Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Dasturxon yoki pardalar (26 soat)


Download 1.22 Mb.
bet70/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Dasturxon yoki pardalar (26 soat). Buyum: Dasturxon komplektlari (dasturxon va qo‘l sochiqlar): dasturxonning kelib chiqish tarixi va hozirgi kundagi xalq (omma)ning turmushidagi o‘rni haqida tushuncha berish; dasturxon turlari, ularga loyiq gazlamalar va bezatish uslublari; dasturxon assortimentlari bilan tanishish uchun do‘konga sayohat (ekskursiya); dasturxon va qo‘l sochiqlar o‘lchamini aniqlash va bichish (o‘qituvchi yordamida). Dasturxon va qo‘l sochiqlar kattaligi xohishga va imkoniyatga ko‘ra tanlanadi; dasturxon chetki qirqimlariga ishlov berish (xohishga ko‘ra buklama chokda, to‘r bilan va hokazo); qo‘l sochiqlarni chetki qirqimlariga ishlov berish (xohishga ko‘ra buklama chokda, to‘r bilan va hokazo); dasturxon va qo‘l sochiqlarga kashta nusxasini tushirish va tikish yoki applikatsiya usulida bezak berish, yoki nusxalardan birini xohishga ko‘ra tikish (turlicha bezatish mumkin).
Xohishga ko‘ra tanlangan nusxada tyul gazlamasidan parda, qalin gazlamadan portera, lambrikenli parda yoki qisqa oyna pardasini tikish.
Pardaning kelib chiqish tarixi va hozirgi kundagi xalq (omma)ning turmushidagi o‘rni haqida tushuncha berish; parda turlari, ularga loyiq gazlamalar, bezatish uslublari, bezak turlari va aksessuarlar; parda assortimentlari bilan tanishish uchun do‘konga sayohat; parda nusxasini tanlash, deraza yoki eshik o‘lchovini (karniz uzunligi va xona balandligi) olish; gazlama sarfini aniqlash va tanlangan nusxadagi pardani, lambrikenni bichish;
Qalin parda (portera) tikish ish ketma ketligi: parda pastki qirqimini 10+10 sm kenglikda ikki buklab buklama chokda ishlov berish va dazmollash; pardani yon qirqimlariga 4+4 sm kenglikda buklama chokda ishlov berish, dazmollash; pardani yuqori qismiga korsaj tasma lentasi bilan ishlov berish. Agar taxlamali parda nusxasi tanlangan bo‘lsa, oldin taxlamalar hosil qilib tayyorlab olish, keyin korsaj lentasi bilan ishlov berish, dazmollash.
Lambrikenini tikish: lambrikenni yon qirqimlariga 4+4 sm kenglikda buklama chokda ishlov berish va dazmollash; lambrikenni pastki qirqimiga ishlov berish. Agar bezatish uchun to‘r yoki baxrama tanlangan bo‘lsa, ularni ishlov berilgan pastki qirqim ustidan bostirma chokda tikish); lambrikenni yuqori qismiga korsaj tasma lentasi bilan ishlov berish. Agar taxlamali parda nusxasi tanlangan bo‘lsa, oldin taxlamalar hosil qilib tayyorlab olish, keyin korsaj lentasi bilan ishlov berish va dazmollash; lambriken va pardani yuqori tomoniga ilgichlarni o‘rnatish va karnizga ilish.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling