Operator stansiyalari (xonalar) OS (operator station) shaxsiy kompyuterlarni o‘z ichiga oladi. Operator stansiyalari o‘nlab bo‘lishi mumkin.
Operator stansiyalari texnologik ma’lumotlarni interaktiv grafik mnemosxemalar tarzida ifodalash, shuningdek jarayonni samarali boshqarish uchun xizmat qiladi.
Mnemosxemalarda aniq ma’lumotlar: kirish va chiqish parametrlari, o‘zgaruchilarning qiymatlari, avariyali signallash, grafiklar, hiobotlar va shu kabilar ko‘rsatiladi.
Stansiyada operator har qanday datchikning ko‘rsatishini ko‘rishi, klapanni qo‘lda yopishi, nasosni ishga tushirishi yoki qurilmaning
temperaturasini o‘zgartirishi mumkin.
Jarayon Kontrolleri
Rezervlashtirish imkoniyati
Rezervlashgan Kontrollerlar
Boshqarish uchun bitta muhit:
Dasturlashgan mantiqiy kontroller yoki Dasturlashgan kontroller- texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun ishlatiladigan ixtisoslashgan sonli kompyuter. Boshqa shaxsiy kompyuterlardan farqi shuki, u ancha datchik va ijrochi qurilmalarning takomillashgan kiritish va chiqarish qurilmalariga ega, uzoq vaqt ishonchli ishlaydi, shuningdek atrof-muhitning noqulay sharoitlarida ham ishonchli irshlaydi.
Analogli va sonli kommunikatsiya HART-protokolbir vaqtning o‘zida analogli va sonli signallarni bir sim orqali uzatishga imkon yaratadi.
Bir qancha paraetrlarni bir vaqtning o‘zida uzatish HART-protokol ko‘pparametrli asboblar (masalan sarf o‘lchagichlar) bilan ishlashda juda qulay, chunki bitta kabel simi orqali jarayonning bir qancha parametrlari to‘g‘risida axborot olish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |