Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Malaka: tikuv mashinasida oddiy ishlarni bajara olish malakasiga ega bo‘lishlari kerak. 7-sinf


Download 1.22 Mb.
bet49/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Malaka:
tikuv mashinasida oddiy ishlarni bajara olish malakasiga ega bo‘lishlari kerak.


7-sinf
Bilim:
tikuv mashinalari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishlari;
jun tolali gazlamalar xususiyatini bilishlari;
turli shaklda bichilgan bo‘yin o‘yindilariga mos adip bilan ishlov berishlari;
ichki kiyim (tungi ko‘ylak, pijama), lozim kabi liboslarning xususiyatlarini, ularga ko‘yiladigan gigienik talablarni bilishlari va o‘qituvchi yordamida tika bilishlari kerak.
ko‘krakpo‘shtli fartuk kabi buyumlarga qiyama mag‘iz bilan ishlov bera olishlari;
sodda bichimdagi yubkalarga va yengsiz yoqasiz bluzkalarga o‘qituvchi yordamida ishlov bera olishlari;
Ko‘nikma:
tikuv mashinasidagi oddiy nosozliklarni bartaraf qila bilishlari;
gazlamani namlab dazmollash qoidalarini bilishlari;
tikuvchilikda qo‘llanadigan furnitura turlaridan foydalana olishlari;
gavdaning asosiy chiziqlarini, o‘lchov olish va yozish qoidasini bilishlari;
oddiy sodda fasondagi yubka va bluzkani tika olishlari;
bajargan ishini muhokama qila bilishlari;
buyumlarning sodda chizmalarini mustaqil chizishlari;
ish sifatiga e’tibor berishlari.
Malaka:
mashina choklarini mustaqil bajara olishlari;
mustaqil buyum va gavdadan o‘lchov olishlari;
o‘z ishlarini odilona baholay olishlari;
bajarayotgan ishlarini nazorat qila olishlari;
ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishlari;
tikuv mashinasining oddiy nosozliklarini bartaraf eta bilishlari kerak.


8-sinf
O‘qish jarayonida o‘quvchilar quyidagi ko‘nikma, malaka va bilimlarga ega bo‘lishlari kerak:
Bilim:
tabiiy va suniy ipak gazlamalari xususiyatini bilishlari va ularni dazmollay olishlari;
sintetika va aralash gazlamalar xususiyatini bilishlari;
noto‘qima gazlamalarni ishlatish joyini va ularning xususiyatini bilishlari;
kalta yeng turlarini bilishlari va ishlov bera olishlari;
nimcha kabi buyumlarning bort tagligiga ishlov berish usulini bilishlari;
kiyimda moda yo‘nalishini va uslub (siluet)lar haqida bilishlari;
modellashtirish to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishlari;
modellashning sodda yo‘nalishlarini bilishlari;
amaliy jarayonida mustaqil ishlay olishlari;
koketkalar haqida tasavvurga ega bo‘lishlari va ularni asosga qo‘shib tika olishlari;
yeng turlari va manjetlarga ishlov bera olishlari;
qaytarma yoqa va yoqa tagligiga ishlov bera olishlari;
yeng va yoqalarga ishlov bera olishlari o‘qituvchi yordamida;
yengli yoqali ko‘ylak, to‘n, o‘zbekcha koketkali ko‘ylaklarni o‘qituvchi yordamida tika olishlari;
tikuvchilik sexlarining ish faoliyati bilan tanish bo‘lishlari;
mehnat qonunlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari;
gavda tuzilishi va gazlamaga moslab kiyimga nusxa tanlay bilishlari;
milliy libos tarixi va bugungi kundagi o‘rnini bilishlari kerak
Ko‘nikma:
amaliy ish jarayonida mustaqil ishlay olishlari;
tikuv mashinalarida ishlay olishlari;
ish jarayonida sifatiga e’tibor berishlari;
ayollar va bolalar oddiy va sodda bichimdagi buyumlarni tika olishlari.
Malaka:
buyumlarning sodda chizmalarini mustaqil chizishlari;
mashina choklarini mustaqil bajara olishlari;
mustaqil buyum va gavdadan o‘lchov olishlari;
o‘z ishlarini odilona baholay olishlari;
bajarayotgan ishlarini nazorat qila olishlari;
o‘z kamchiliklarini tuzata bilishlari;
ta’mirlash uslublarini bilishlari;
dars vaqtidan unumli foydalana bilishlari;
bajargan ishlarini muxakoma bilishlari kerak.



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling