1-tajriba:
Kerakli reaktivlar: Bariy xlorid (BaCl2), sulfat kislota eritmasi (H2SO4), qoʻrgʻoshin asetat ((CH3COO)2Pb), kaliy yodid (KI), kaliy rodanid (KCNS), temir (III) xlorid (FeCl3).
Xavfsizlik choralari: Ishni bajarishda himoya koʻzoynagini taqish, qoʻlqop va xalat kiyish.
Ishning borish tartibi:
1. Ikkita tortish idishini oling.
2. Birinchi idishga bariy xlorid eritmasining 1/3 qismini quying.
3. Ikkinchi idishga sulfat kislota eritmasining 1/3 qismini quying.
4. Bariy xlorid va sulfat kislota eritmalari quyilgan idishlarni elektron taroziga joylashtiring.
5. Reaktivlar bilan shisha idishlarning umumiy ogʻirligini aniqlang.
6. Tarozi koʻrsatkichini yozib oling.
7. Idishlardan tiqinlarni olib tashlang va ikkita idishdagi moddalarni aralashtiring.
8. Aralashtirilganda oq choʻkma hosil boʻladi. Bu qanday jarayon hisoblanadi?
9. Idishlarning tiqinlarini yoping va tarozi koʻrsatkichini aniqlang. Tarozidagi koʻrsatkich oldingi koʻrsatkichning farqi qanday?
10. Reaksiya tenglamasini davom ettiring:
BaCl2 + H2SO4 →
Nazorat savollari:
a) Nega koʻrsatgichlar bir xil natijani namoyon qildi?
b) Boshqa moddalar bilan ham shunday natijani amalga oshirish mumkinmi?
c) Reaksiya natijasida 250 g choʻkma hosil boʻlganligini bilgan holda, reaksiya uchun sarf boʻlgan bariy xloridning massasini toping.
2-tajriba:Kichik bir tajriba orqali qonun xulosalarini tekshirib olamiz:
1)Kolbaga ozroq miqdorda oltingugurt kukunidan soling hamda idish og’zini tiqin bilan mahkam berkitib, tarozida o‘lchang.
2)Keyin oltingugurtli kolbani ehtiyotkorlik
bilan qizdiring.Kolbadaoltingugurt (IV)-oksidi
tutunlari hosil bo‘lganligi kimyoviy reaksiya
Do'stlaringiz bilan baham: |