Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet51/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Dazmol (3 soat). Elektr dazmolning tuzilishi; dazmol qilish uchun ish joyini tashkil qilish; dazmoldan foydalanganda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
Amaliy qaytarish (12 soat). Igna sanchgich tikish. Qo‘l chokida to‘g‘ri burchak shaklidagi qozon tutqichni tikish.
Mustaqil ish (2 soat). Namunada ikki bo‘lak gazlamani bir biriga qo‘shib tikish.


II bo‘lim (46 soat)
Chizma chizish qoidalari (8 soat). Chizmalar: ustaxonada bor bo‘lgan chizma va buyumlarni namoyish qilish; chizma chizish vaqtida ish joyini tashkil qilish; nuqtalar, kesmalar va o‘lchovni belgilash, to‘g‘ri va egri chiziq; tutash chiziqlar: asosiy, yordamchi va shtrixli, ularning ishlatish joyi, vertikal va gorizontal chiziqlar; burchak turlari–to‘g‘ri, o‘tkir va o‘tmas burchaklar; santimetrli tasma (lenta); masshtab; masshtabli chizg‘ich; kesmani teng bo‘lakga bo‘lish.
To‘rtburchak shaklidagi xaltachani tikish (10 soat). To‘rtburchak shaklida bichilgan xaltachani to‘g‘ri qo‘l qaviqda tikish. Xaltachaga to‘g‘nog‘ich yordamida tayyor tasmadan bog‘ich o‘tkazish.
Gazlama parchalari bilan ishlash (18 soat Amaliy). Buyum: qozon ushlagich, choynak tagligi, quroq bolish yoki yostiqcha, choynak yopqich (buyum xohish va imkoniyatga ko‘ra tanlanadi). O‘lchov asboblari, to‘g‘ri va uchburchakli chizg‘ichlar. Kesma burchaklarni hosil qilish. Qog‘ozda geometrik shaklni chizish va qaychi bilan qirqish. Gazlamani rangi va xiliga qarab tanlash. Shablonlarni gazlamaga joylashtirish va qirqish; Qirqib olingan nusxa shablonini gazlamaga joylashtirish va kerakli sonda quroq bo‘laklarini qirqish. Quroq bo‘laklarini joylashtirish usuli. Quroq bo‘laklarini ulash. Buyumni kerakli shaklda yig‘ish. Oxirgi bezak ishlari (vazifa qo‘l chokida bajariladi). Bog‘ichni o‘ngiga ag‘darish va chetlari bo‘yicha bezak choki tikish.
Amaliy takrorlash (8 soat). Xohishga ko‘ra xaltacha, meditsina niqobi, igna sanchgich yoki qozon tutqich tikish.
Mustaqil ish (2 soat). Tayyor bichilgan qozon tutqichni tikish.



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling