Respublika ta'lim markazi “umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun


-tajriba. Oʻrin olish reaksiyasi. Ishning borish tartibi


Download 6.01 Mb.
bet10/46
Sana23.10.2023
Hajmi6.01 Mb.
#1716734
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
Bog'liq
kimyo tavsiya to\'liq

4-tajriba. Oʻrin olish reaksiyasi.
Ishning borish tartibi:
1. Tomchi tahlil uchun planshet chuqurchasiga darajalangan tomizgich yordamida mis (II) - xlorid eritmasidan 2 tomchi soling.
2. Ushbu eritmaga bir nechta temir granulasini qoʻshing.
3. 2-3 daqiqadan soʻng temir granulasi yuzasida oʻzgarish kuzatiladi, qizgʻish rangli mis plyonkasi hosil boʻladi.
4. Eritmaning rang oʻzgarishiga e’tibor bering, reaksiya tenglamasini daftaringizga yozing
Xulosa: Oʻrin olish reaksiyasida oddiy modda murakkab moddaning tarkibiy qismi oʻrnini egallaydi.
Nazorat savollari:
1. Oʻrin olish reaksiyasiga ikkita misol keltiring.
2. Oʻrin olish reaksiyasi qaysi moddalar orasida yuzaga kelmaydi?
3. Nega moddalar reaksiyaga kirishganda biri ikkinchisini oʻrnini egallaydi?
5-tajriba. Almashinish reaksiyasi.
Ishning borish tarkibi:
1. Tomchi tahlil uchun planshet chuqurchasiga darajalangan tomizgich yordamida oʻyuvchi natriy eritmasidan 2-3 tomchi soling.
2. Ushbu eritmaga fenolftaleinning 1% li eritmasini tomizish kerak.
3. Fenolftalein ishqor ta’sirida pushti rangga kiradi.
4. Pushti rang yoʻqolguncha natriy gidroksid eritmasiga sulfat kislota eritmasini qoʻshing.
5. Rangning yoʻqolishi, hosil boʻlgan eritmada oʻyuvchi natriy yoʻqligini isbotlaydi, chunki ishqor kislota bilan almashinish reaksiyasiga kirishadi.
6. Reaksiya tenglamasini yozing:
Xulosa: Almashinish reaksiyasi - bu ikkata murakkab modda orasidagi kimyoviy reaksiya boʻlib, unda har ikkala moddaning tarkibiy qismlari oʻzaro oʻrin almashadi.
Nazorat savollari:
1. Almashinish reaksiyasiga ikkita misol keltiring va reaksiya tenglamalarini yozing.
2. Murakkab moddaning tarkibiy qismlariga misollar keltiring.
3. Quyida berilgan reaksiya tenglamalarini yakunlang.
a) Ba(NO3) + Na2SO4 → ……….; b) AgNO3 + CaCl2
4 . Kimyoyiy reaksiyalarning bir-biridan farqli jihatlari nimalardan iborat? Misollar yordamida tushuntiring?
5. Tasvirdagi tajribani sharxlang:
Reaksiya tenglamasini tuzing.
Reaksiyaning qaysi turga
kirishini aniqlang.

Download 6.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling