Республикаси олий ва
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida aktsiz solig’i tahlilini takomillashtirsh
Download 265.47 Kb.
|
bilvosita soliqlar xisobi va taxlilini takomillashtirish
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida aktsiz solig’i tahlilini takomillashtirsh.Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida soliq tizimini boshqarishning nazariy uslubiy va amaliy jabhalarini tadqiq etish e’tibor talab qilinayotgan soha bo’lib qolmoqda. Soliqqa tortishning nazariy asoslaridan kelib chiqib, soliq siyosatini amalga oshirish, bu borada optimal variantni tanlab olishni talab etadi. Soliqlar davlatning barcha yo’nalishdagi faoliyati uchun zarur bo’lgan asosiy moliyaviy manbalardan biri bo’lib, u hukumatning ustuvor yo’nalishlarini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirishdagi asosiy manbalardan biri bo’lib hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotini soliqlar orqali tartibga solish davlat byudjetini tashkil etishning usuli bo’lsa, soliqqa tortish yo’li bilan esa jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarni rivojlanishiga ta’sir etish mumkin. Ya’ni, davlatning mavjudligi bu soliqlar bilan chambarchas bog’liq, chunki soliq tushumlari davlatning iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. Soliqlarni budjet daromadlarini shakllanishini tahlil qilgan holda hisob - kitoblarni soddalashtirish kabi ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Soliqlarni birxillashtirish, sonini qisqartirish hamda ular bo’yicha hisob-kitob qilish va to’lash mexanizmlarini soddalashtirish bo’yicha doimiy ish olib borishda albatta, korxonaga uning ta’sir doirasini ham tahlil qilib borish lozim. Respublikamizda soliq yukining kamayishi bu faqat ayrim soliq turlari bo’yicha soliq stavkalarining kamaytirilishi, soliq imtiyozlarining kengaytirilishi evaziga emas, balki hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotda keng qamrovli tarkibiy o’zgartirishlarni ta’minlaydigan aniq maqsadli davlat dasturlarini izchillik bilan amalga oshirish hisobidan soliq tushumlariga nisbatan yalpi ichki mahsulotning o’sish darajasi o’rtasidagi yuqori farqning vujudga keltirilishi bilan izohlanadi. Keyingi yillardagi soliq siyosatining asosiy yo’nalishlarida soliq yukini muntazam kamaytirib borish tendensiyasi kuzatilmoqda, ushbu holat 2017 yilda ham kuzatildi va iqtisodiyotga ijobiy ta’sir etdi. Soliq mexanizmi iqtisodiyotni boshqarishning bozor vositalari orasida muhim o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov bozor iqtisodiyotining o’zini o’zi tartibga soluvchi mexanizmlarining istiqbolli ekanligi va bunda davlat ixtiyorida faqat iqtisodiy vositalar va rag’batlar saqlanib qolishini hamda ularning tarkibiy qismi soliqlar ekanligini bir necha bor ta’kidlagan. Bilvosita soliqlar tarkibida aktsiz soliqlari muhim ahamiyatga ega bo’lib, budjet daromadlarining deyarli uchdan bir qismini tashkil etadi Bilvosita soliqlar tarkibidagi soliqlarda atskiz solig’ining ulushini foizlarda tasvirlasak quyidagicha ko’rinish hosil bo’ladi. Aktsiz solig’ini budjet daromadlarini shakllantirishda muhim soliq turi sifatida tahlil qilishni maqsadga muvofiq deb bildik. Qo’shilgan qiymat va aktsiz soliqlarining o’zaro bog’liqligi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishda ko’proq namoyon bo’ladi. Bu ikki soliq turi orqali davlat byudjeti daromadining eng katta qismi shakllantirilmoqda. Byudjet daromadlarida aktsiz solig’ining ulushi salmoqli o’rinni egallaydi (3.3- rasmga qarang). 3.3- rasm ma’lumotidan ko’rinib turibdiki, aktsiz solig’i byudjet daromadlarida salmoqli o’rinni egallagan. Aktsiz solig’ining byudjet daromadidagi ulushi 2005 yilda 20,9% tashkil qilgan bo’lsa, 2017 yilga pragnoz 15,4% ni tashkil etishi ko’zda tutilgan. Bu esa mamlakatimizda olib borilayotgan soliq islohotlari natijasidir. O’tgan yillar mobaynida respublikamizda aktsiz solig’i 5,5 punktga pasaytirish rejalashtirilganligi, iste’molchilar gardaniga tushadigan soliq yukining ham pasayib borayotganligidan dalolatdir. Bu esa mamlakatimizda soliq siyosatining to’g’ri yuritilayotganligi samarasi hisoblanadi. Soliq yukining pasayishi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning daromadlarini o’sishiga zamin yaratadi. Mazkur holat mamlakat iqtisodiyotining yanada yuksalib borishini ta’minlaydi. Download 265.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling