Cu(OH)2; Fe(OH)3; NaOH ?
Tanlovingizni izohlang.
6-MAVZU.Asoslarni olinishi, xossalari va ishlatilishi (Ko‘rgazma-namoyishli tajriba)
Yangi mavzu davomida o‘rganiladigan tushunchalar:
*olinish usullari *fizik xossalar *kimyoviy xossalar
Yangi mavzuga tegishli ma’lumotlarni bayon qilish tartibi:
1)Olinish usullari.Suvda eriydigan asoslar va suvda erimaydigan asoslarning olinish usullari bir-biridan farq qiladi.
Laboratoriya sharoitida suvda eriydigan asoslarni quyidagi usullarda olish mumkin:
a )faol metall+suv= ishqor+ vodorod↑(faol metall- Li,Na,K,Ca,Ba)
b)faol metall gidridi +suv= ishqor + H2↑
NaH+H2O→NaOH+ H2↑ ; CaH2+2H2O→Ca(OH)2+2 H2↑
c) Faol metall oksidi+ H2O= ishqor
Na2O+H2O→2NaOH ; CaO+H2O→Ca(OH)2
Sanoatda suvda eriydigan asoslarni ishqoriy hamda ishqoriy-yer metallarining xloridlari eritmalarini elektroliz qilish orqali olish mumkin:
NaCl+H2O→NaOH+H2↑+Cl2↑
Suvda erimaydigan asoslar ishqorlarning tuzlar bilan o‘zaro ta’siri orqali olinadi.Ular eritmadan cho‘kma sifatida ajratib olinadi.
3KOH + Fe(NO3)3= Fe(OH)3↓ + 3KNO3
Kaliy Temir(III)- temir(III)- Kaliy
gidroksid nitrat gidroksid nitrat
Do'stlaringiz bilan baham: |