama va bezak turlari. To‘n turlari, ularning an’anaviy bichiqlari. Erkaklar zamonaviy sorochkalari, bichimlari va ularga loyiq gazlamalar. An’anaviy kiyim bichiqlari bo‘yicha amaliy ishlash. Quyidagi buyumlardan birini (xohishga ko‘ra) tikish: 1. Erkaklar yozgi yaktagi: a) yaktakning kelib chiqish tarixi, kiyilishi, unga loyiq gazlamalar; b) an’anaviy bichiq chizmasi asosida andaza tayyorlash; v).gazlamani bichishga tayyorlash, yaktak andazasini joylashtirish, asosni va ikki qavatli bo‘ylama adibni bichish. Yaktakni tikish rejasini tuzish. Rejaga asosan buyumni tikish: a) ikki qavatli bo‘ylama adipga ishlov berish; b) bo‘yin o‘yindisiga ikki qavatli bo‘ylama adip bilan ishlov berish, mashinada qaviqqatorlar tikish; c) yeng va yon qirqimlariga ishlov berish; d) yeng pastki qirqimiga ishlov berish; e)etak qirqimiga ishlov berish; f) tayyor buyumni namlab-dazmollash. 2. Bolalar to‘ni (faqat avra va astardan iborat, paxtasiz, qavilmagan, bo‘ylama adip yoqali to‘nlar): a) an’anaviy bichiq chizmasi asosida bolalar to‘nining andazasini tayyorlash; b) gazlamani bichishga tayyorlash, bolalar to‘ni andazasini joylashtirish, avra, astar asosini va ikki qavatli bo‘ylama adibni bichish. Bolalar to‘nini tikish rejasini tuzish. Rejaga asosan buyumni tikish: a) bichilgan bo‘laklarni qo‘l chokida ko‘klash va tikuv mashinasida tikish; b) bo‘ylama adib yoqani avra yoqa qirqimiga ulab ishlov berish; c) avra va astarni bir biriga biriktirma chokda qo‘shib tikish; d) to‘nni o‘ngiga ag‘darish va chetki qirqimlariga ziy bezak choki bilan ishlov berish va dazmollash. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling