Республикаси олий ва
Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar
Download 265.47 Kb.
|
bilvosita soliqlar xisobi va taxlilini takomillashtirish
2. Ikkinchi bob bo’yicha xulosalarMazkur bobda bilvosita soliqlarning moliyaviy hisobi va uni takomillashtirish yo’nalishlari munozarali tarzda o’rganildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida bilvosita soliqlarning moliyaviy hisobini takomillashtirish bo’yicha quyidagi xulosalar olindi: Respublikamizda hozirgi vaqtda aksiz solig’iga tortiladigan mahsulotlar ro’yxatida ijtimoiy va birlamchi ahamiyatga ega bo’lgan mahsulot, masalan o’simlik yog’i mavjuddir. Ushbu mahsulotni aksiz solig’iga tortish jahon aksiz solig’iga tortish amaliyotida keng tarqalgan mahsulotlar ro’yxatida mavjud emas.Shu sababdan ushbu mahsulotni aksiz solig’iga tortish ijtimoiy nuqtai nazarda maqsadga muvofiq emas. Bilvosita soliqlarni hisoblash va moliyaviy hisobda aks ettirishda schyot- fakturalar muhim rol o’ynaydi. Ilmiy tadqiqotlarimiz natijasida amaldagi schyot- fakturaga ba’zi o’zgartirishlar kiritilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Amalda bo’lgan schyot-fakturada mahsulot (tovar) to’g’risidagi ma’lumotlar bilan birga QQS stavkasi va summasi aks ettirib kelinayotgan bo’lsada, aksariyat tovarlar uchun respublikamizda aktsiz solig’i ham qo’llanilishini nazarda tutadigan bo’lsak, schyot-fakturaga aktsiz solig’i stavkasi va summasi to’g’risidagi ma’lumotlarni ham kiritish hamda yakuniy natijada aktsiz va QQSni hisobga olgan holda etkazib berish qiymatini aniqlash taklifini beramiz. QQS hisobini nol darajali (0) stavka asosida yuritishiga alohida to’xtalib o’tish joiz deb hisoblaymiz. Dunyo tajribasiga asosan eksport uchun sotilgan tovarlarga QQS ning nol darajali stavkasi «tayinlangan mamlakat» printsipiga asosan qo’llaniladi. Bunda eksport qilingan tovarlar soliqqa tortilmasdan, import qilingan tovarlar ushbu mamlakatning milliy soliq qonunchiligiga binoan soliqqa tortiladi. Nol darajali stavka, bu tovarlar, xizmatlar va ishlarning qiymatlaridagi qo’shilgan qiymat solig’i umuman yo’q, ya’ni nolga teng degani. Nol darajali stavka faqatgina Soliq kodeksining 212-moddada nazarda tutilgan hollardagi tovarlar, ishlar va xizmatlar realizatsiyasiga nisbatan qo’llaniladi. Soliq to’lovchi ushbu stavkani tovarlar, ishlar va xizmatlar realizatsiyasi bo’yicha qo’llaganidan keyin uni huquqiy jihatdan to’g’ri qo’llaganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. Soliq to’lovchi nol darajali (0) stavkani huquqiy jihatdan to’g’ri qo’llaganligi tasdiqlovchi, soliq organiga taqdim etishi lozim bo’lgan hujjatlarning ro’yxati Soliq kodeksining 213-moddasida keltirib o’tilgan. Xo’jalik sub’ektlari ishlab chiqarish faoliyatini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash asosida, ya’ni eksport-import operatsiyalari yuritilishida ularga QQS hisobi bo’yicha nol darajali (0) stavka qo’llaniladi. Download 265.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling