Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Download 2.19 Mb.
bet110/171
Sana03.06.2024
Hajmi2.19 Mb.
#1899102
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   171
Bog'liq
Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshke

GLOSSARIY
Avtokefal cherkovlar (yunoncha, «o‘z-o‘zini boshqarish») – pravoslavlikdagi mustaqil boshqaruvga ega bo‘lgan cherkovlar tuzilmasi. Ma’lum bir tashkilot «av­tokefal» maqomini olishi uchun miro moyini mustaqil ravishda tayyorlay olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Avtonom cherkovlar (yunoncha, «mustaqil») – bi­ror–bir avtokefal cherkovdan ichki tartib–qoidalarni mustaqil bajarish huquqini olgan cherkov. Avtonom cherkov rahbari avtokefal cherkov patriarxi tomonidan tasdiqlanadi.
Adventistlar, adventistы, adventists -Xristianlik dinining protestantizm yo‘nalishidagi sektalardan biri.
Apostol, apostol, apostle (yunoncha — “elchi”) – xristian ta’limotiga binoan Isoning eng yaqin yordamchilarining unvoni. Ularning asosiylari 12 ta: Pyotr (Simon Ionin), Andrey, Ioann, Iakov Zevedeev, Filipp, Varfolomey, Matfey, Foma, Iakov Alfeev, Faddey, Simon Kananit, Iuda Iskariot (Isoni sotgan havoriy), Matfiy (Iudadan so‘ng uning o‘rnini egallagan). Bulardan tashqari yana 70 nafar havoriylar mavjud bo‘lgani xristian adabiyotlarida qayd etiladi.
Bibliya (yunoncha, «kitoblar») – yahudiylik va xristian­lik dinlaridagi asosiy muqaddas manbaning nomlanishi. Yahudiylar «Bibliya»si «Kitve kadesh» va «Tanax» ham deb nomlanadi. Xristianlar tomonidan tan olinadigan «Bi­bliya» «Qadimgi Ahd» va «Yangi Ahd»dan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 66 kitobdan iborat.
Bibliya jamiyati – «Bibliya»ning alohida qismlarini yoki to‘laligicha dunyo tillariga tarjima qilish bilan shug‘ullanadigan jamiyatlar nomi. Bunday jamiyatlar bi­ror bir diniy konfessiyaga qarashli bo‘lmay, buyurtma asosida ishlaydi. Ilk «Bibliya» jamiyati 1804 yilda Britaniyada tuzilgan. Hozirda dunyo bo‘yicha 140 dan ortiq shunday jamiyatlar mavjud.
Butunjahon soborlari – xristian cherkovi yepi­skoplarining ma’lum diniy masalalarni hal qilish maqsadida o‘tkaziladigan yig‘ilishi. Ilk sobor milodiy 325 yilda Nikeya shahrida bo‘lib o‘tgan. Hozirgacha 21 mar­ta Butunjahon soborlari o‘tkazilgan.
Vahiynoma – rus va boshqa tillarda Apokalipsis. «Yangi Ahd»ning tarkibiy qismi bo‘lib, uni «Injil» mualliflaridan biri Ioann ilohiy ilhom orqali yozgan, deb e’tiqod qilinadi. Ushbu kitobda qiyomat va Isoning ikkinchi qaytishi bilan bog‘liq hodisalar bayon qilingan.

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling