Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Liboslarni ta’mirlash uslublari (8 soat)


Download 1.22 Mb.
bet69/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Liboslarni ta’mirlash uslublari (8 soat). Naqshli yoki boshqa nusxali gazlamaga yamoq solish, ish tartibini rejalashtirish va unga asosan ish bajarish (namunada); tikuv mashinasida qoplama yamoq solish; biriktirma chokda qoplama yamoq solish; liboslarni applikatsiya usuli bilan bezab ta’mirlash, bunday yamoq uchun loyiq gazlamani xususiyati va rangiga ko‘ra tanlash; zamonaviy yelimlash toponchalarini qo‘llash haqida tushuncha berish; applikatsiya yamog‘ini o‘rnatish ish tartibini rejalashtirish va shu rejaga asosan ish bajarish (namunada).
Amaliy takrorlash. Yozgi ko‘ylak-kostum (yengil kofta va yubkadan iborat bo‘lgan komplekt) (28 soat). Buyum bichimi (fasoni) xohishga ko‘ra tanlanadi; kiyim komplektlari haqida ma`lumot; tanlangan bichimdagi kiyim komplektining andazasini tayyorlash; gazlama sarfini aniqlash, gazlamaning xususiyatini aniqlash; buyumni bichish; ko‘ylak-kostumni tikish rejasini tuzish va rejaga asosan buyumni tayyorlash.
Mustaqil ish (4 soat). Kiyim bezatish namunalaridan birini tayyorlash (namunada).


IV bo‘lim (96 soat)
Oldi taqilmali xalat (34 soat). Xalatlar haqida ma`lumot; qaytarma yoqali xalatni modellash; qaytarma yoqali xalatning andazasini tayyorlash; qaytarma yoqali xalatni tikish rejasini tuzish va shu rejaga asosan tikish. Buymni tikish rejasi: gazlamani bichishga tayyorlash; andazani gazlamaga joylashtirish, chok haqqini belgilash; buymni bichish; buyum bo‘laklarini kiyib o‘lchash (primerka) uchun tayyorlash;
Xalatni kiyish, barcha kamchiligini aniqlash; ko‘krak vitochkaning o‘rnini aniqlash; yelka choklarining o‘rnini aniqlash; yon choklarini tekshirish; buyumning kerakli uzunligini aniqlash va belgilash; yeng o‘mizda yeng o‘rnatish o‘rnini aniqlash va belgilash;
Yeng uzunligini tekshirish, manjet o‘lchamini aniqlash: buyumning vitochkalariga ishlov berish, dazmollash; buyumning yelka qirqimlariga ishlov berish, dazmollash; byuymning yon qirqimlariga ishlov berish, dazmollash; yenglarni tikib tayyorlash; yenglarni yeng o‘mizlariga o‘rnatib tikish; buyum etak qirqimiga ishlov berish, dazmollash; bezatish ishlarini bajarish (ko‘zli toshlar, to‘r, applikasiya, kashta va hokazo).

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling