Республикаси олий ва


Download 64.76 Kb.
bet4/15
Sana30.04.2023
Hajmi64.76 Kb.
#1407720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
07114fe061cf4572842b94bbb61eb5b0

I Bob. Muammoni о„rganishni ilmiy-nazariy asoslari.

    1. Muammoni о„rganish yuzasidan pedagogik-psixologik va metodik

adabiyotlar taxlili.
Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillariga ta‘rif bergan dastlabki tadqiqotchilardan biri R.YE.Levina hisoblanadi. Bundan oldin ham kо‗pchilik olimlar nutq buzilishlari, ularning kelib chirqish sabablarini, bartaraf etish hamda fiqo- mulohazalar bildirganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotining nutq buzilishlarini о‗rganish borasida qо‗lga kiritgan muvaffaqiyatlarining katta ta‘siri bо‗lib, A.Kusmaul nutq buzilishlarining dastlabki turlari haqidagi yig‗ilgan tasavvurlarini tanqid ostiga oldi; ularni sistemalashtirdi, atamalarni tartibga keltirdi.
XX asr boshida chet ellik va rus tadqiqotchilari V.Oltushevskiy, G.Gutsman, E.Freshels, S.M. Dobrogayevlarning ishlarida asos qilib olindi. Buning umumiy tomoni kо‗p edi; etlopotogeneztik mezon bilan tо‗ldirilgan klinik yondashuv, buzilishlarning alohida turlari bilan kasallikning u yoki bu patalogik shakli о‗rtasidagi bog‗lanish, bunday xollarda nutq buzilishlari kо‗pincha u yoki bu kasallikning alomati sifatida talqin qilinar edi, shuningdek, tasnif tili bunda lotin va grekcha sо‗z yasovchi elementlaridan tashkil topgan atamalardan qо‗llanilgan. Tasniflar о‗rtasida buzilishlarni guruhlashning turli prinsiplari, shuningdek, u yoki bu mezonni tasniflashning muhimlik darajasiga bо‗lgan qarashlaridagi ayrim qarama-qarshiliklar bilan bog‗liq nomutanosibliklar ham kuzatiladi.
Nutqiy sistema bosh miya a‘zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri nutq faoliyatining о‗ziga xos vazifasini bajaradi. A.R.Luriya miya faoliyatini uchta funksional blokka ajratadi.

  1. blok - bosh miya pо‗stlog‗i osti haqidagi bilimlarni о‗z ichiga oladi. U bosh

miya qatlami tonusining normalligi va uning tetiklik holatini
9
ta‘minlaydi.

  1. blok - orqa miya qatlami katta yarim sharlari bо‗laklarni о‗z ichiga oladi, tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul qiladi, qayta ishlaydi va saqdaydi. U bilish jarayonining amalga oshiradigan asosiy miya apparati hisoblanadi. Uning tuzilishi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajratadi. Birlamchi doira - miya qatlamlarining proyeksion doiralaridir, uning neyronlari juda ham yuqori darajada о‗ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi a‘zolaridan sezgi axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi. Miya qatlami apparatlarining birlamchi doiralari ustidan ikkilamchi doiralar qurilgandir. Ular birlamchi doira orqali olingan qо‗zg‗alishlarni tahlil qiladi. Ikkilamchi doiralar kabi о‗zining ixtisosiy modelligi (kо‗rish, eshitish)ni saqlaydi. Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizatorlar (kо‗rish, eshitish)ning bosh miya qatlami birikmasini о‗zida namoyon etadi. Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya kqtlami bо‗linmalarini о‗zgartirish doiralari hisoblanadi. Ular turli modallikda olingan sezgi axborotlarini tahlil, sintez, integratsiya qilish vazifasini о‗taydi. Ularning faoliyati asosida sintezlarning beqaror va tashqi darajasidan simvolik darajaga e‘tiborni qaratish munosabatlari murakkab logik-grammatik sо‗zlar qurilish haqidagi bilimlar bilan ish kо‗rishga о‗tish sodir bо‗ladi.

  2. blok katta yarim sharlar qobig‗ining oldingi bо‗limlari (motor, motor oldi va old frontal soxa) doirani о‗z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatining rejalashtirish, moslashtirish va nazorat qilishni ta‘minlaydi. U, shuningdek, miya qobig‗i ostidagi a‘zolar faoliyati barcha sistemalarning tonusi va tetik holatini ular faoliyati oldiga qо‗yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi. Nutq faoliyati barcha bloklarning birgalikda ishlash natijasida vujudga keladi. Shu bilan birga har bir blok nutq jarayonida alohida maxsus о‗ziga xos xususiyati bilan ishtirok etadi.

Tadqiqotchilar bolalardagi nutq buzilishlari tasnifi masalalarini ishlab chiqishda ikkita
yо‗nalishga ajraladilar. Birinchi yо‗nalish tarafdorlari nutq buzilishlarining umumiy logopediyaga daxldor an‘anaviy nomenklaturasini saqlab qoldilar. Lekin uni yangi
mazmun bilan boyitdilar. Boshqa yо‗nalish tarafdorlari an‘anaviy bо‗lgan nomenklaturani inkor etdilar va nutq buzilishlarining yangi guruhini tuzdilar. Shunday qilib, nutq buzilishining ikki turi tibbiy-pedagogik va psixolo-pedagogik va pedagogik turini R.YE.Levina asoslab berdi. Nutqning tо‗liq rivojlanmay qolishi - turli xil murakkab nutqiy kamchilikdir, bunda nutq sistemasining tovush chiqarish va ma‘noli tomonlariga taalluqli barcha komponentlarining shakllanish jarayoni buzilgan bо‗ladi. Umumiy alomatlar sifatida quyidagilar qayd qilinadi; nutq rivojlanishining kech boshlanishi, lug‗at boyligining kamligi, agrammatizm, talaffuzdagi nuqsonlar, falmalar tuzilishidagi nuqsonlar. Nutqning bunday rivojlanmay qolishi turlicha darajalarda aks etishi mumkin; nutqning yо‗qolishi yoki uning noaniq bog‗lanishsiz holatidan mukammal holatigacha, lekin bunda fonetik va leksik grammatik rivojlanmay qolish elementlari bо‗ladi. Bolada nutq vositalarining shakllanganlik darajasiga qarab tо‗liq rivojlanmay qolishi uch darajaga bо‗linadi. P.K.Anoxin, A.N.Leontyev, A.R.Luriya va boshqa olimlarning olib borgan tadqiqotlariga kо‗ra, har qanday psixik funksiyalarning asosi alohida "markazlav" bо‗lmay, balki markaziy asab sistemasining turli joylarida joylashgan murakkab funksiyalar tuzumi hisoblanadi. Odam nutqi tushunarli va manoli bо‗lishi uchun nutq azolarining harakatlari aniq va tо‗g‗ri bо‗lishi kerak. Qadimgi grek faylasufi va shifokori Gippokrat bir qator nutq buzulishlarining sababini kо‗rsatib о‗ttan. Yana boshqa grek faylasufi Aristotel nutq hosil bо‗lish jarayonini periferik nutq apparatining anatomik tuzilishi bilan bog‗lab, anatomik tuzilishdagi kamchiliklarni nutq buzilishiga sabab qilib kо‗rsatgan. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkin-ki, antik davr olimlarining tadqiqotlaridayoq nutq buzilishi sabablarini tushunishda ikki yо‗nalishga bо‗lishgan. Birinchi yо‗nalish Gippokrat nuqtai-nazari bо‗lib, bosh miyaning jarohatlanishi nutq buzilishlarining kelib chiqishiga sabab bо‗luvchi bosh omil ekanligi takidlangan. Ikkinchi yо‗nalish Aristotelga tegishli bо‗lib, periferik nutq apparatining buzilishlarining sababi etib kо‗rsatilgan. Nutq buzilishlari etiologiyasida bosh miya
jarohatlanishining "о‗z о‗rni" borligini eramizdan 400 ming yil avval Gippokrat
tomonidan aytilgan bо‗lsa, bunga haqiqiy ilmiy tasdiq 1 1 - yilda fransuz shifokori Pol Broka tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz jarohatlanish buzilishini keltirib chiqaruvchi omillarni kо‗rsatib berilgandan sо‗ngina berilgandir. Xuddi shunga о‗xshash kashfiyot yilda Vernike tomonidan ham amalga oshirilgan. S.M. Dobrogayev nutq buzulishlari sabablari orsida quyidagilarni ajratib kо‗rsatdi.

  1. Oliy nerv faoliyati kasalliklari.

  2. Anatomik nutq apparatida patalogik о‗zgarishlar.

  3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmasligi.

  4. Organizmning umumiy nevropatik holati.

M.YE.Xvatsev nutq buzulishi sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratadi. Shu bilan birga organik (anatomik-fiziologik), (morfologik) funksional (psixogek) ijtimoiy psixologik va psixo-nevrologik sabablarni ajratib kо‗rsatdi. Funksional sabablarni M.YE.Xvatsev, I.P.Pavlov ta‘limoti orqali tushuntirdi. Bu talimot markaziy nerv sistemasida qо‗zg‗alish va tormozlanish jarayonlarining о‗zaro munosabatini buzilishi haqida bо‗lib, M.YE.Xvatsev bu orqali organik va funksional, markaziy va periferik sabablarning о‗zaro munosabati mavjudligini takidlaydi.
Nutq buzilishlari sababi deganda - organizmga tashqi yoki ichki zararli omilning ta‘sir etishi yoki ularning о‗zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki, bu nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi. Nutq buzilishining umumiy kо‗rinishi kо‗pchilik olimlar va tadqiqotchilar har xil fikrlarida isbotladilar. Rivojlanish anomaliyasini bartaraf etishda, tarbiya muhim rol о‗ynaydi. Chunki bola hayotining bu davri psixologik rivojlanishining kо‗plab tomonlari, sensor va motor sohasining shakllanishi uchun sinteziv hisoblanadi. Bu davrda ruhiy funksiyalar о‗zining optimal rivojlanish yо‗lini о‗taydi, о‗zaro aloqalarda ham umuman ongda murakkab tabaqalanish yuz beradi. Anomal bolalarni tabaqalashtirilgan tarzda tarbiyalash va о‗qitish tizimining ilmiy asoslarini yaratish turli nutq nuqsonlarini har tomonlama
chuqur о‗rganishni talab etadi. N.A.Vlasova bо‗yicha ruhiy rivojlanishi erta
korreksiyalash muammosini ishlab chiqish va shu munosabat bilan maktabgacha yoshdagi barcha toifadagi anomal bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalarining tabaqalashtirilgan tarmog‗ini kengaytirish, bola hayotining dastlabki yillaridan boshlab tarbiyalash va о‗qitishning korreksion tizimini yaratish maqsadida kompleks eksperimental tadqiqotlar olib borishni tashkil etish defektologiyaning yangi yо‗nalishlaridan biri bо‗lib, u anomal bolalar rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etishning yо‗llarini izlash jarayonida shakllanadi. Bu yо‗nalish maktabgacha yoshdagi bolalar bilan korreksion ish olib borishning tahminiy dasturini taklif etadi, bunda ishlab chiqiladigan dastur faqat u yoki bu malaka va bilimlarni shakllantirishgina emas, balki, bola uchun zarur bо‗lgan yangi bilim, funksiya buzilishidan yetadigan zararni kamaytirishi, rivojlanishidagi umumiy anomaliyani korreksiyalash vositalarini shakllantirish, ikkilamchi nutq buzilishlarining oldini olish va bartaraf etishga kо‗maklashish zarur. Bir darajadan ikkinchi darajaga о‗tish yangi til imkoniyatlarini paydo bо‗lishi, nutqiy faollikning oshishi, nutqning sabablilik asoslarini о‗zgarishi va unga predmet-ma‘noli mazmunini о‗sishi, tо‗ldiruvchi imkoniyatlarini shakllanishi bilan aniqlanadi. Bolaning individual siljishi tempi birlamchi nuqsonning birligi va uning kо‗rinishi bilan belgilanadi.
Nonutqiy jarayonlarni tо‗g‗ri baholash nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar aniq rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash va shu bilan birga ularning о‗rnini tо‗ldirishi imkoniyatlarini aniqlash uchun zarurdir. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarni shunga о‗xshash nutqiy rivojlanishi orqada qolgan bolalardan farq qilishi kerak. Shuni nazarda tutish kerakki, nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarda odatiy muddatlarda kundalik sо‗zlashni nutqini tushunish, atrof-muhitga bо‗lgan xissiy tanlash munosabati rivojlanadi. Nutqiy va ruhiy rivojlanish о‗rtasidagi aloqaning yо‗qolishi diagnostik belgilardan biri bо‗lib xizmat qilishi mumkin.
Bu belgi bunday bolalarning ruhiy rivojlanishi odatda nutqiy rivojlanishdan
kо‗ra ancha о‗tib borishda namoyon bо‗ladi. Ularni ajratib turadigan narsa nutqiy kamchiliklarga tanqidiy qarashlaridir. Nutqning boshlang‗ich patologiyasi nutqiy
intellekti meyordagidek ishlashga xalaqit qilib, ma‘lum darajada saqlanib qolgan aqliy qobiliyatlari shakllanishini orqaga tortadi. Ammo sо‗zlashuv nutqi yuzaga kelish va xususan nutqiy qiyinchiliklar yо‗qolib borishi bilan ularning intellektual rivojlanishi normaga yaqinlashadi. Nutqi tо‗liq rivojlanmaganlikni nutqiy rivojlanishini orqada qolishi kabi kо‗rinishlardan farq qilish uchun analizni chuqur о‗rgatib chiqish va bolaning nutqiy kо‗nikmalarini tahlil qilib chiqish kerak bо‗ladi. Anamnezda kо‗p hollarda markaziy nerv sistemasida katta buzilishlar haqidagi ma‘lumotlar berilmaydi, bu esa motorli vazifalarda, ruhiy ta‘mirlanishlarida va umuman xulqida katta saqlanish ta‘minlaydi. Faqatgina yengil tug‗ma jarohati mavjudligi, bolaning ilk davridagi davomli somatik kasalliklar mavjud bо‗ladi: noqulay nutqiy muhit ta‘siri tarbiyadagi xatoliklar, muloqotning yetishmasligi va nutqiy rivojlanishi normal borishni sekinlashtiruvchi omillar qatoriga kiritishi mumkin. Bunday xollarda, eng avval, nutqiy kamchilikni qaytarish dinamikasi о‗ziga diqqatini qaratadi.
Nutqiy rivojlanishi ortda qolgan bolalarda nutqiy xatolar nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarga nisbatan tasodifiy hisoblanadi. Bunday bolalarda nutqiy kо‗nikmalar hajmi normasi ortda qoladi, ularga о‗zidan kichik bо‗lgan bolalarga xos xatoliklarga yо‗l qо‗yish odatdir. Yosh normativlardan ma‘lum darajadagi cheklanishlarga (xususan, tovushlar doirasidan) qaramay, bolalar nutqi uning kommunikativ vazifalarni ta‘minlaydi, ba‘zi hollarda esa aytarli tо‗la xulqning boshqaruvchisi hisoblanadi. Ularda о‗z-о‗zidan (spontan) rivojlanishga intilish, ishlab chiqilgan nutqiy kо‗nikmalardan erkin munosabatlarda foydalanish ancha aniq ifoda etiladi, bu esa nutqiy kamchiliklarni maktabga chiqqunga qadar tо‗ldirib turish imkonini beradi.
R.YE.Levina о‗zining tadqiqot ishlarida alohida nutqiy kamchiliklarning kо‗rinishini ifodalash va til vositalari holatini hamda kommunikativ jarayonlarini aks ettiruvchi bir qator kо‗rsatmalar bо‗yicha bolaning anomal rivojlanish holatini
tasavvur etishdan ilgari sо‗rilishiga imkon beruvchi materiallarni ishlab chiqdi.
Anomal nutqiy rivojlanishni bosqichma-bosqich dinamik tuzilishni о‗rganish asosida past darajadagi rivojlanishdan yanada yuqoriga о‗tishni belgilovchi о‗ziga xos qonuniyatlar ham ochib berildi. Har bir daraja о‗sha bog‗liq nutq komponentlarini shakllanishni orqaga tortuvchi birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarning namoyon bо‗lishi ma‘lum nisbatlari bilan xarakterlanadi.
О‗yin olimlar tadqiqotlariga kо‗ra mehnat va о‗qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan hisoblanadi.
Psixologlarning ta‘kidlalaricha, о‗yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning о‗zini о‗zi boshqarish, о‗z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental extiyojlariga tayanadi.
О‗yin ijtimoiy tajribalarni о‗zlashtirish va qayta yaratishga yо‗galgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning о‗z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.
Ayrim hollarda esa bola о‗z о‗yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid qiladi,keyinchalik ularning mehnatida qatnashadi.О‗yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi.Bolalar о‗yinini bunday tushunish birinchi marta K.D.Ushinskiy tomonidan ta‘riflab berilgan edi.U о‗z asarlarida bolalar о‗yinning mazmuni, ularning hayotdan olgan taassurotlari bilan belgilanib, ular shaxsining shakllanishiga ta‘sir etadi,deb yozadi. Bu fikrni P.F.Lesgaft ham tasdiqlab, bolalar о‗z о‗yinlarida tevarak atrofdan olgan taassurotlarni aks ettiradilar,deydi.Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida kata ahamiyatga egadir.
Bolalarning о‗yini nazariyasiga .A.Flerina, YE.I. Tixeyeva, YE.A.Arkin kabi olimlar asos soldilar, keyinchalik R.Y.Lextman-Abramovich, N.M.Aksarina, A.P.Usova, D.V.Mendjeritskaya, R.I.Jukovskaya, T.A.Markova, S.L.Novosyolova, YE.V.Zvorigina (21) va boshqalarning tadqiqot ishlari bolalar о‗yini mavzusini ishlab chiqishga bag‗ishlanadi.
A.V.Zaporojets bolalar о‗yinin ilk yoshdan boshlab kuzatib borishi natijasida
uni harakatga keltiruvchi sabablar, rivojlanish qonuniyatlari, har xil yosh
bosqichlarida bolalar о‗yinning о‗ziga xos tomonlari, mazmuni va tuzilishini о‗rganish zarurligini ta‘kidlaydi.
О‗yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar о‗yinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishish mumkin. A.P. Usava shunday degan edi: ―Bolalar hayoti va faoliyatini tо‗g‗ri tashkil tashkil etish – ularni tо‗g‗ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashda о‗yin shuning uchun ham samarali natija beradiki, о‗yinda bola yashashni о‗rganmaydi., balki о‗z hayoti bilan yashaydi.
Bola nutqining tо‗g‗ri rivojlanishi nafaqat fonematik idrok va nutqning talaffuz tomonining rivojlanish darajasi, balki, atrofdagilar nutqida hamda shaxsiy nutqda sо‗zning tovush tarkibini farqlash imkoniyati bilan belgilanadi.Maktabgacha tarbiya yoshdagi rivojlanuvchi nutqning asosiy funksiyalaridan biri – kommunikativ funksiya yoki muloqot funksiyasidir. Ilk bolalik chog‗idanoq bola nutqdan muloqot vositasi sifatida foydalanadi. Muloqot kattalar va kattaning ishtirokidagi aniq vaziyat bois yuzaga keladi. U yoki bu harakatlar va predmktlar bois aniq vaziyatda muloqot etish vaziyatli nutq yordamiga amalga oshadi. Mazkur nutq biron- bir faoliyat bilan bog‗liq ravishda yoki yangi predmetlar yoki voqea- hodisalar bilan tanishish davomida yuzaga keluvchi savollarni, savollarga javoblarni, ma‘lum talabalarni ifodalaydi.
Muloqot deganda о‗zaro munosabatlarning shakllanishi rо‗yobga chiqarilishi va nomoyon bо‗lishini ta‘minlovchi infarmatsion ematsional va predmetli о‗zaro ta‘sir jarayoni tushuniladi. Bola shaxsining shakllanishida muloqatning roli benihoya kattadir. Muloqot jarayonida muayyan shaxsiy munosabatlar shakllanadi. Bolada qanday shaxsiy sifatlarning tarkib topishi kо‗p jixatdan uning atrofdagilar bilan bо‗lgan о‗zaro munosabati xarakterga bog‗liqdir.

    1. Download 64.76 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling