Respublika ta'lim markazi “umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun


Ko‘rgazma-namoyishli tajribalar


Download 6.01 Mb.
bet8/46
Sana23.10.2023
Hajmi6.01 Mb.
#1716734
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
Bog'liq
kimyo tavsiya to\'liq

Ko‘rgazma-namoyishli tajribalar
Maqsad: Oʻquvchilarni kimyoviy reaksiya turlari hamda ularning farqlari bilan tanishtirish.
Xavfsizlik choralari: ishlarni bajarayotganda himoya koʻzoynagini taqish, xalat va qoʻlqop kiyish tavsiya etiladi.
Kerakli jihozlar: Polipropilen stakan, polipropilen menzurka, shisha stakan, probirkalar, tomchilarni tahlil qilish uchun chinni planshet, tomchilarni tahlil qilish toʻplami, shisha tayoqcha, shpatel, flakon, filtr qogʻozi, gaz chiqaruvchi naychali rezina tiqin, elektron tarozi, probirka isitgich yoki spirt lampa, elektron tarozi, gaz olish uchun moslama, ikkita oʻzakli laboratoriya shtativi.
Kerakli reaktivlar: Mis gidroksikarbonat (malaxit) (CuOH)2CO3, soʻndirilmagan ohak (kalsiy oksidi CaO), fenolftaleinning 1% li spirtdagi eritmasi.
5% li mis (II) - xlorid eritmasi (CuCl2), granulalangan temir, fenolftaleinning spirtdagi 1% li eritmasi, xlorid kislota (HCl), natriy gidroksid (NaOH)
1-tajriba. Eritma tayyorlash
Ishning borish tartibi:
1. Elektron tarozida mis (II) - xlorid (CuCl2) dan 5 gramm torting.
2. Tuzni polipropilen stakanga soling.
3. Menzurka yordamida 95 ml distillangan suvni oʻlchab oling.
4. Oʻlchangan suvni tuz ustidan quying, shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiring.
5. Tayyorlangan eritmani tomchilarni tahlil qilish toʻplamidagi flakonga quying.
2-tajriba. Birikish reaksiyasi (ohakni soʻndirish).
Ishning borish tartibi:
1. Polipropilen menzurka yordamida shisha stakanga 25 ml distillangan suv quying.
2. Shpatel bilan 0,5-1 g kalsiy oksid (soʻndirilmagan ohak) oling.
3. Oksidni suvli stakanga soling. Eritmani shisha tayoqcha bilan aralashtiring.
4. Biroz vaqt oʻtgach kalsiy oksidi va suv oʻrtasida shiddatli reaksiya ketib “ohak suti” hosil boʻladi.
5. Eritma 5-6 daqiqa davomida tinch qoldiriladi.
6. Keyin eritmani choʻkmadan filtr qogʻozi yordamida ajrating.
7. Ajratilgan eritmani probirkaning 1/3 qismigacha quying.
8. Ustidan tomizgich yordamida 1-2 tomchi fenolftaleinning spirtli eritmasidan qoʻshing.
9. Eritmaning rang oʻzgarishini kuzating: eritma rangi rangsizdan pushti ranggacha oʻzgaradi.
10. Reaksiya tenglamasini yozing: CaO + H2O = Ca(OH)2

Download 6.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling