Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Zamonaviy qizchalar lozimi yoki pijama shimi (18 soat)


Download 1.22 Mb.
bet57/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Zamonaviy qizchalar lozimi yoki pijama shimi (18 soat). Buyumlar haqida tushuncha berish, tanlangan buyum uchun o‘lchov olish; buyum chizmasini chizish va andazasini tayyorlash; gazlamani bichishga tayyorlash, andazani joylashtirish va buyumni bichish. Tanlangan buyumni tikish ish rejasini tuzish va rejaga asosan tikish: a) og‘ qirqimlariga ishlov berish; b) o‘rta qirqimlariga ishlov berish; v) yuqori qirqimlariga ishlov berish; d) pocha qirqimlariga ishlov berish; g)dazmollash va beliga rezina o‘tqazish.
Amaliy takrorlash (4 soat). Bo‘yin o‘yindisiga bichiqqa mos adib bilan ishlov berish (namunada).
Mustaqil ish (2 soat). Gazlamani ochiq qirqimiga tayyor torni qo‘shib tikish (namunada).


III bo‘lim (104 soat)
Gazlamashunoslik. Jun gazlamalar (8 soat). Tabiiy tola turlari, jun gazlama, jun tolasining xususiyati; yarim jun gazlamalar; jun va yarim jun gazlamalarni namlab dazmollash qoidasi; jun va yarim jun gazlamalardan namunalar tayyorlash (amaliy ish).
Tikuvchilikda qo‘llaniladigan qo‘shimcha ashyolar (14 soat). Furnitura turlari haqida ma’lumot; taqilmaga molniya tasmasini tikish (namunada); namunada ilgak, piston (knopka) tikish; turli bezak (tasma, krujevo, jimjimali lenta, tayyor xoshiya) vositalar bilan ishlov berilgan namunalar tayyorlash.
Izma turlari (14 soat). Izmalar turlari va ularning vazifasi haqida ma’lumot; izma tayyorlashda tugma diametrini inobatga olish; ipdan havoyi izma tayyorlash (amaliy ish); namunada yo‘rmalangan qirqma izmani tikish (amaliy ish).
Kiyim va buyum bezaklari. Qiyama mag‘izlar (10 soat). Gazlama qirqimga bir qavatli qiyama mag‘iz bilan ishlov berish (namunada); gazlama qirqimga ikki qavatli qiyama mag‘iz bilan ishlov berish (namunada).
Yubkalar haqida ma’lumot. Xohishga ko‘ra tanlangan bichimdagi yubkani tikish (42 soat). To‘g‘ri bichimdagi ikki chokli yubka, klinli, skladkali va boshqa turlicha bichimdagi yubkalar nusxalari haqida tushuncha berish; yubka uchun ishlatiladigan gazlama turlari. Yubka uchun o‘lchov olish va yozish; to‘g‘ri bichimdagi yubka chizmasini chizish va andazasini tayyorlash; modellashtirish haqida ma’lumot (xohishga ko‘ra tanlangan yubka fasoni bo‘yicha chizmalarini tayyor to‘g‘ri yubka andazasiga kiritib modellashtirish va ularni tahlil qilish); qo‘sh etakli yoqi taxlamali yubkani modellashtirish va andazasini tayyorlash; orqa bo‘lakning o‘rta chokida bir tomonga qaratilgan taxlama (skladka)li yubka andazasini tayyorlash; old bo‘lagida bir biriga qaragan taxlamali yubka andazasini tayyorlash; old bo‘lagida ikki qarama qarshi taxlamalar joylashgan yubka andazasini tayyorlash; tanlangan yubka uchun gazlama sarfini aniqlash;
Namunada bajarish: bir tomonga qaratib dazmollangan taxlamalar; ikki tomonga qaratib dazmollangan taxlamalar; bir-biriga qaratilgan taxlamalar; belbog‘ni asosga ulab tikish; etakka shakldor qaviqda ishlov berish; etak qirqimini yashirin qaviqda tikish; gazlamani bichishga tayyorlash; yubka andazasini gazlamaga joylashtirish va bichish; yubkaning bichilgan bo‘laklarini kiyib o‘lchab ko‘rish uchun tayyorlash, yubkani kiyish, xatosini to‘g‘rilash va tikish uchun tayyorlash; tanlangan fasondagi yubkani tikish rejasini tuzish; tikish bo‘yicha amaliy ishlar (to‘g‘ri bichimdagi yubka uchun): vitochkalarga ishlov berish; yeng qirqimlariga ishlov berish (molniya tasmasi bilan birga); belbog‘ni tayyorlash; yuqori qirqimiga ishlov berish; yetak qirqimiga ishlov berish; tayyor buyumni namlab-dazmollash.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling