Республикаси Олий ва Ўрта
Diqqatning quyidagi turlari mavjud: Ixtiyorsiz (oldindan o’ylab olinmagan), ixtiyoriy (oldindan o’ylab olingan), va ixtiyoriydan keyingi yoki muvofiqlashgan diqqat
Download 103 Kb.
|
Кasbiy psixologiya 6-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.4. Diqqatning xususiyatlari, bo’linishi (taqsimlanishi) va ko’chishi. Diqqat ko’p tomonli jarayondir. Diqqatning
Diqqatning quyidagi turlari mavjud: Ixtiyorsiz (oldindan o’ylab olinmagan), ixtiyoriy (oldindan o’ylab olingan), va ixtiyoriydan keyingi yoki muvofiqlashgan diqqat;Ixtiyorsiz diqqat. Biz diqqatimizni qaratishni maqsad qilib qo’ymagan paytimizda psixik faoliyatning biror ob‘ektga yo’naltirilishi va to’planishiga ixtiyorsiz diqqat deyiladi. Ko’pincha faoliyatning maroqliligi va qiziqarliligi va kutilmaganda favqulotdaligi diqqatni o’ziga tortadi, odamni o’ziga jalb qiladi.Ixtiyoriy diqqat. Ko’zlangan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma’lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo’nalishi va to’planishi ixtiyoriy harakaterga ega bo’lishi mumkin. Ixtiyoriy diqqatni biz diqqatimizni qaratish uchun o’z oldimizga ongli suratda maqsad qo’yamiz, qiyinchiliklarni yengib, diqqatni to’plash uchun ko’rashib, har qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab diqqatning xarakterli xususiyati xuddi mana shu maqsad ko’zlashda, irodaviy zo’r berishda namoyon bo’ladi.Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat. Ixtiyoriy diqqatdan tashqari, diqqatning yana bir turini qayd etib o’tish lozim. Bu diqqatning ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga qaratilgan turi bo’lib, lekin doimiy irodaviy zo’r berishni talab qilmaydi. Diqqat avval boshda ixtiyoriy bo’ladi. Kishi biror faoliyatni bajarishga o’zini majbur qiladi, keyinchalik ishga kirishib, qiziqib ketadi va uning diqqati ixtiyoriy diqqatga aylanadi. Diqqat avval boshda ixtiyoriy edi, keyin esa ixtiyorsizga aylandi. Shu sababli diqqatning bu turi ixtiyoriydan keyingi ixtiyorsiz diqqat ham deb yuritiladi.6.4. Diqqatning xususiyatlari, bo’linishi (taqsimlanishi) va ko’chishi. Diqqat ko’p tomonli jarayondir. Diqqatning quyidagi xususiyatlari mavjud: kuchi, barqarorligi, ko’chishi, hajmi va bo’linishi; Diqqatning muhim xususiyatlaridan biri, uning ko’chishidir. Diqqatning bir ob‘ektdan ikkinchi ob‘ektga o’tishi diqqatning ko’chishi deyiladi. Masalan, notiqqa qarash va uni eshitish vaqtida eshikdan biror kishining qarashi, yoki derazaga qattiq urilgan narsa tovushidan diqqatimiz o’sha ob‘ektga o’tadi, qaratiladi. Uning asosiy xususiyatlaridan yana biri diqqatning barqarorligi va tebranishiga to’xtalib o’tamiz. Diqqatning davomiyligi va uning tebranishi nimalarga bog’liq. Ayrim tadqiqotchilar diqqatning davomiyligini sof biologik ritm (tebranish)lar bilan bog’lashga intilganlar. Diqqatning tebranishi odatda bilinar-bilinmas qo’zg’atuvchilar orqali o’rganiladi. Masalan, soatning chiqillashiga quloq solsak, ovoz kuchayadi, ba’zan kuchsiz eshitildai. Bu tebranishlar bir qadar barqaror harakaterga ega. Ularning davomiyligi 1,5 sekunddan 2,5 sekundgacha yetadi. Bu tebranishning mexanizmi diqqatning tebranishi bilan emas, balki sezgi a’zoalrining vaqti-vaqti bilan toliqishi va ularning o’zidagi biologik tebranish bilan bog’liqdir. Boshqa tomondan esa diqqatning tebranishi, yetarli darajada barqaror bo’lmasligi diqqatning ob‘ekti bilan ham bog’liq. Masalan, diqqatni biror harakatsiz narsa ustida uzoq vaqt to’xtatib turib bo’lmaydi. Diqqatning o’zgaruvchanligi va tebranish ikkilanma (masalan, kesik piramida tasviri) tasvirlarda yaxshi ko’rinadi agar diqqatimiz biror o’zgaruvchan faoliyatga yo’naltirilgan bo’lsa, masalan koptok o’yinini tomosha qilayotgan bo’lsak, diqqatni barqaror emas deya olamizmi? Yo’q bu holda diqqatimiz dinamik harakatga ega bo’lgan bir ob‘ektga nisbatan barqaror yo’naltirilgan. Garchi diqqat biror ob‘ekt ustida uzoq vaqt davomida to’xtab tura olmasa xam, lekin diqqat uzoq vaqt bitta faoliyatning o’zida to’planib turishi mumkin. Diqqatning barqarorligi uchun bajarilayotgan faoliyatning aktivligi nixoyatda katta ahamiyatga ega. Diqqatning barqarorligi – uning biror obekt ustida uzoq vaqt davomida to’planib turishini ko’rsatuvchi xususiyatdir. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling