Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining
Yoshga nisbatan qomat ko‘rinishining o‘zgarib borishi (4 soat)
Download 1.22 Mb.
|
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fasonni sharhlash qoidasi (6 soat).
- Kiyinish madaniyati (4 soat).
- Kiyimga e’tibor (6 soat).
- Ayollar shimi sodda bichimda (20 soat).
Yoshga nisbatan qomat ko‘rinishining o‘zgarib borishi (4 soat). Yoshga nisbatan libos ko‘rinishining o‘zgarib borishi va shu sababli kiyinish uslubi (stili)ning o‘zgarishi haqida; o‘smir yoshdagi qizlarga mansub bo‘lgan kiyim bichiqlari (stili); fason tanlashda qomatning nuqsonlarini inobatga olish.
Fasonni sharhlash qoidasi (6 soat). Fasonni (modelni) tanlashda, uni sharhlab berish, ya’ni, libos nomi, qayerda va nima uchun kiyilishi, silueti, bichilishi va gazlamasi haqida gapirib berish; qoidaga ko‘ra mashg‘ulotlar o‘tkazish. Inson va moda yo‘nalishi (4 soat). Har bir davr libosining bichim va ko‘rinishining yashash sharoiti, u yerdagi iqlim va xalqning e’tiqodi (dini)ga ko‘ra o‘zgarib borishi haqida tushuncha berish. Moda nima? Shu kundagi Yevropa modasi va uning O‘zbek milliy modasiga ta’siri haqida tushuncha berish. Kiyinish madaniyati (4 soat). Did bilan kiyinish, o‘z estetik didini uzluksiz tarbiyalab borish va kiyinishda orastalik bilan bachkanalikni ayira bilish haqida tushuncha berish. Kiyimning shakli, ko‘rinishi va u kiyiladigan sharoitga, mavsumga, kiygan kishining yoshi, gavdasi, mashg‘uloti, ish turiga bog‘likligi haqida tushuncha berish. Zamonaviy gazlamalarning turli tumanligi va ularning xususiyatini inobatga olgan holda tanlangan libos uchun gazlama tanlay bilish haqida tushuncha berish. Kiyimga e’tibor (6 soat). Gigiyena qoidalariga amal qilish.Kiyimni toza tutish, bejirim kiyinish, vaqtida dazmollash, so‘kilgan, yirtilgan joylarni vaqtida ta’mirlash, qish fasli (asosan jun, yarim jun va mo‘ynali) kiyimlarni saqlash haqida tushuncha berish. Takrorlash: kiyimga fason tanlash va andaza tayyorlashda qomat ko‘rinishini inobatga olish (standart, bukrisifat, g‘o‘ddaygan). Qomatdan o‘lchov olish qoidasi. Qomatning o‘lchovini (o‘lchamini) aniqlash qoidasi. Qomatning tuzilishi va nuqsonlarini aniqlash, sharhlab berish, o‘lchovini olish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar. Ayollar shimi sodda bichimda (20 soat). Buyum: shim, kalta “kapri”shim, shim shalvar “sultanka”, “afganka” (xohishga ko‘ra). Zamonaviy ayollar shimining turlari, fasonlari, ularga ishlatiladigan gazlama va bezatish uslublari haqida tushuncha berish; shim uchun o‘lchov olish va yozish; shim chizmasini chizish va andazani tayyorlash; tayyor shimning asos andazasiga bel vitochkalarni va yon chiziqlarini kiritish; shim uchun tanlangan gazlamaning hisobini chiqarish va bichishga tayyorlash; gazlamaga andazani joylashtirish va bichish (chok haqini hisobga olgan holda). Namunada quyidagi cho‘ntaklarni bajarish: a) qirqma cho‘ntakni tikish; b) chokga joylashgan cho‘ntak tikish; c) shim pochasiga ishlov berish. Tanlangan fasondagi shimni tikish rejasini tuzish va shu rejaga asosan ish bajarish yoki quyidagi rejadan foydalanish: vitochkalarni tikish; shimning cho‘ntaklarini tikish; shimning yon qirqimlarini tikish va yorib dazmollash; d) “molniya” tasmasini o‘rnatish; e) old va orqa og‘ qirqimlarini biriktirib tikish va dazmollash; f) shimning odim qirqimlarini biriktirib tikish va yorib dazmollash; h) belbog‘ni tayyorlash va shimning yuqori qirqimiga belbog‘ o‘rnatish; i) shimning pocha qirqimlariga ishlov berish va dazmollash; j) buyumning ohirgi bezagi; k) tayyor buyumni namlab dazmollash. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling