Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining
Download 1.22 Mb.
|
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tikuv mashinasining ish faoliyatini nazorat qilish (6 soat).
- Bort tagligi (podbort) (20 soat).
- Oldi taqilmali, qaytarma yoqali, yengli bluzka (34 soat).
- Mustaqil ish (4 soat).
- Tikuvchilik korxonalarida mehnatni tashkil qilish faoliyati bilan tanishish (4 soat)
9-sinf (408 soat) I bo‘lim (108 soat) Kirish (2 soat). Guruhni tashkil etish, vazifalarni bo‘lib berish, yillik va birinchi chorakda bajariladigan ish rejasi bilan tanishtirish; mashina va asboblarni ishga tayyorlash. Tikuv mashinasining ish faoliyatini nazorat qilish (6 soat). Maxsus tikuv mashinalarini ishlatish; overlok mashinasini ishlatish; tikuv mashinasining ish faoliyatini nazorat qilish. Liboslarni ryush va volanlar bilan bezash (12 soat). Tikuvchilik buyumlarini bezatish turlari haqida. Ryush. Ryushni tayyorlash va asosiy bo‘lakga bostirib ulash. Volanlar: a) Yengning pastki qirqimiga volan bichish. Yeng pastki qirqimiga volan bilan ishlov berish (namunada); b) Uchburchak shakldagi bo‘yin o‘yindiga volan bichish. Yoqa o‘miziga namunada volan bilan ishlov berish; v) Pirpirak shaklida volan bichish qoidasi. Amaliy ish. Tik yoqalar (10 soat). Tik yoqa uchun o‘lchov olish, chizma chizish va andazasini tayyorlash; yoqani tayyorlash va yoqa o‘miziga adip yordamida o‘rnatish; oxirigacha taqilmali liboslar bo‘yin o‘yindisiga tik yoqani o‘rnatish; yoqa tikishda nuqsonga yo‘l qo‘ymaslik choralari. Bort tagligi (podbort) (20 soat). Bort va bort tagligi haqida tushuncha berish; bort tagligi andazasini tayyorlash: a) bort bilan yaxlit olingan taglikning andazasini tayyorlash; b) qaytarma taqilmali bortning alohida olingan tagligi andazasini tayyorlash; v) dazmolda bort tagligiga flizelin yopishtirish. Bort tagligiga ishlov berish: a) taglik ichki va yuqori qirqimiga bukib ishlov berish; b) oldi taqilmali kiyimlar bortining pastki qirqimiga ishlov berish; Amaliy ishlar: alohida bichilgan bort tagligiga ishlov berish; bort tagligi ichki va yuqori qirqimlariga ishlov berish; oldi taqilmali kiyim pastki qirqimiga ishlov berish; qaytarma yoqa chizmasini chizish va bichish; qaytarma yoqa va unga ishlov berish; tayyor qaytarma yoqani bort tagligi va bo‘yin o‘yindisiga qo‘shib tikish. Yenglar (20 soat). 1. Yenglar to‘g‘risida ma’lumot. Yeng fasonlari; yeng uchun o‘lchov olish va yozish; yeng chizmasini chizish va andaza tayyorlash; kalta yengning pastki qirqimiga namunada ishlov berish: a) buklama dekorativ manjet bilan ishlov berish; b) qayirma manjet bilan ishlov berish; yengni yeng o‘miziga o‘rnatish. Oldi taqilmali, qaytarma yoqali, yengli bluzka (34 soat). Yengli va yoqali bluzkalar haqida ma’lumot. Qaytarma yoqali bluzkani asos andaza bo‘yicha modellash. Bluzka asosi, yengi, yoqasi, podborti andazasini tayyorlash. Gazlamaga andazalarni joylashtirish va bichish. Bluzkani tikish rejasini tuzish. Rejaga asosan buyumni tikish: bluzkani kiyib ko‘rishga tayyorlash; kiyish va kamchiligini to‘g‘rilash; vitochka, yelka va yon choklariga ishlov berish; yoqani tayyorlash; bortlariga ishlov berish; bo‘yin o‘yindisiga yoqa va bortlari bilan birga ishlov berish; yenglarga ishlov berib tayyorlash; yeng o‘mizlariga yenglarni o‘rnatish; izma o‘rnini aniqlash va izmalarni tikish; tugma o‘rnini belgilash va qadash; etagiga ishlov berish; buyumni namlash va dazmollash. Mustaqil ish (4 soat). Namunada: Havoiy izmalar tayyorlash; qo‘l ilma chokida ipdan havoiy izma tayyorlash. II bo‘lim (84 soat) Zamonaviy universal va maxsus tikuv mashinalari bilan yaqindan tanishish (6 soat). Shu kungacha katta-kichik tikuv korxonalarida ishlatilib kelinayotgan turli tikuv mashinalari bilan tanishish uchun tikuv korxonasiga sayohat (ekskursiya). Tikuvchilik korxonalarida mehnatni tashkil qilish faoliyati bilan tanishish (4 soat) Kiyim ishlab chiqarish korxonalarining turlari; tikuvchilik korxonasining ish faoliyati; kiyim ishlab chiqarishning texnologik jarayoni; tikuvchilik korxonaning asosiy ishchilari. Mehnat qonunlari haqida ma`lumot (2 soat). Hozirgi kundagi moda yo‘nalishi. Kiyimda uslub (6 soat). Zamonaviy kiyim uslublari: klassik, sport, romantik, milliy (folklor). Moda. Moda yo‘nalishining o‘zgarib borishi. Did, go‘zallik va nafosatni his etish qobiliyati. Kiyinish didini rivojlantirib borish. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling