Tarkibida metall atomi bilan bog’langan bir yoki bir necha gidroksil (OH) guruh saqlagan murakkab moddalar asoslar deyiladi.
A
Asoslarning umumiy formulasi quyidagicha:Me(OH)n; bunda
Me- metall atomining belgisi; n-bitta metall atomiga bog’langan –OH guruhlar soni;
(n ko‘pincha 1 dan 3 gacha bo‘lgan qiymatlarni o‘z ichiga oladi)
soslarning tuzilishi:
-OH (gidroksil) guruhning valentligi doimo I ga teng. Demak,har qanday asos formulasidagi
–OH guruhlar soni ular bog’langan metall atomining valentligiga teng bo‘ladi.
I I II I III I
NaOH Ca(OH)2 Al(OH)3
Metall gidrosil guruh
Asoslarning nomlanishi:
Asoslarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun ≪metall atomi nomi + gidroksid≫ shaklida yasaladi: kaliy gidroksid - KOH, bariy gidroksid - Ba(OH)2, aluminiy gidroksid - Al(OH)3
Agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa va bir necha xil gidroksidlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda gidroksid so‘zi yoziladi:
vismut (Ill)-gidroksid - Bi(OH)3, mis (II)- gidroksid - Cu(OH)2
Metall atomi nomiga gidroksoguruh sonining yunoncha sonlarda ifodalanishini qo‘shib ham gidroksidlami nomlash mumkin:
Ca(OH)2 - kalsiy digidroksid; Bi(OH)3 - vismut trigidroksid
Grafik formulalari:
Natriy gidroksid- NaOH; Na-O-H yoki Na-OH;
Do'stlaringiz bilan baham: |