Республикаси олий ва


BOB. BILVOSITA SOLIQLAR MOLIYAVIY TAHLILI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YUNALISHLARI


Download 265.47 Kb.
bet20/31
Sana17.06.2023
Hajmi265.47 Kb.
#1521504
TuriДиссертация
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
bilvosita soliqlar xisobi va taxlilini takomillashtirish

BOB. BILVOSITA SOLIQLAR MOLIYAVIY TAHLILI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YUNALISHLARI


    1. Korxonalarda tahil ishlarini tashkil etish va soliklar tahlilini tashkil etish.

Xujalik yurituvchi sub’ektlarda tahlil ishlarini tashkil etish muxim axamiyat kasb etadi. Chunki tahlil natijalaridan korxona moliya-xujalik faoliyatini baxolashda xamda kelajakda korxonani rivojlantirish rejalarini tuzishda foydalaniladi.
Tahlil barcha tarmoklarda, jumladan sanoat, ishlab chikarish, kishloq xujaligi, xizmat kursatish, kurilish, savdo faoliyati va boshka soxalarni kamrab oladi. Mazkur tarmokdarni tahlil kilishda ularning uziga xos xususiyatlari inobatga olinadi. Shu bois, tahlil ishlarini tashkil etishda turli xil yondoshuv va uslubiyotdan foydalaniladi.
Tahlilda usul deganda iktisodiy voqea - xodisalarni ma’lum bir belgilariga kura, guruxlashtirilgan xolda tahlilning maksadiga erishish uchun kullaniladigan tahliliy amallar tushuniladi. Tahlilning umumiy va xususiy usullari mavjud.
Umumiy usullarda iktisodiyotning turli tarmoklarini tahlil kilishda xam bir xildagi yondoshuv, qoida ko’llaniladi.
Xususiy usullarda esa aniq tarmoq xususiyatidan kelib chikkan xolda ishlab chikarish turi, tahlil ob’ekgi, tahlil turidan kelib chikib tahlilning maxsus usullari ko’llaniladi.
Tahlil ishlarini tashkil etishda xox xususiy, xox umumiy usullar qo’llanilishidan kat’iy nazar tahlilni tashkil etish tartibi belgilab olinadi. Ular kuyidagilardan iborat:
a) tahlilning maksad, vazifasi, o’tkazish tartibi va ob’ekti;
v) tahlilning har bir ob’ektini tadqiq kilishdagi ko’rsatkichlar tizimi va tahlilni o’tkazish davri;

  1. o’rganilgan tahlil natijalarini aks ettirish tartibi;

  2. tahlil o’tkazish uchun ma’lumotlar bazasining shakllantirilganligi;

j) tahlil ma’lumotlarini qayta ishlashda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish;
z) tahlil natijalarini qayd etish;
k) tahlil natijalaridan foydalanuvchilar.
Tahlil ishlarini tashkil etish uchun birinchi navbatda ishonchli axborot ta’minotini shakllantirib olish lozim. Tahlil kilinayotgan tarmok bo’yicha olinadigan xulosaning ishonchliligi bevosita axborot, malumotlar bazasining to’g’ri tanlanganligiga bog’liq. Agar ma’lumotlar bazasi ishonchli va to’liq bo’lsa natijalar ham ishonchli bo’ladi Shu bois, tahlilda axborot bilan ta’minlanganlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Tahlilda foydalaniladigan axborot manbalari ma’lumotlarni olinishiga qarab ichki va tashqi axborot manbalariga bo’linadi. Ichki axborot manbalariga - ta’sis hujjatlari, dastlabki hujjatlar, asosiy vositalar va aylanma mablag’lar hamda ularning baxolanishi to’g’risidagi ma’lumotlar, pul mablag’larining harakati bilan bog’liq bo’lgan dastlabki xujjatlar, korxona daromadlari va xarajatlari tug’risidagi ma’lumotlar, investorlar, mol etkachib beruvchilar, xaridor va buyurtmachilar, emitent va hissadorlar to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettruvchi yuridik hujjatlar, buxgalteriya hisobining analitik va sintetik hisob ma’lumotlari, operativ va statistik hisob ma’lumotlari, auditorlyk, soliq tekshiruvi dalolatnomalari, bank va boshqa organlarining xulosalari, biznes reja za boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlar.
Korxona xujalik faoliyatini tahlil qilishda tahlilning bir qancha usullaridan foydalaniladi. Bu usullar tahlil ma’lumotlarini qayta ishlash va natijaga ta’sir qiluvchi omillarni aniklashga yordam beradi. Tahlil, asosan dialektikaga tayanib, jamiyatdagi har bir voqea hodisani bir - biri bilan o’zaro bogliqliqda, aloqada bulishini inkor qilmagan, ularning har biri o’zaro harakatda va rivojchanishda degan xulosaga tayangan holda amalga oshiriladi.
Ilmiy adabiyotlarda tahlilning quyidagi usullari bir - biridan farqlanadi60 takqoslash, grafikli, balansli bog’lanish, zanjirli almashtirish, arifmetik farqlar, logarifmli, integralli, o’rtacha va mutlaq farqlar, indeks, korrelyatsion tahlil, regressnon tahlil, kovariatsion tahlil, klasterli tahlil, dispertsion tahlil, matritsali usullar, ishlab chikarish bog’likligi nazariyasi, tarmoqlararo balans nazariyasi,



60 М.И.Баканов, М.В.Мелник, А.Д.Шеремет. Теория економического анализа. Учебник.-М: «Финанси истатистика», 2004. 32-с.
chiziqli dasturli, dinamik dasturli, nochiziqli dasturli, grafiklar nazariyasi, o’yinlar nazariyasi. Mazkur usullarni 3 ta yirik guruhga bo’lish mumkin: umumiktisodiy, statistik, matematik usullar.
Umumiqtisodiy usullar, statistik va matematik usullarning har biri xususiy usullar hisoblanadi, ammo ular bir-biri bilan bog’langan holda tuziladi. Masalan, natijaga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilishda birinchi navbatda ko’rsatkichlar guruhlarga ajratiladi (umumiqtisodiy usul), undan keyin ijobiy va salbiy farqlar topiladi keyingi bosqichda esa natijaga ta’sir qiluvchi har bir omilning hissasi hisoblab chiqariladi.




Download 265.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling