Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet58/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Amaliy takrorlash (12 soat). Xohishga ko‘ra tanlangan fasondagi tayyor bichilgan yubkani tikish yoki tungi kiyim komplektidan bittasini tikish; tikish rejasini buyum fasoniga qarab tuzish.
Mustaqil ish (4 soat). Namunada yubka etagiga ishlov berish (ko‘rinmas qo‘l chokida yoki tikuv mashinasida buklama chokda).


IV bo‘lim (78 soat)
Konussimon “Quyosh” bichiqli yubkalar (16 soat). Konussimon (quyosh) bichiqli yubkalar haqida ma’lumot: quyosh yoki yarim quyosh bichiqli yubka uchun o‘lchov olish; yubka chizmasini chizish va andazani tayyorlash; chok haqini belgilash va bichish; buyumni kiyib o‘lchash uchun tayyorlash; kiyish, o‘lchash, kamchiligini to‘g‘rilash; xohishga ko‘ra quyosh, yarim quyosh yubka tikish rejasini tuzish va shu rejaga asosan buyumni tikish; yon qirqimlariga ishlov berishda xohishga ko‘ra molniya tasmasini o‘rnatish (yoki belbog‘iga rezinka o‘tqazish); belbog‘ni tayyorlash va o‘rnatish; etagiga ishlov berish; namlab dazmollash.
Klinli yubkalar (14 soat). Klinli yubkalar haqida tushuncha berish; klinli yubka uchun o‘lchov olish; klin chizmasini chizish va andazasini tayyorlash; andazani gazlamaga joylashtirish va bichish; kiyib o‘lchash uchun tayyorlash; kiyish, o‘lchash, kamchiligini to‘g‘rilash; yubka tikish rejasini tuzish shu rejaga asosan buyumni tikish; klinlarni bir biriga ulab tikish va qirqimlariga ishlov berish; molniyani o‘rnatish (yoki rezinka o‘tqazish); belbog‘ni tayyorlash va o‘rnatish; etagiga ishlov berish; namlab dazmollash.
Kiyim haqida tushuncha (4 soat). Kiyimga qo‘yiladigan talablar. kiyimga gazlama tanlash va bichish qoidasi; maneken bilan ishlash; gavdadan o‘lchov olish va fasonga asosan gazlama tanlash.
Yengsiz va yoqasiz bluzka erkin bichimda (36 soat). Bluzkalar haqida ma’lumot; to‘g‘ri bichimdagi (fasondagi) bluzkaga olinadigan o‘lchovlar; to‘g‘ri bichimdagi bluzka chizmasini chizish va andazasini tayyorlash; modellash haqida qisqacha tushuncha; ko‘krak vitochkasini modellash bo‘yicha amaliy ishlar; gazlama sarfini aniqlash va gazlamani bichishga tayyorlash; to‘g‘ri fasondagi bluzka andazasini gazlamaga joylashtirish, chok haqi qoldirib bichish; bichilgan bluzka bo‘laklarini kiyib o‘lchab ko‘rish uchun tayyorlash, kiyib ko‘rish va xatosini to‘g‘rilab tikish uchun tayyorlash; bluzkani tikish rejasini tuzish va rejaga asosan buyumni tikish: vitochka va yelka choklariga ishlov berish, yon choklariga ishlov berish, yoqa o‘yindisiga ishlov berish, yeng o‘mizlariga ishlov berish, etak qirqimiga ishlov berish, tayyor buyumni namlab dazmollash.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling