Mark – «Injil» mualliflaridan biri. Havoriylardan Pyotrning shogirdi bo‘lgan. Aleksandriyada cherkov tuzib, o‘zi birinchi yepiskop bo‘lgan.
Matto (Matfey) – «Injil» mualliflaridan biri, Iso Masihning 12 asosiy havoriylaridan biri. «Injil»da Leviy Matfey va Leviy Alfeev nomlari bilan ham tilga olinadi.
Miro moyi (yunoncha, «xushbo‘y moy») – xristianlikning yetti sirli marosimlaridan birida tanaga suriladigan xushbo‘y moy. Ushbu moy cherkov yepiskopi tomonidan oliy navli zaytun moyiga oq uzum vinosi, atirgul yaproqlari, binafsha, zanjabil ildizlari, muskat, atirgul, chinnigul va limon moylari kabi maxsulotlarni qo‘shib qaynatish orqali tayyorlanadi.
Missionerlik – bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish bilan bog‘liq nazariy qarashlar va amaliy xatti–harakatlar majmui.
Mistitsizm, Mistitsizm, mysticism – (qad. yunon. «yashirin, sirli») ilohiyot olami bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot.
Mitropolit, mitropolit, metropolitan – (qad. yunon. «bosh shahar, poytaxt, mitropoliya odami») pravoslav cherkovining poytaxt shaharlardagi oliy ruhoniylik unvoni.
Modernizm, modernizm, modernism – dinni hozirgi zamon voqeligiga moslashtirishni yoqlab chiquvchi oqim.
Monastir, monastir, monastery – xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan shug‘ullanadigan joy, muassasa. Ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan monastirlar mavjud.
Monofizitlar (yunoncha, «yakka, yagona», «tabiat») – ruhoniy Yevtixiy tomonidan asos solingan xristianlikdagi ilk yo‘nalishlardan biri bo‘lib, milodiy V asrda paydo bo‘lgan. Iso Masih xudo va inson tabiatida paydo bo‘lgan bo‘lsa–da, keyinchalik uning faqat xudolik tabiati saqlanib qolgan degan g‘oyani olg‘a surgan. Ushbu yo‘nalish vakillari 451 yilda Xalkidoniyada bo‘lib o‘tgan Butunjahon soborida kufrda ayblanishgan.
Muqaddas yozuv, Hushxabar – xristianlikning muqaddas kitobi «Injil»ga nisbatan ishlatiladigan nomlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |