Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet59/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Amaliy takrorlash (7 soat). Maktab sharoiti va imkoniyatga ko‘ra buyum tayyorlash; tanlangan buyumga ko‘ra tikish rejasini tuzish va shu rejaga asosan ishlov berish.
Nazorat (Kontrol) ish (3 soat). Namunada bir tomonga qaratib dazmollangan taxlamalarni bajarish.

Mavzuiy rejalashtirish



Bo‘limlar nomi

Soatlar taqsimoti


Jami

Yangi mavzu

Amaliy mashg‘ulot

Mustaqil ish

1

Kirish

80

2

2




2

Universal va maxsus tikuv mashinalari

2

10




3

Cho‘ntaklar

2

16




4

Ko‘krakpo‘shtli fartuk

2

28




5

Amaliy takrorlash


12

4

6

Tikuvchilikda tayyor bezakning qo‘llanilishi

78

2

8


7

Turli shakldagi bo‘yin o‘yindiga bichiqqa mos adip bilan ishlov berish

2

12


8

Tungi ko‘ylak

2

28


9

Zamonaviy qizchalar lozimi yoki pijama shimi

2

16


10

Amaliy takrorlash


4

2

11

Gazlamashunoslik

104

2

6


12

Tikuvchilikda qo‘llaniladigan qo‘shimcha ashyolar

2

12


13

Izma turlari

2

12


14

Kiyim va buyum bezaklari. Qiyama mag‘izlar

2

8


15

Yubkalar haqida ma’lumot. Xohishgaga ko‘ra tanlangan bichimdagi yubkani tikish

4

38


16

Amaliy takrorlash


12

4

17

Konussimon “Quyosh” bichiqli yubkalar

78

2

14


18

Klinli yubkalar

2

12


19

Kiyim haqida tushuncha

2

2


20

Yengsiz va yoqasiz bluzka erkin bichimda

4

30


21

Amaliy takrorlash


7

3

Jami

340

38

289

13



8 sinf (340 soat)


I bo‘lim (80 soat)
Kirish darsi (2 soat). Guruhni tashkil etish, vazifalarni taqsimlash, yillik va birinchi chorak ish rejasi bilan tanishtirish; tikuv mashinasi va asboblarni ishga tayyorlash.
Qaviq va qaviqqatorlar (8 soat). Amaliy ish. Namunada bajarish: qiya sirma qaviq; yorma qaviq, qiya qaviqlar; yashirin qaviqlar; iroqisimon biriktirma; solqi (nusxalama); tepchima, qaviqlar; xalqa va boshqa qo‘l qaviqlarni bajarish.
Mashina choklarga bo‘lgan texnik talablar (6 soat). Quyidagi choklarni namunada bajarish: biriktirma chok va ag‘darma chok; buklama chok va bostirma chok.
Gazlamashunoslik (12 soat). Tabiiy ipak gazlamalarning olinishi va xususiyati: pishiqligi; g‘ijimlanishi, tovlanishi, kirishuvchanligi, sitiluvchanligi, yumshoqligi va h.k; sun’iy ipak gazlamalarning ishlab chiqarilishi va xususiyati: asetat, viskoza. Sun’iy ipak gazlamalarning hozirgi kundagi o‘rni; sintetika gazlamalari: kapron, lavsan, nitron va ularning xususiyati; gazlamalar haqida qo‘shimcha ma’lumot; o‘rish va arqoq iplar, kuydirish, yuzani silliqlash, qaynatish, oqartirish, bo‘yash va h.k; tabiiy va kimyoviy tolalarni aralashtirib to‘qilgan gazlamalar va ularda uchraydigan nuqsonlar; zamonaviy aralash gazlamalar xususiyati, hozirgi kundagi o‘rni va ishlatilish joyi; noto‘qima gazlamalar, ularning ishlab chiqarilishi, ishlatish joyi, xususiyatlari,flizelin.
Namlab dazmollash haqida umumiy tushuncha (4 soat). Dazmollash qoidalari, dazmol taxta; namlab dazmollash usullari (terminalogiyasi).
Yenglar (20 soat). Yenglar to‘g‘risida ma’lumot, yeng fasonlari, yeng uchun o‘lchov olish va yozish; yeng chizmasini chizish; uzun va kalta yeng andazasini tayyorlash; kalta yengni modellash bo‘yicha amaliy ishlarni bajarish; kalta yengning pastki qirqimiga ishlov berish usullari bo‘yicha amaliy ishlarni bajarish (namunada bajarish): taqilmali manjet bilan; ag‘darma manjet bilan; rezinka tasmasi bilan.
Yoqa o‘yindisidagi kalta taqilmalarga ishlov berish (12 soat). Kalta taqilmalar haqida tushuncha berish; amaliy ish: qirqma taqilmaga ishlov berish.
Yoqasiz ko‘ylakning yoqa o‘yindisini modellash (12 soat). Modellash qoidasi bo‘yicha tushuncha berish; namunada yoqasiz ko‘ylak yoqa o‘yindisiga o‘z shaklidagi adib bilan ishlov berish: dumaloq shakldagi, uchburchak shakldagi, to‘rtburchak shakldagi va shakldor ko‘rinishdagi.
Mustaqil ish (4 soat). Gazlama qoldiqlaridan (quroq ulash uslubi bo‘yicha) qozon tutqich tayyorlash.


II bo‘lim (78 soat)
Kiyim bichimlari (siluetlari) haqida tushuncha (10 soat). Kiyim (ko‘ylak) bichimlari haqida tushuncha; to‘g‘ri bichiqli ko‘ylak asosiga ko‘ra quyidagi ishlarni bajarish: a) yaxlit bichilgan to‘g‘ri bichiqli ko‘ylakning andazasini tayyorlash; b) yaxlit bichilgan xipcha belli (prilegayushiy) ko‘ylak andazasini tayyorlash (bel vitochkalarini kiritish); v) yaxlit bichilgan etagi kengaygan bichimdagi (trapetsiya) ko‘ylak andazasini tayyorlash.
Asos ko‘ylak andazasini modellash (8 soat). Yaxlit bichiqli ko‘ylak asos andazasiga quyidagi fasonlarni kiritish (modellash): a) yaxlit bichiqli, keng siluetli yengsiz ko‘ylak. Ko‘krak vitochkasi yon tomonda joylashgan, yoqa o‘yindisi uchburchak shaklidagi ko‘ylak andazasini tayyorlash; b) yaxlit bichiqli xipcha belli siluetdagi ko‘krak vitochkasi yon tomonga joylashgan. Yoqa o‘yindisi dumaloq shaklda kattalashtirib o‘yilgan, orqa va oldi bo‘laklarda bel chizig‘ida vitochkalar joylashgan ko‘ylak andazasini tayyorlash;.v) Yaxlit bichiqli o‘rtacha torlikda olingan, kalta yaxlit yengli ko‘ylak andazasini tayyorlash.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling