Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet56/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Amaliy takrorlash (8 soat). Maktab imkoniyati va sharoitga ko‘ra tayyor bichilgan bosh kiyimi yoki fartuk tikish.
Nazorat ish (6 soat). Tayyor bichilgan bolalar bosh kiyimi. Yoz fasliga mo‘ljallangan bo‘z gazlamadan do‘ppi yoki kichkintoylar panamasi (soyabonli qalpoqcha)ni tikish.



Mavzuiy rejalashtirish





Bo‘limlar nomi

Soatlar taqsimoti


Jami

Yangi mavzu

Amaliy mashg‘ulot

Mustaqil ish

1

Kirish

68

2

2




2

Mashinasozlik

2

6




3

Gazlamashunoslik (paxta tolali gazlamalar)

2

4




4

Gazlama qirqimi turlari

2

4




5

Tikuv mashinasida bajariladigan choklar (namunada bajariladi)




10




6

Qopqoqli yostiq jildi (avra)

2

14




7

Amaliy takrorlash




15

3

8

Mag‘iz turlari

62

2

10




9

Burmalar, yumshoq va jimjimali taxlamalar

2

10




10

Beldan taqiladigan dumaloq shakldagi fartuk

2

16




11

Amaliy takrorlash




16

4

12

Zig‘ir tolali gazlamalar

82

2

6




13

Mashina choklari

1

7




14

Tikuvchilik buyumlaridagi burchaklarga ishlov berish

2

10




15

Bolalar ko‘rpa g‘ilofi (pododeyalnik)ni tikish

2

18




16

Amaliy takrorlash




28

6

17

Tagdo‘zi to‘ldirib tikilgan kashta

66

2

14




18

Chaqaloqlar kiyimi

2

18




19

Yoz mavsumiga mo‘ljallangan milliy va zamonaviy bosh kiyimlar

2

14




20

Amaliy takrorlash




8

6

Jami

278

29

230

19

7-sinf (340 soat)


I bo‘lim (80 soat)
Kirish (4 soat). Yilllik va chorakda qilinadigan ish rejasi bilan tanishtirish. Ustaxonadagi ishlarni taqsimlash va ish joyini biriktirish. Tikuv mashinasini va barcha asboblarni ishga tayyorlash. Ustaxonada ishlaganda ehtiyot choralarini takrorlash.
Universal va maxsus tikuv mashinalari (12 soat). Tikuv mashinalarining ehtiyot qismlari va moslamalari; kichik mexanizatsiya xizmati; tikuv mashinasida ishlash xavfsizlik qoidalari; tikuv mashinalarida uchraydigan kamchiliklar; kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar; tikuv mashinasini moylash qoidasi.
Cho‘ntaklar (18 soat). Cho‘ntak turlari, nusxalari va ishlatish maqsadi; cho‘ntak qirqimi nomlari va tikish usullari; namunada cho‘ntak tikish; to‘g‘ri to‘rt burchakli cho‘ntak; yumaloq qopqoqli cho‘ntak yoki shakldor cho‘ntak.
Ko‘krakpo‘shtli fartuk (30 soat). Buyum: alohida yoki yaxlit bichilgan ko‘krakpo‘shtli fartuk (xohishga ko‘ra); fartukning ishlatilish joyi va nusxa (fason)lari; ishlatilish joyiga qarab fartukka mos gazlama va bezak tanlash; inson qomatining asosiy nuqtalari; fartukni tayyorlash ish rejasini tuzish; fartuk uchun o‘lchov olish qoidasi; fartuk chizmasini chizish (masshtabda); fartuk chizmasini chizish (kerakli kattalikda); gazlamani bichishga tayyorlash. Tayyorlangan andazani gazlamaga joylashtirish va bichish; fartukni tikish; bo‘yin tasmalarini tikish; bo‘yin tasmalarini ko‘krakpo‘sht bilan qo‘shib tikish; cho‘ntaklarga ishlov berish; etakning yon va pastki qirqimlarini bukib tikish; cho‘ntaklarni etakka bostirib qo‘shib tikish; belbog‘ni tikish; etakning ustki qirqimiga ishlov berish; fartuk bo‘laklarini belbog‘ bilan qo‘shib tikish; buyumni dazmollash va standart bo‘yicha taxlash.
Amaliy takrorlash (22 soat). Byum: fartuk, cho‘ntak, qo‘l sochiq komplekti (4 yoki 6)ni xohishga ko‘ra tikish va uni kashta tikib bezatish; yoki xohishga ko‘ra boshqa buyum tikish.
Mustaqil ish (4 soat). To‘g‘ri to‘rtburchakli yoki dumaloq shaklida bichilgan cho‘ntakga ishlov berish (namunada).


II bo‘lim (78 soat)
Tikuvchilikda tayyor bezakning qo‘llanilishi (10 soat). Tayyor zamonaviy bezaklar turlari: to‘r (krujeva)lar, turli kenglikdagi lenta, tasma va jiyaklar turlari, turli shakldagi applikatsiya va boshqa bezak turlari haqida keng tushuncha berish;.namunada gazlama qirqimiga ishlov berish va tor (krujeva)ni ulab tikish; namunada gazlama qirqimiga buklama chokda ishlov berish va ustidan tayyor tasmani bostirib tikish; namunada tayyor applikatsiya shaklini gazlamaga joylashtirib tikish;
Turli shakldagi bo‘yin o‘yindiga bichiqqa mos adip bilan ishlov berish (14 soat). Namunada bajariladi: bo‘yin o‘yindisi shaklining turlari va ularga mos adip bilan ishlov berish usullari; o‘yindiga mos adip bichish qoidasi. Bo‘yin o‘yindisi turlariga namunada ishlov berish: a) ovalsimon (dumaloq) shaklida bichilgan bo‘yin o‘yindisiga o‘z shakliga mos bichilgan adib bilan ishlov berish; b) uchburchak shaklida bichilgan bo‘yin o‘yindisiga o‘z shakliga mos bichib olingan adip bilan ishlov berish; c) to‘rtburchak (kvadrat) shaklida bichilgan bo‘yin o‘yindisiga o‘z shakliga mos bichib olingan adib bilan ishlov berish.
Tungi ko‘ylak (30 soat). Buyum: tungi ko‘ylak yoki yelkasi choksiz tungi ko‘ylak (xohishga ko‘ra bo‘yin o‘yindisiga tayyor bezak turi bilan ishlov beriladi); fason tushunchasi; turli nusxadagi tungi ko‘ylaklar, ishlatiladigan gazlamalar, qo‘llaniladigan bezak turlari; maktab yoshidagi qizlarning o‘lchamlari (bichimlari), o‘lchov olish, yozish; tungi ko‘ylakning chizmasini masshtabda chizish; kerakli kattalikda chizma chizish va andaza tayyorlash, kontur chiziqlarni chizish; gazlamani bichishga tayyorlash, andazani gazlamaga joylashtirish, chok haqini qoldirib bichish; tungi ko‘ylakni tikish rejasini tuzish va shu rejaga asosan tikish; bo‘yin o‘yindisiga adib bilan ishlov berish; tungi ko‘ylakning yon qirqimlariga ishlov berish; tungi ko‘ylakning yeng qirqimlariga ishlov berish; etak qirqimiga ishlov berish; tayyor tungi ko‘ylakni dazmollash va standart bo‘yicha taxlash.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling