Республикаси олий ва


Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar bilish jarayonining xolatini tekshirish metodikasi


Download 64.76 Kb.
bet7/15
Sana30.04.2023
Hajmi64.76 Kb.
#1407720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
07114fe061cf4572842b94bbb61eb5b0

Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar bilish jarayonining xolatini tekshirish metodikasi.


Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarning bilish faoliyatini rivojlanish darajasini tekshirish uchun biz 5-6 yoshdagi bolalarni psixologik tekshirishda qо‗llaniladigan metodikalardan foydalangan holda tekshirdik. Eksperimental tekshirish jarayonida nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarning idrok va xotira xususiyatlarini о‗rgandik. Bunda idrok xususiyatlarini о‗rganish maqsadida quyidagi metodikalardan foydalandik:


1-topshiriq: «Kesma rasmlarni birlashtirish» metodikasi.


Bu metodika orqali idrokning rivojlanish darajasi, kо‗ruv – fazoviy analiz va sintezi, kurgazmali-harakatli tafakkurning shakllanganligi tekshirildi.
Jixoz: tо‗liq va kesma rasmlar tо‗plami. Rasmlar uchtaga, tо‗rttaga kesilgan. О‗tkazish usuli: Tekshiruv о‗tkazuvchi bolaga kesma rasm qismlarini kо‗rsatib,
unda qanday predmet tasvirlanganligini aytmaydi. Sо‗ng kо‗rsatma beriladi: rasmni tо‗liq qilib yig‗ib ber. Agar bola topshiriqni tushunmasa, tо‗liq rasm shakli kо‗rsatiladi va kо‗rsatma qayta takrorlanadi yoki kesma rasm yig‗ilib yana qismlarga ajratiladi.
Agar bu yordam samarasiz bо‗lsa, bolaga rasm qismlaridan tо‗liq rasmni yig‗ish ketma-ketligi taxminiy yо‗naltirish orqali о‗rgatiladi. Shundan sо‗ng boladan ushbu rasmni yana bir bor yig‗ib berish sо‗raladi va boshqa variant taklif etiladi.
  1. «Yetishmaydigan qismlarni aniqlash» metodikasi.


Ushbu metodika idrok hamda ixtiyoriy diqqatni tekshirishga mо‗ljallangan. Jixoz: Buyumlarning ba‘zi bir qismlari chizilmagan rasmlar.
О‗tkazish usuli: tekshiruvchi bolaga rasmni kо‗rsatadi, sо‗ng «Mana bu rasmni kо‗ryapsanmi? Diqqat bilan qarab, rasmdagi buyumning yetishmaydigan qismini topishga harakat qilib kо‗rchi». Agar bola yetishmaydigan qismni topishga qiynalsa yо‗naltiruvchi savollar berilishi mumkin. Masalan, «Bu faysi hayvon?», «Uning nechta oyog‗i bor?» va xokazo. Bola topshiriqni bajarsa, о‗nga aniqlashtiruvchi savol beriladi,ya ‗ni, yetishmaydigan qismning nomi sо‗raladi. Undan sо‗ng keyingi rasmlar kо‗rsatiladi.

  1. Download 64.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling