Ko‘p yillik gulli va mevali o‘simliklarni qish mavsumiga tayyorlash (12 soat).
Nazariy. Atirgullarni tokqaychi yordamida kesish, qalamcha yoki parxish yo‘li bilan ko‘paytirish. Malina, smorodina, anor, kabi o‘simliklarni tokqaychi, arra yordamida kesish, ko‘mish, qalamcha yoki parxish yo‘li bilan ko‘paytirish usulini tushuntirish.
Amaliy mashg‘ulotlar. Maktab hovlisi va bog‘ida manzarali va mevali daraxt, archa va butalarga shakl berish. Asbob va uskunalardan to‘g‘ri, maqsadli foydalanishga o‘rgatish, asbob va uskunalarni asrash, ish joyini toza tutish. Asbob va uskunalar bilan ishlaganda texnika xavfsizligi qoidalarini takrorlash.
Yerga ishlov berish (14 soat). Nazariy. Yer unumdorligini aniqlash.Yerni shudgorlashning ahamiyati.
Amaliy mashg‘ulot. Maktab hovlisi, bog‘i, tomorqasi, gulzor va daraxtlar tagini belkurak yordamida yumshatish, yerga organik o‘g‘it berish.
Maktab hovlisida mavsumiy ishlar (10 soat). Nazariy. Ko‘chatlar tagini asboblar yordamida chopib yumshatish.
Amaliy mashg‘ulot. Barpo etilgan gulzor, bog‘ va ekin ekilgan tamorqani begon o‘tlardan tozalash. Maysazordagi o‘tlarni azonokasilka yordamida o‘rish. Yangi ekilgan gul ko‘chatlar tagini tesha yordamida chopib yumshatish. Xo‘jalikda ishlatiladigan asboblarni tamirlash.
O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash (12 soat).
Amaliy mashg‘ulot. Xonadagi o‘simliklar va ularni parvarishlash. Xona gullarni o‘stirish, tuvakdan tuvakka ko‘chirish va ko‘paytirsh, xonaki parvarishlash.
Mustaqil ish berish va sifatini tahlil qilish (4 soat).
Amaliy mashg‘ulot. Maktab hovlisida, bog‘ida, issiqxonasida, tomorqada bahorgi mavsumiy ishlar. Bir yillik o‘simliklarni ekish.
Mavzuiy rejalashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |