Respublika ta'lim markazi “umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun


Xulosa: Birikish reaksiyalari – ikki yoki undan ortiq moddalardan ancha murakkab boʻlgan yangi modda olinadi. Nazorat savollari


Download 6.01 Mb.
bet9/46
Sana23.10.2023
Hajmi6.01 Mb.
#1716734
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
Bog'liq
kimyo tavsiya to\'liq

Xulosa: Birikish reaksiyalari – ikki yoki undan ortiq moddalardan ancha murakkab boʻlgan yangi modda olinadi.
Nazorat savollari:
1. Birikish reaksiyaga ikkita misol keltiring va kimyoviy tenglamasini yozing.
2. Qanday moddalar oʻzaro birikib, bitta yangi modda hosil qiladi?
3-tajriba. Parchalanish reaksiyasi
Ishning borish tartibi:
1. Mis gidroksikarbonatni probirkaga soling.
2. Probirkani gaz chiqaruvchi nayli rezina tiqin bilan yoping.
3. Probirkani probirka isitgichga yoki ostiga spirt lampasini qoʻying va qizdiring.
4. Gaz chiqaruvchi naycha uchini birinchi tajribada olingan rangsiz eritma Ca(OH)2 boʻlgan probirkaga tushiring.
4. Mis gidroksikarbonatli probirkaning pastki qismida oʻzgarishlar sodir boʻladi: yashil kukun qora rangga aylanadi (mis (II) - oksidi).
5. Ushbu probirkaning devorlarida suv tomchilarining hosil boʻlishi kuzatiladi.
6. Ikkinchi probirkadagi rangsiz eritma sutday oq rangga aylanadi.
7. Agar qizdirilgan probirkaning gaz chiqaruvchi naychasi uchiga yonayotgan gugurt olib kelsa, u oʻchib qoladi.
8. Shunday qilib, probirkada karbonat angidrid CO2 gazi hosil boʻlganligini aniqlashingiz mumkin.
9. Reaksiyalar tenglamasini davom ettiring:
(СuOH)2CO3
CO2 + Ca(OH)2
Xulosa: Parchalanish reaktsiyalari - bu murakkab moddadan ikki yoki undan ortiq moddalar olinadigan kimyoviy reaktsiyalardir.
Nazorat savollari:
1. Parchalanish reaksiyasiga ikkita misol keltiring va reaksiya tenglamalarini yozing.
2. Agar qizdirilgan probirkaning gaz chiqaruvchi naychasi uchiga yonayotgan gugurt olib kelsa, u oʻchib qoladi. Buning sababibi tushuntiring.
3. Mis gidroksikarbonatli probirkaning pastki qismida oʻzgarishlar sodir boʻladi va yashil kukun qora rangga aylanadi bunda qanday jarayon amalga oshadi? Reaksiya tenglamasi asosida izohlang.

Download 6.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling