Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet43/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Amaliy mashg‘ulot. Xo‘jalik asbob va uskunalaridan foydalanish.
O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash (4 soat). Amaliy mashg‘ulot. a) Mevali daraxtlarga shakl berish. Tashqi ko‘rinishi, guli, bargi, mevasi, urug‘larini ko‘paytirish. b) Asbob va uskunalar bilan ishlaganda texnika havfsizligiga amal qilish.
Mustaqil ish va uning sifatini tahlil qilish (5 soat). Amaliy mashg‘ulot. Maktab hovlisida, bog‘ida, issiqxonasida, tomorqada bahorgi mavsumiy ishlar. Bir yillik o‘simliklarni ekish.


Mavzuiy rejalashtirish





Bo‘limlar nomi

Soatlar taqsimoti




Bo‘lim

Yangi mavzu

Mus-lash

Tak-lash




I bo‘lim




DURADGORLIK




1

Kirish darsi

54

2






2

Yog‘och turlari

2






3

Daraxt turlari va ularning mexanikaviy xususiyatlari

2






4

Bo‘laklarni rejalash

2







5

Yog‘ochlarni arralash

2

10 





6

Dastgohda randa bilan ishlash

2







7

Mix va burama mix yordamida biriktirish

1







8

O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash




14 





9

Mustaqil ish berish va sifatini tahlil qilish










II bo‘lim




CHILANGARLIK




1

Kirish darsi

42

2






2

Yupqa po‘lat simlar bilan ishlash

2

 4





3

Tunika bilan ishlash

2

8





4

Egov bilan mahsulotni pardozlash va qum qog‘oz bilan ishlov berish

2

6





5

O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash




14 





6

Mustaqil ish berish va sifatini tahlil qilish










III bo‘lim




KOSIBCHILIK




1

Kirish qismi

60 

2






2

Yelimlash

3

7





3

Tabiiy charmli poyafzallarni tag podoshvasining mayda ta’mirlash ishlari

2

13





4

Oyoq va elektrda boshqariladigan tikuv mashinasi bilan tanishtirish

2

13





5

Tekstil matolar bilan ishlash

2

13







6

Mustaqil ish







3




IV bo‘lim




OBODONLASHTIRISH




1

Kirish qismi

48

1






2

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish madaniyati

2

8





3

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishda ishlatiladigan asbob va uskunalar

2

4





4

Landshaft haqida tushuncha berish

2

6







5

Ko‘p yillik va bir yillik o‘simliklar

2

8







6

Manzarali daraxt va butalar

2

2







7

O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash




4







8

Mustaqil ish va uning sifatini tahlil qilish







5




Jami

204

42

146

16




6-sinf
DURADGORLIK


I Bo‘lim (72 soat)
Kirish darsi (2 soat). Nazariy. O‘quv ustaxonadagi ichki tartib qoidalari va ustaxona jihozlari. Ustaxonada o‘quvchilardan talab qilinadigan qoidalar. Asbob va moslamalarni saqlash bo‘yicha o‘quvchilarning javobgarliklari. Ustaxonani tartibga keltirish. Duradgorlik asboblari bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalarini ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan tushuntirish.
Amaliy mashg‘ulot.
Yog‘ochlardan tayyorlangan xomashyolar (2 soat). Nazariy. Xodalar va ularning saqlash usullari. Xodalarni tiladigan dastgoh, xodalarni tilish yo‘li bilan turli o‘lchamdagi taxtalarni olish. Dumaloq xoda bo‘laklarni o‘lchash, namunaga qarab xodalardan tilingan taxtalarni o‘lchamlarini aniqlash.
Amaliy mashg‘ulot.
Buyum qismlarni yelim yordamida biriktirish (2 soat). Nazariy. Yelimlar haqida. Yelimlarning xususiyatlari.
Amaliy mashg‘ulot. Yelimlash. Kazein va PVA yelimlari.
Fanerdan buyumlar yasash (6 soat). Nazariy. Qilarra bilan ishlash. Qilarrani o‘rnatish. Qilarra bilan ishlashda moslamalardan foydalanish.
Amaliy mashg‘ulot. Bezaklarni arralash tartibi. Buyumning asl nusxasi va chizma asosida ishni rejalashtirish. Bezaklarni faner yuzasiga tushirish.
Taxta va faner yuzasidagi rasmlarni kuydirib bezash (14 soat).
Nazariy. Yog‘ochni kuydiruvchi moslamaning tuzilishi va ishlatilishi (kuydiruvchi moslamalarning turlari). Kuydirish moslamasi bilan ishlash tartibi. Buyum tanlash va qumqog‘ozda sayqal berish. Fanerni kesish tartibi va moslamalar. Buyum yuzasini bo‘yash va loklash. Rasm chiziqlarini kuydirishda texnika xavfsizlik qoidasiga amal qilish.
Amaliy mashg‘ulot. Sabzi taxta yasash. Texnologik xaritaga asosan ishni ketma-ketlik bilan amalga oshirish. Buyum tanlash va rejalashtirish. Kesish. Qumqog‘ozda sayqal berish. Kamchiliklarini bartaraf etish. Kuydirish moslamasidan foydalangan holda, ko‘chirilgan rasmni kuydirish. Bo‘yash va loklash. Buyum yasashda texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
Parmalash asosida buyum qismlariga uya ochish (14 soat).
Nazariy. Parmalash asboblari. Parmalash dastaki (qo‘l) asboblari (kolovorot, drel). Parmalash qo‘l asboblarining qismlari, tuzilishi va uni ishlatilishi. Parmalovchi qo‘l asboblarining tuzilishi va ahamiyati. Parma uchliklari (sverlo) va ularning turlari (spiral, pero va boshqa shakllar). Patronga parma uchliklarini o‘rnatish. Bigizdan foydalanish tartibi.
Amaliy mashg‘ulot. Qalamdon tayyorlash. Bo‘laklarga uyalar ochish. Ochiq va yopiq uyalar. Parmalashda chuqurlikni nazorat qilish. Bo‘laklarga yopiq uyalar ochish. Qalamdonni pardozlash. Parmalashda texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish.
Iskana va randa tig‘larini charxlash (4 soat). Nazariy. Randa va iskana tig‘larini tuzilishi. Bet tomoni, tig‘ orqa, yon va qirqish burchagi haqida. Randa va iskana tig‘larini qo‘lda charxlash usuli. Qum-qayroq, mayda qumli qog‘ozda charxlash va qayroq toshda qirovini tushirish usuli. Randa tig‘ini o‘tkirligini aniqlash. Go‘niya yordamida tekshirish. Charxlash ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish.
Amaliy mashg‘ulot. Randa va iskana tig‘larini charxlash.
To‘rtqirra bo‘laklarni burchak yarim dastabet bog‘lash (19 soat).
Nazariy. Buyumning asl nusxasi va chizma asosida ish jarayonini rejalashtirish.
Amaliy mashg‘ulot. Rom yasash. Buyumning asl nusxasi va chizma asosida ish jarayonini rejalashtirish. Burchakli yarim dastabet birikmalarining qo‘llanilishi. Bo‘laklarni burchakli yarim dastabet yo‘li bilan birlashtirish usullari. Dastgoh iskanjasiga siqib bo‘laklarga ishlov berish. Buyum bo‘laklarini go‘niya yordamida tekshirish. Bo‘laklarni yelim yordamida biriktirish.
O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash (6 soat).
Amaliy mashg‘ulot. Harakatlandigan va harakatlanmaydigan o‘yinchoqlar tayyorlash. O‘yinchoq traktor va yuk tashuvchi mashina va kema yasash. Yirik tishli va mayda tishli qumqog‘ozlardan foydalanish. Parma va otvyortka asboblarni ishlatish. Taxta bo‘lagini dastgox qisqichiga siqish va tayyor dumaloq qilingan yuzalarga egovda ishlov berish. Buyum qismlarini mix, burama mix va yelim yordamida biriktirish. Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish.
Mustaqil ish berish va sifatini tahlil qilish (3 soat). Amaliy mashg‘ulot. O‘yinchoqlar (samolyot, kema) modelini yasash. Chizma va rasmga qarab ishni rejalashtirish. Kesish, randalash va egovlash ishlarini bajarish. Qismlarni biriktirish. Kamchiliklarni bartaraf etish. Pardozlash.


CHILANGARLIK


II Bo‘lim (56 soat)
Kirish darsi (2 soat). Nazariy. Kasb-hunar haqida tushuncha berish. Birinchi chorak ish rejalari bilan tanishtirish. O‘quvchilarning bilim darajalarini sinab ko‘rish va ustaxona tarkibi va xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish.
Amaliy mashg‘ulot.
Tekislikda belgilash ustida ishlash (14 soat). Nazariy.
Amaliy mashg‘ulot. Mahsulotlar: eshik ilgagi, (sirtmog‘i bilan). Haskash yasash, 1,5-2,5mm o‘lchamli po‘latdan rom tavaqalarini ushlab tortish uchun moslama yasash. 1. Ishlatiladigan asboblarni to‘g‘ri charxlanganligini aniqlash. 2. Markazni aniq belgilash, belgilash sirkulini tuzilishi, ish bajarish usuli haqida tushuncha. 3. Belgilashda qo‘shimcha joy qoldirish zarurligi va ahamiyati haqida axborot berish. 4. Aniq o‘lchashning ahamiyati, chiziqlarni aniq chizish, chizg‘ich va moslamalardan to‘g‘ri foydalanish. 5. Belgilash jarayonida ish xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling