Республикаси Олий ва Ўрта


Download 103 Kb.
bet3/9
Sana08.06.2023
Hajmi103 Kb.
#1464554
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Кasbiy psixologiya 6-ma\'ruza (1)

Sensibilizatsiya. Analizatorlarningo’zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishi hodisasiga sensibilizatsiya deyiladi. Sezgilarning o’zaro ta’siri ostida ularning sezgirligining oshishi qo’zg’alishining kontsentratsiyasi va irradiatsiya jarayonlari bilan tushuntiriladi.
Sinestizatsiya. Qo’zg’atuvchining biron bir analiztorga ta’siri natijasida boshqa bir analizatorga xos sezgining paydo bo’lishi senestizatsiya deyiladi. Bunga «rangni eshitish» hodisasini misol qilib olish mumkin.
6.2. Idrok haqida tushuncha, uning qonuniyatlari
Narsa va hodisalarning sezgi organlarimizga bevosita ta’siri natijasida ularning miyamizda, ongimizda yaxlit aks etishiga idrok deb ataladi. Idrok narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qiladi. Lekin idrok narsa ayrim sezgilarning oddiy yig’indisidan iborat emas. Idrok hissiy bilishning yangi, yuqori bosqichidir. Idrok jarayonining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bular: idrokning predmetligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi, konstantligi (o’zgarmasligi), anglanganligi.
Idrokning predmetliligi. Idrokning predmetliligi ob‘ektivlash ham deyiladi va tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning o’ziga qaratishida ifodalanadi. Tashqi olamdan kelayotgan ma’lumot, obraz (masalan, o’qilayotgan kitobning tasviri) bizning sezgi organlarimizda emas (ko’z ichida emas), balki bizning tanamizdan tashqarida, tashqi olamda deb idrok qilinadi. Bu xususiyatsiz odamning amaliy faoliyatini tasavvur qilib bo’lmaydi. Idrokning predmetliligi tug’ma hisoblanmaydi. Sezgi va idrokning farqini tushunish uchun quyidagi misolga murojaat qilamiz. B.G.Ananev tomonidan bemor kishida kurish analizatorining sezgirligi (sezgi) saqlanib qolgan holda idrokning buzilishi tasvirlangan. Davolanishning avval boshida u butun fazoni qandaydir uzluksiz yorug’lik oqimi sifatida sezgan. Keyinchalik (davolanish natijasida) shaklsiz ma’nosiz dog’larni ajrata olgan. U birorta ob‘ektning predmet sifatida xususiyatini so’z bilan ham, chizish bilan ham tasvirlay olmagan. Uch oy davomidagi davolanishlardan keyingina bemor ko’zining idrok qilish xususiyati qayta tiklangan.

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling