Respublika ta'lim markazi “umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun


-MAVZU. Asoslar tarkibi, tuzilishi, nomlanishi va toifalanishi


Download 6.01 Mb.
bet11/46
Sana23.10.2023
Hajmi6.01 Mb.
#1716734
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
Bog'liq
kimyo tavsiya to\'liq

5-MAVZU. Asoslar tarkibi, tuzilishi, nomlanishi va toifalanishi.
Yangi mavzu davomida o‘rganiladigan tushunchalar:
*asoslar *gidroksil guruh *ishqorlar *amfoter gidroksidlar
Yangi mavzuga zamin tayyorlash:
Qurilishdagi ba’zi ishlarda, shaxsiy hovlida, maktabda daraxtlarni oqlash uchun ohak (kalsiy oksidi CaO) suv bilan aralashtiriladi. Bunday holatda kimyoviy reaksiya yuzaga keladi va so‘ndirilgan ohak hosil bo‘ladi. Bu reaksiyada issiqlik ajraladi, asos hosil bo‘ladi.
Bunda jarayon quyidagi kimyoviy reaksiya asosida boradi: СаО + Н2О = Са(ОН)2
Bu ma’lumotlar bilan siz 7-sinf kimyo kursida “Suvning oksidlar bilan o‘zaro ta’siri” mavzusini o‘rganish jarayonida tanishgansiz.Aynan noorganik birikmalarning asosiy sinflari- oksidlar hamda kislotalar haqidagi bilimlarga ega bo‘lgansiz.Bugun siz bilan yana bir yangi toifadagi moddalar bilan tanishamiz.

Chinni tigelga kalsiy karbonat(ohaktosh)bo‘lakchalaridan ozgina
solamiz va uni spirt lampasi alangasida 10 daqiqa qizdiramiz.
Tigel sovugach,unga 10 ml distillangan suv solamiz hamda
shisha tayoqcha bilan aralashtiramiz. Hosil bo‘lgan eritmaga
lakmus qog’ozini botiramiz .
Lakmus qog’oz rangi qanday o‘zgardi?
Ular bilan tanishishdan oldin sizlar bilan bir tajribani bajarib olamiz:



Savol: Lakmus qog’ozi rangida qanday o‘zgarish kuzatdingiz?
Tajriba asosning hosil bo‘lishi bilan izohlanadi hamda yangi mavzuni tushuntish boshlanadi.
Yangi mavzuga tegishli ma’lumotlar quyidagi tartib hamda ketma-ketlikda izohlanadi:
Asoslarning tarkibi:
Noorganik birikmalarning barcha sinflarining o‘zaro ta’sirlashuvi mahsuloti tuzlar ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak,ularning hosil bo‘lishida tarkibida metall atomlari va – OH guruhni saqlagan moddalar asosiy hisoblanadi. Ularning deyarli barchasi kislotalar bilan ta’sirlasha oladi hamda hosil bo‘ladigan tuzning asosini tashkil qiladi. Shu sabab bu toifadagi moddalar asoslar
deb nomlanadi.


Download 6.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling