Respublikamizda oqava suvlarni tozalash inshootlaridagi jarayonlarni


OQAVA SUVLARNI BIOKIMYOVIY TOZALASHDA


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana08.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1250728
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Oqava suvlarni tozalashni avtomatlashtirish va avtomatik rostlash

 
OQAVA SUVLARNI BIOKIMYOVIY TOZALASHDA 
AEROTENK – TINDIRGICH BLOKINING TEXNOLOGIK SXEMASI 
TAVSIFI. 
Sun‟iy qurilmada biokimyoviy tozalash jarayoni aerotenklarda yoki 
biofiltrlarda olib boriladi [10, 11]. 
Aerotenkda tozalash: Aerotenk – bu temir betonli, havo o„tib turuvchi 
(purkatuvchi - aeratsiyalanuvchi) rezervuarlardir. Aeratsiya, ya‟ni havo bilan 
to„yintirish, oqova suv va aktiv ilni kislorodga to„yintirish maqsadida amalga 
oshiriladi. 
1.9-rasm. Biokimyoviy tozalash qurilmasining texnologik sxemasi. 
1-birlamchi tindirgich; 2-dastlabki aerator; 3-aerotenk; 4-regenerator; 
5-ikkilamchi tindirgich. 
Oqova suv avval 1-tindirgichga beriladi va bu yerda tarkibidagi turli 
mexanik hamda muallaq zarralardan ajratiladi. Shundan keyin tiniqlashtirilgan suv 
2-dastlabki aerotenkga beriladi. Bu yerda oqova suv ikkilamchi aerotenkdan 
berilayotgan aktiv il va aeratsiya uchun berilayotgan havo bilan aralashadi. 
Aeratsiya jarayoni 15-20 min vaqt davomida o„tkaziladi. Shundan keyin oqova suv 
ikkilamchi aerotenkga beriladi. Ushbu qurilmada biokimyoviy oksidlanish jarayoni 
ikki bosqichda o„tadi: 1) aktivli yuzasiga organik birikmalarni adsorbsiyasi va 
kislorod yutilishi hisobiga oson oksidlanuvchi moddalarni minerallashishi; 2) sekin 
oksidlanuvchi organik birikmalarni oksidlanishi va aktiv ilni regeneratsiyasi. 
Ushbu bosqichda kislorod sarfi kamroq bo„ladi. Aktivli bilan kontakt qilgan oqova 


suv asosiy aerotenkdan keyin ikkilamchi tindirgichga beriladi. Bu yerda oqova suv 
aktiv ildan ajratiladi va tozalash sistemasidan chiqarib yuboriladi. Tindirgichda 
hosil bo„lgan aktiv ilning asosiy qismi aerotenkga, qolgani esa dastlabki 
aerotenkga beriladi. 
Aerotenklar ochiq xoldagi basseyn bo„lib, ichida aeratsiya uchun moslama 
joylangan bo„ladi. Ular ikki, uch va to„rt koridorli bo„ladi. Chuqurligi 2-5 m. 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling