Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining
Erkaklar milliy libosi–belbog‘ (qiyiqcha, chorsi) yoki qo‘l sochiq (salfetka) (16 soat)
Download 1.22 Mb.
|
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy takrorlash (16 soat).
- Nazorat (kontrol) ish (4 soat).
- Mavzuiy rejalashtirish № Bo‘limlar nomi
- Mashinasozlik (8 soat).
- Gazlamashunoslik. Paxta tolali gazlamalar. (6 soat).
- Tikuv mashinasida bajariladigan choklar (namunada bajariladi) (10 soat).
- Amaliy takrorlash (15 soat).
- Mustaqil ish (3 soat).
- Burmalar, yumshoq va jimjimali taxlamalar (12 soat).
- Beldan taqiladigan dumaloq shakldagi fartuk (18 soat).
Erkaklar milliy libosi–belbog‘ (qiyiqcha, chorsi) yoki qo‘l sochiq (salfetka) (16 soat). Buyumning kelib chiqish tarixi, ishlatish joyi, bezatish usullari va shu kundagi o‘rni; belbog‘ni tikish rejasini tuzish; buyum andaza chizmasini masshtabda chizish; buyum andazasini kerakli kattalikda tayyorlash; andazani gazlamaga joylashtirib bichish; belbog‘ning chetki qirqimlariga yopiq buklama chokida ishlov berish; belbog‘ga kerakli naqshlarni ko‘chirish, milliy kashta xili bilan bezatib tikish.
Amaliy takrorlash (16 soat). Tayyor bichilgan qalam, ruchka, ko‘zoynak va kitob jildlari haqida tushuncha berish; jildini o‘lchamini olish, bichish; jildga ilma, halqa qaviq bilan ishlov berish; jild qopqog‘iga bezak chokda gul tikish (buyum xohishga ko‘ra tanlanadi va sukno,drap,charm gazlamalardan bajariladi). Belbog‘ qirqimlariga buklama chokda ishlov berish. Nazorat (kontrol) ish (4 soat). Mashina choklarini namunada bajarish: bir tomonga qaratib dazmollangan oddiy biriktirma chok; ikki tomonga ochib dazmollangan biriktirma chok; buklama choki (chok turi xohishga ko‘ra tanlanadi).
6-sinf (278 soat) I bo‘lim (68 soat) Kirish darsi (4 soat). Guruhni tashkil etish, o‘quvchilarning vazifalarini bo‘lib berish. Birinchi chorak mobaynida bajariladigan ish rejasi bilan tanishtirish. Asbob-uskunalarni ishga tayyorlash. Mashinasozlik (8 soat). Baxya va baxyaqator (mashina choklari); tikuv mashinasini yurgizuvchi mexanizmlar, ustki ipni tortib beruvchi rostlagichning tuzilishi; tikuv mashinasini parvarishlash; moki to‘plamining tuzilishi, mokidon to‘plamini yechish va yig‘ish qoidasi; mashina chokidagi kamchiliklar va ularni bartaraf qilish; tikuv mashinasi bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi qoidalari; mashina chokini mustahkamlovchi moslama. Chokni mustahkamlash; ip tanlash qoidasi, mashina ignasi va uni o‘rnatish. Gazlamashunoslik. Paxta tolali gazlamalar. (6 soat). Paxta. Paxta tolali gazlamaning olinishi; paxta tolali gazlamalarning to‘qilishi: asosiy va arqoq ip, gazlama bo‘yi, eni, milki; paxta tolali gazlamaning xususiyati. Gazlama qirqimi turlari (6 soat). Gazlamaning turi va xususiyatlari (cho‘ziluvchanligi, titiluvchanligi); gazlama xususiyatiga ko‘ra qirqimiga ishlov berish (namunada bajariladi). Tikuv mashinasida bajariladigan choklar (namunada bajariladi) (10 soat). Biriktirma chok; ag‘darma chok; ochiq qirqimli buklama chok; yopiq qirqimli buklama chok. Qopqoqli yostiq jildi (avra) (16 soat). Yotoq anjomlarining turi, ishlatish joyi, unga qo‘yiladigan gigiyenik talablar va ishlatiladigan gazlamalar; jild uchun o‘lchov olish va chizma chizish; yostiq jildining andazasini tayyorlash, gazlamaga joylashtirish, chok haqi berish va bichish; tikish rejasini tuzish; ko‘ndalang qirqimlarini buklama chokda tikish; jildni yon qirqimlariga ag‘darma chokda ishlov berish; buyumni dazmollash va standart bo‘yicha taxlash. Amaliy takrorlash (15 soat). Buyum: xohishga ko‘ra va imkoniyatdan kelib chiqqan holda tanlanadi va tikish rejasi tuziladi (xo‘jalik sumkasi, ag‘darma va to‘g‘ri choklarni qo‘llagan holda yostiq jildi); bajarilgan buyumni kashta yoki applikatsiya usulida bezatish tavsiya etiladi. Mustaqil ish (3 soat). Namunada mashina chokini bajarish: ag‘darma chok. II bo‘lim (62 soat) Mag‘iz turlari (12 soat). Bo‘yiga, ko‘ndalang va qiyiq olingan mag‘izlar; ko‘ndalang va bo‘ylama mag‘izlarni bichish va gazlama qirqimga ishlov berish; qiyiq mag‘izni bichish, ulash va gazlama qirqimga ishlov berish; gazlamaning aylana qirqimga ikki qavatli qiyiq mag‘izda ishlov berish. Burmalar, yumshoq va jimjimali taxlamalar (12 soat). Burmalar haqida ma’lumot; qo‘l choki va mashina usulida burmalar hosil qilish; yumshoq taxlamalar haqida ma’lumot: ikki tomonga qaragan taxlamalar uchun gazlama sarfini aniqlash va belgi qo‘yish. Namunada yumshoq taxlamalarni bajarish. Beldan taqiladigan dumaloq shakldagi fartuk (18 soat). Fartuk turlari, ishlatish joyi va qo‘llaniladigan gazlama turlari. Fartuk uchun o‘lchov olish. Masshtabda chizmasini chizish. Katta o‘lchamda andaza tayyorlash. Gazlamaga andazani joylashtirish va bichish. Tikish rejasini tuzish. Fartuk yon va etak qirqimlariga ikki qavatli qiyama mag‘izda ishlov berish. Belbog‘ini tayyorlash. Fartuk tepa qirqimini burmaga yig‘ish va belbog‘ bilan ishlov berish. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling