Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


-sinf O‘qish jarayonida o‘quvchilar quyidagi ko‘nikma, malaka va bilimlarga ega bo‘lishlari kerak


Download 1.22 Mb.
bet50/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

9-sinf
O‘qish jarayonida o‘quvchilar quyidagi ko‘nikma, malaka va bilimlarga ega bo‘lishlari kerak:
Bilim:
tikuvchilik korxonalarida ishni tashkil etish haqida tushunchaga ega bo‘lishlari;
modalar uyi jihozi va mijozlar bilan muomala madaniyatini bilishlari;
yengil sanoatdagi asosiy kasblarni bilishlari;
mehnat qonunlarining asosiy bandlari bilan tanish bo‘lishlari va tikuvchilik kasbining barcha yo‘nalishlarini bilishlari;
amaliy ish jarayonida sodda bichimdagi bolalar va ayollar kiyimlarini tika bilishlari kerak.
Ko‘nikma:
ish jarayonida ish sifatiga e’tibor berishlari;
ayollar va bolalar oddiy va sodda bichimdagi buyumlarni tika olishlari kerak.
Malaka:
o‘z ishlarini odilona baholay olishlari;
bajarayotgan ishlarini nazorat qila olishlari;
o‘z kamchiliklarini tuzata bilishlari;
ta’mirlash usullarini bilishlari;
dars vaqtidan unumli foydalana bilishlari kerak.
5-SINF (208 soat)


I bo‘lim (50 soat)
Kirish darsi (3 soat). Maktabda mavjud bo‘lgan barcha kasblar bilan umumiy tanishtirish, tikuvchilik kasbi haqida suhbat, katta sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan libos va buyumlarni namoyish qilish, maktab tikuvchilik bo‘yicha mehnat ustaxonadagi tartib qoidalar bilan tanishtirish.
Tikuvchilik ustaxonasida ishlaganda zarur bo‘ladigan asbob va moslamalar (10 soat). Igna, qaychi, angishvona, o‘lchov asboblarini saqlash va o‘z ornida ishlatish qoidalari; ish o‘rnini tashkil qilish; texnika xavfsizlik qoidalari: igna bilan ishlaganda, qaychi bilan ishlaganda; tikuvchilik ishi uchun albom va daftar tutish (ishlatish) qoidalari.
Ip bilan ishlash (10 soat). Ip haqida tushuncha; qo‘l mehnati ishiga tayyorlanish: ipning uzunligini aniqlash, ignaga ip o‘tkazish, tuguncha hosil qilish, ipni mustahkamlash; tugma qadash (ikki xil usulda): teshikli tugma tikish, ilgakli tugma tikish.
To‘g‘ri qo‘l qavig‘i (10 soat). Ikki bo‘lak gazlamani bir biriga qo‘shib tikish. To‘g‘ri qaviq bilan orqaga tikish

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling