Respublikamizda oqava suvlarni tozalash inshootlaridagi jarayonlarni


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana08.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1250728
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Oqava suvlarni tozalashni avtomatlashtirish va avtomatik rostlash



KIRISH 
 
 
Respublikamizda oqava suvlarni tozalash inshootlaridagi jarayonlarni 
boshqarish tizimlarini sintezlash va qurish usullaridan foydalanib, texnologik 
parametrlarni tezkor nazorat qilish va boshqarish imkoniyatlarini yaratish orqali 
ishlab chiqarish oqava suvlarini tozalash va ulardan foydalanish tizimlaridagi 
texnologik muhitlarning parametrlarini nazorat qilishning yuqori samarali 
tizimlarini yaratishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. 2017–2021 yillarda 
O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida, 
jumladan, «... iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab 
chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, ... maishiy 
chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish
ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash» vazifalari belgilab berilgan. 
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda, jumladan ishlab chiqarish oqava suvlarini 
tozalash va ulardan foydalanish tizimlaridagi texnologik muhitlarning miqdoriy va 
sifat parametrlarini nazorat qilish va boshqarishning ilmiy asoslarini, oqava 
suvlarni tozalash jarayonining matematik modelini, hamda parametrlarini nazorat 
qilish asboblarini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. [1] 
So„nggi yillarda tozalash inshootlari nazorat qilish va boshqarish tizimlarini 
sintezlash va yaratish usullari, optimallashtirish masalalaridan amaliy foydalanish 
texnologik parametrlarni tezkor o„lchash imkoniyatlarini beruvchi birlamchi 
o„zgartkichlar, analizatorlar, dasturiy vositalar, zamonaviy mikroprotsessorli 
texnikalarni yaratishning nazariy asoslarini ishlab chiqish bo„yicha tadqiqotlarga 
oid ilmiy-texnik adabiyotlarning tahlili bu sohada jiddiy nazariy va amaliy 
natijalarga erishilganligini ko„rsatadi. 
Bularning barchasi fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari, jumladan, sun‟iy 
intellekt nazariyasi va nazoratni algoritmlashning usullari va vositalaridan 
foydalanib, murakkab texnologik tizimlarning parametrlarini nazorat qilish uchun 
o„lchashning yangi tamoyillariga asoslangan yangi asboblarni yaratish bo„yicha 
keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling