Filtrlovchi to„siqlar orqali filtrlash.
To„siqni tanlash oqova suv xususiyatlariga, haroratiga,
filtrlash bosimiga,
filtr konstruksiyasiga bog„liq.
To„siqlar (filtrlar) sifatida zanglamaydigan po„lat metal listlaridan
allyuminiy, nikel, mis, latundan yasalgan to„rlardan va turli xil (asbestli, shisha
tolali, paxtali, jun, sun‟iy va sintetik tolalardan yasalgan) matoli to„siqlardan
foydalaniladi.
Zarrachalarni ushlab qoluvchi filtrlovchi to„siqlar,
minimal gidravlik
qarshilikka ega. Ular yetarli darajada mexanik mustahkam, egiluvchan,
kimyoviy
muhitga chidamli, bo„kib qolmaydigan, filtrlash
vaqtida buzilib ketmaydigan
bo„lishi kerak. To„siqlar (filtrlar) tarkibi bo„yicha, organik va noorganikka; harakat
tizimiga ko„ra ustki va chuqurlikdagi; strukturasiga ko„ra egiluvchan va
egilmaydigan turlariga bo„linadi [9].
Filtrlar jarayonni borishiga ko„ra uzlukli va uzluksiz; jarayonni turiga ko„ra
ajratish, quritish va yoritish uchun; filtrlarga bosimni berishga ko„ra – vakuum osti
(0.085 MPa gacha), bosim osti (0.3 dan 1.5 MPa)
yoki suyuqlik ustunining
gidrostatik bosimiga ko„ra (0.05 MPa gacha); filtrlashni yo„nalishiga ko„ra pastga,
yuqoriga yoki yoniga; konstruktiv belgilarga ko„ra, cho„kmani olish usuliga ko„ra,
filtlash yuzasini holati va shakliga ko„ra bo„linadi.
Oqova suvlarni tozalash tizimida uzlukli harakatlanuvchi filtrlar:
nutch filtrlar, listli filtrlar, pressli,
uzluksiz, barabanli, diskli va lentali
filtrlarga ham bo„linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: