Koketkalar (12 soat). Koketkalar haqida tushuncha; koketkalarni modellash; amaliy ishlar: a) to‘g‘ri bichilgan koketkani asosiy bo‘lakka biriktirma chokda ulash; b) oval shakldagi koketkani asosiy bo‘lakka
ustma-ust qo‘yib bostirma chokda ulash; c) shakldor shakldagi koketkani asosiy bo‘lakka ustma ust qo‘yib bostirma chokda ulash.
Ayollar milliy koketkali ko‘ylagi zamonaviy bichimda (30 soat). Ayollar milliy koketkali ko‘ylagining kelib chiqish tarixi; milliy koketkali ko‘ylakning zamonaviy fasonlari; o‘zbekcha koketkali ko‘ylakni tayyorlash ish rejasini tuzish; koketkali ko‘ylak uchun o‘lchov olish; to‘g‘ri bichimli ko‘ylak asos andazasiga koketkali ko‘ylak fasoni bo‘yicha model chiziqlar kiritish (modellash); gazlamani bichishga tayyorlash, tayyor andazani joylashtirish va bichish; bichilgan ko‘ylak bo‘laklarini kiyib ko‘rish uchun tayyorlash; ko‘ylakni kiyib ko‘rish va gavdaga moslashtirish; tikish rejasini tuzish va ish tartibi bo‘yicha ko‘ylakni tikish; koketka astarlarini tikib tayyorlash; yoqani tikib tayyorlash; koketkalar va astarlar yelka choklarini tikish, yorib dazmollash; koketka, yoqa va astarni qo‘shib tikib ishlov berish; etak yon qirqimlarini biriktirib tikish va ishlov berish; etakni burmaga yig‘ish va koketkaga ulab ishlov berish; yenglarni tikib tayyorlash; yenglarni yeng o‘mizlariga o‘rnatib ishlov berish; etak qirqimiga ishlov berish; buyumni namlab dazmollash.
Amaliy qaytarish (2 soat). Tayyor bichilgan quyidagi buyumlardan birini tikish.
Mustaqil ish (4 soat). Ovalsimon bichilgan bo‘yin o‘yindiga tayyor qiyama adib bilan ishlov berish (namunada).
Do'stlaringiz bilan baham: |