Respublikamizda oqava suvlarni tozalash inshootlaridagi jarayonlarni


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana08.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1250728
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Oqava suvlarni tozalashni avtomatlashtirish va avtomatik rostlash

1.20-rasm. Aerotenk-tindirgichi. 
1-lotok(ariq); 2-il co‘ruvchi; 3-tindirish zonasi; 
4-suv oqizish; 5-aeratsiya zonasi 
Tozalash jarayonida hosil bo„lgan aktiv il tarkibida (quruq modda hisobida) 
37-52% oqsil, 20-35% aminokislota, hamda V gruppa vitaminlari mavjud bo„ladi. 
Shuning uchun bu moddalar hayvonlarni, baliqlarni, parrandalarni boqish uchun 
xizmat qilishi mumkin. 
Cho„kindi – aktiv il tarkibidagi erkin suvni ajratish uchun cho„kma 
zichlashtiriladi. Bunda aktiv il tarkibidagi 60% suv ajratiladi va cho„kmaning 
hajmi 2,5 baravar kamayadi. Tarkibida 99,2-99,5% suv bo„lgan aktiv illardan suvni 
ajratish qiyinchilik tug„diradi. Aktiv ilni zichlashtirish uchun gravitatsion, 
markazdan qochma va vibratsiya usullari qo„llaniladi. 
Cho„kindilarni barqarorlashtirish jarayoni tarkibidagi organik moddaning 
biologik parchalanadigan qismini uglerod dioksidiga, metanga va suvgacha 
yemirish maqsadida amalga oshiriladi. Ushbu jarayon mikroorganizmlar 
yordamida aerob va anaerob sharoitlarda olib boriladi. 


II. OQAVA SUVLARNI BIOKIMYOVIY TOZALASHDA 
AEROTENK – TINDIRGICH BLOKINI AVTOMATIK ROSTLASH 
 
 
Aerotenk – tindirgichni avtomatik rostlashning funksional sxemasi 
bayoni. 
 
Biokimyoviy tozalash. Oqava suvlarni biokimyoviy tozalash qurilmalari 
tozalash majmuining pirovard bo„g„ini hisoblanadi.Uni oqavalardagi organik 
moddalarni oksidlash yo„li bilan apparatlarda (aerotenkalarda) yoki suv 
havzalarida (ko„l, kanallarda) o„tkaziladi. Oqava suvlar aerotenkdan so„ng 
tindirgichga yo„llanadi, u yerdan esa tozalangan oqavalar kanalizatsiyaga oqib 
o„tadi, bakteriyasi bor loyqaning bir qismi esa aerotenkga retsirkulyatsiya qilinadi. 
Olingan loyqa aralashmasini yaxshilab aralashtirish va kislorod bilan to„yintirish 
uchun aerotenkning pastki qismiga havo beriladi [5, 12,13]. 
Biokimyoviy tozalash avtomatlashtirishning asosiy vazifasi oqava suvdagi 
va aktiv loyqadagi organik moddalar va erigan kislorod miqdori, aktiv loyqa 
konsentratsiyasi va boshqa parametrlar o„zgarib turadigan sharoitda 
mikroorganizmlarning (oksidlovchilarning) xayotiy faoliyatini taminlovchi bir 
qator omillarni optimal darajada saqlab turishdan iborat. 2.1-rasmda “aerotenk- 
tindirgich” blokini avtomatik rostlash sistemasi keltirilgan bo„lib, u uchta rostlash 
konturidan iborat: erigan kislorod konsentratsiyasi, aktiv loyqaga nagruzka 
(yuklanish) va ortiqcha loyqani chiqarish. 



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling