Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet63/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Amaliy takrorlash (6 soat). Xohishga ko‘ra quyidagi buyumlardan birini tikish: turli bichimdagi qizchalar sarafanchasi yoki nimchasi, bolish, yostiq, qavilgan (qo‘lda yoki mashinada) ko‘rpacha, choynak qopqoq, qozon tutqich va yelpig‘ich va xohishga ko‘ra tanlangan bezak turi bilan bezatish. Tanlangan buyumga ko‘ra tikish rejasini tuzish va shu rejaga asosan ishlov berish.
Mustaqil ish (3 soat). Etak qirqimiga ishlov berish (namunada).


IV bo‘lim (78 soat)
O‘rin yopinchiqlari (16 soat). O‘lkamizning turli viloyatlarida ishlatilib kelingan o‘rin yopinchiqlar turlari, tarixi, ularning qo‘llash joyi, ishlatilagan gazlamalar; zamonaviy o‘rin yopinchiqlar turlari (bir qavatli, ikki va ko‘p qavatli), ularga loyiq gazlama va bezak turlari haqida tushuncha; o‘rin yopinchiq uchun o‘lchov olish va gazlama sarfini aniqlash; o‘rin yopinchiq asosi avra astarini va bo‘laklarini bichish; tikish rejasini tuzish, rejaga asosan buyumni tikish; o‘rin yopinchiq avrasini vatin bilan qo‘shib ko‘klash; o‘rin yopinchiq avrasini vatin bilan qo‘shib bezak qaviqda mashinada baxyalab tikib tayyorlash; o‘rin yopinchiqni bezatish uchun applikatsiya, kashta yoki xohishga ko‘ra boshqa bezak turidan foydalanish; o‘rin yopinchiqning tayyorlab olingan asosiga astarni qo‘shib ishlov berish; o‘rin yopinchiqning qo‘sh etagi yuqori va pastki qirqimlariga ishlov berish (xohishga ko‘ra chok turi bilan); qo‘sh etakni asosga qo‘shib tikish. Namlab dazmollash.
Dazmolda bajariladigan mayda taxlamalar va bo‘rtma choklar
10 (soat).
Bo‘rtma choklarni bajarish qoidasi. Ularni namunada tayyorlash; dazmol bilan ishlaganda ehtiyot choralariga amal qilish; mayda taxlamalar hosil qilish (namunada).
Havoiy izmalar 6 (soat). Havoiy izmalar tayyorlash; qo‘l ilma chokida ipdan havoiy izma tayyorlash.
Bort ustida izma tayorlash (namunada) (8 soat). Izma o‘rnini belgilash qoidasi; yoqagacha taqilmali buyumda; qaytarma yoqali buyumda.
Yoqalar (12 soat). Yoqalar to‘g‘risida tushuncha; yoqa andazasini tayyorlash uchun olinadigan o‘lchovlar; ohirigacha taqilmali kiyimning qaytarma yoqasi chizmasini chizish va andazasini tayyorlash; qaytarma yoqa chizmasini chizish va andazasini tayyorlash; namunada qaytarma (ikki xil) yoqani bichish va ishlov berish.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling