Respublika ta'lim markazi “umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun


Download 6.01 Mb.
bet1/46
Sana23.10.2023
Hajmi6.01 Mb.
#1716734
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
kimyo tavsiya to\'liq




MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI
VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA'LIM MARKAZI

UMUMIY O‘RTA TA'LIM MAKTABLARI UCHUN
2023-2024-O‘QUV YILIGA MO‘LJALLANGAN
TAYANCH O‘QUV REJA”GA MUVOFIQ
KIMYO FANIDAN 8-, 11-SINFLARDA
DARSLARNI TASHKIL
ETISH BO‘YICHA TAVSIYALAR



TOSHKENT-2023


Ushbu qo‘llanmadan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-maydagi 125-son buyrug‘i “Umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja”ga muvofiq kimyo fanid 8-sinflarda 12 soat, 11-sinflarda 14 soatuzviylikni taʻminlash va qo‘shimcha ravishda foydalanish maqsadida tayyorlandi.
Shuningdek, bu tavsiyadan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 213-sonli buyrug‘iga asosidagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida variativ o‘quv rejalarini joriy etish bo‘yicha tavsiya” sida belgilab qo‘yilgan tartibga muvofiq kimyo fani chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida 2023-2024 o‘quv yilida kimyo fani yo‘nalishi bo‘yicha variativ o‘quv rejalar asosida o‘qitiladigan sinflar ham ijodiy yondoshgan holda foydalanishlari mumkin.


TUZUVCHILAR:
Sevara Xasanova – RTM Tabiiy fanlar bo‘limi boshligʻi
Dilfuza Hasanova – Buxoro viloyati Buxoro shahri 20-maktabning kimyo fani oʻqituvchisi


TAQRIZCHILAR:


R. Berdiqulov – Nizomiy nomidagi TDPU tabiiy fanlar fakulteti kimyo va uni oʻqitish kafedrasi mudiri, kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
N.Azimova– Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 3-maktabning kimyo fani o‘qituvchisi.
N. Mirzayeva – Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 40-maktabning oliy toifali kimyo fani oʻqituvchisi.

Kirish
Kimyo fanini o‘qitishdagi eng asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini, o‘qitish sifatini oshirish, fan va texnikani o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini rivojlantirishdan iborat. O‘quvchilarni mazkur fanga qiziqishini va fanning o‘quv sifatini oshirishda birinchi navbatda o‘qituvchining o‘zi mazkur fanni chuqur bilishi, fan yangiliklaridan doimiy ravishda xabardor bo‘lishi talab etiladi.
Ta’lim samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlaridan biri − o‘quvchilarning ta’lim yutuqlari darajasi bo‘lib, u maktabdagi ta’lim faoliyati qanday amalga oshayotganini, rivojlanishini, o‘quvchilar va ularning faoliyatiga ta’sir qilishini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi
637-son Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori va Prezident Administratsiyasining 2023-yil 27-apreldagi 08-740-sonli topshirig‘iga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun tayanch o‘quv rejani tasdiqlash maqsadidaMaktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-maydagi 125-son buyrug‘i “Umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja”ga asosan kimyo fani 8-sinflarda 12 soat, 11-sinflarda 14 soat uzviylikni taʻminlash va qo‘shimcha ravishda foydalanish maqsadida mavzular kiritildi.
Ma'lumki, amaldagi 8-,11-sinf darsliklaridagi mavzularida ushbu uzviylikni taʻminlash maqsadida kiritilgan mavzular mavjud boʻlmaganligi sababli darslik mualliflari, metodist va amaliyotchi o‘qituvchilar bilan hamkorligida tavsiyalar tayyorlandi. Amaldagi darslikka qo‘shimcha tayyorlangan tavsiyalardan foydalanib darslarni to‘liq o‘tish imkoniyati yaratiladi.
Tavsiyada asosan takomillashtirilgan o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular(12 ta 8-sinf uchun, 14 ta 11-sinf uchun), amaliy mashgʻulotlar, koʻrgazmali namoyish tajribalari va ularni o‘tkazish usullari, masalalalar hamda ularning yechish uchun namunalar kiritilgan. Amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayonida o‘quvchilarda hosil bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarning turg‘unligiga, laboratoriya ishini tartib bilan olib borilishiga alohida e’tibor beriladi. Dars boshlashdan oldin kerakli asboblar, jihozlar va kimyoviy moddalarni laborant tomonidan tayyorlab qo‘yilishi kerak. Agar maktab laboratoriya xonasida kimyoviy moddalar (reaktivlar) bilan to‘liq taxminlanmagan, yoki yetishmovchiliklar bo‘lsa u holda kundalik turmushda foydalaniladigan ba’zi kimyoviy moddalar va maishiy mahsulotlarning moslari bilan almashtirib o‘tkazish mumkin. Masalan, indikatorlar o‘rniga sabzavot, gullar sharbati va meva sharbatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Dars jarayonida yangi materialni kuzatish, tabiiy obyektlardan keng foydalanish uslubini tatbiq etish ko‘zda tutiladi. Bunday darslar real bilimlarni to‘plash, amaliy malaka va ko‘nikmalami shakllantirish maqsadida o‘tkaziladi.
Darsni tashkil etishda o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalanib, darsga qo‘shimcha holda yo‘riqnomalar, tavsiya va topshiriqli varaqalar tayyorlashi mumkin. Tajribalar jarayonida o‘quvchilarda qo‘yilgan masalani mustaqil yechish, kimyoviy tajribalarni qadam-ba qadam amalga oshirish, tartib bilan ishlash va o‘z ishini rejalashtirish malakalari rivojlanadi. Muntazam olib borilgan ishlar o‘quvchilarning ilmiy tadqiqotchiligi, faolligini oshirib boradi.
Maktabda kimyo fanidan nazariy olingan bilimlarni amaliy masalalar yechish orqali mustahkamlashda darsliklarda berilgan masala, mashlar, misollar va testlar echish ijobiy samara beradi. Bu o‘z navbatida o‘quvchini oliy o‘quv yurtiga kirish imtixonlarini muvaffaqiyatli topshirishi uchun nazariy bilimlar bilan bir qatorda turli mavzularga taaluqli bo‘lgan masalalarni oson yechishini ta'minlaydi.
Umumiy o‘rta ta’limning kimyo fani bo‘yicha milliy o‘quv dasturi amaldagi o‘quv dasturida boblar kesimida mavzularga ajratilgan umumiy soatlar hajmi keltirilgan bo‘lib, ularning taqsimlanishi o‘qituvchi tomonidan ijodiy yondoshgan holda amalga oshiriladi. Jumladan, taqvim mavzuiy rejani tuzishda o‘quv dasturida boblarga ajratilgan (mavzularga berilgan) umumiy soat hajmidan chiqmagan holda taqsimlanishi zarur.



Download 6.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling